Insine: "Gattuzo bilan rivojlana olamiz"
09 avg 2020 13:28
Yangiliklar
Insine: "Gattuzo bilan rivojlana olamiz"
"Napoli" hujumchisi Lorenco Insine ECHL 1/8 finali doirasida "Barselona"ga qarshi o'yin haqida to'xtaldi.
"Turnirni tark etish juda og'ir. Yuqori klassdagi jamoaga qarshi o'ynashimizni bilardik. Birinchi bo'limni yaxshiroq o'tkazishimiz mumkin edi. Umuman olganda turnirni yaxshi o'tkazdik.
"Barselona"da individual kuchli futbolchilar juda ko'p. Biz esa jipsroq va yopiqroq o'ynashga harakat qildik, biroq harakatlarimiz hammasi ham o'xshamadi.
Gattuzo bilan rivojlana olamiz, bunga ishonaman. Birinchi bo'limda katta qiyinchilikka duch keldik. Bugungi o'yinga qadar biz to'xtovsiz o'yinlarda qatnashdik. Kelasi mavsumda yuqori natijalarga erisha olamiz", - dedi Insine.
Fikrlar