Insayder: “Yuventus” ECHLga chiqa olmasa, Ronaldu klubdan ketadi
18 may 2021 21:45
Yangiliklar
Insayder: “Yuventus” ECHLga chiqa olmasa, Ronaldu klubdan ketadi
Turinliklar forvardi Krishtianu Ronaldu jamoa natijalaridan norozi va shu tufayli kelasi yozda klubini o'zgartirishga tayyor.
Italiyalik jurnalist Fabricio Romano xabar berishicha, Ronaldu uchun CHempionlar Ligasida qatnashish eng ustuvor vazifa. Agar “Yuventus” Evropa Ligasida qatnashadigan bo'lsa, u holda portugaliyalik A Seriyani tark etadi.
Bugun “Yuve” yangi mavsum uchun formalarni taqdim etdi va unda Ronaldu borligini ham ko'rish mumkin.
Avvalroq, portugaliyalik yulduz o'z mashinalarini Turindan olib chiqib ketgani haqida xabar qilingandi.
Eslatib o'tamiz, Andrea Pirlo shogirdlari chempionat so'nggi turi oldidan turnir jadvalida 75 ochko bilan 5-o'rinda bormoqda. Jamoani ECHL o'rnidan atigi bir ochko ajratib turibdi.
Fikrlar