Insayder Romano: "Enco Fernandes hech qachon "CHelsi"ga o'tishga yaqin bo'lmagan"
05 jan 2023 11:32
Yangiliklar
Insayder Romano: "Enco Fernandes hech qachon "CHelsi"ga o'tishga yaqin bo'lmagan"
"Benfika" yarim himoyachisi va Argentina terma jamoasi xavbeki Enco Fernandes "CHelsi"ga o'tishga hech qachon yaqin bo'lmagan, deydi insayder Fabricio Romano.
Manbaga ko'ra, klub vakillarining bugungi uchrashuvi o'z samarasini bermagan. Tomonlar hanuzgacha mumkin bo'lgan o'tishning asosiy detallari to'lovlar miqdori va muddatlar bo'yicha kelisha olmagan.
Janluka Di Marcio 21 yoshli argentinalik yarim himoyachi 127 million evro evaziga "CHelsi"ga o'tishga yaqin turgani haqida xabar bergandi. Agar bu amalga oshsa, u futbol tarixidagi eng qimmat transferlar ro'yxatida 6-o'rinni egallaydi.
Fernandes joriy mavsum "Benfika" safida barcha turnirlar doirasida 25 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali futbolchining narxini 55 million evroga baholamoqda.
Fikrlar