So’nggi yangiliklar

21:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1 (матнли трансляция)  270 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  5 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  4 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3 18:24Биринчи даврада "Бунёдкор"да ўйнаган футболчи Босния ва Герцеговина клубига ўтди  1 18:00Ўзбекистон ўйнайдиган "Божуар" стадиони баҳсга тайёр  7 17:50Доминикан Рес. - Испания. Асосий таркиблар эълон қилинди  17 17:13Магуайр: "МЮни яна муваффақиятли қилиш вақти келди"  4 17:03Эндрик таништирув маросимига 43 минг мухлис келди  1 16:36Эндрик таништирув маросимида йиғлаб юборди ва "Реал" эмблемасини ўпди  7 15:59МЮ футболчиси ўтирган машинага маст ҳайдовчи урилди  2 15:18Ўзбекистон олимпия терма жамоасида Йўлдошев ўрнига бошқа футболчи қайдномага киритилди  20 14:56"Барселона" энди шортларга ҳам реклама ёпиштиради  2

Injiqtabiat Keyrush yoxud Osiyo futbolidagi Mourino Yangiliklar

Injiqtabiat Keyrush yoxud Osiyo futbolidagi Mourino

Teglar :  Karlush KeyrushEron
Navbatdagi raqibimiz - Eron terma jamoasi bosh murabbiyi Karlush Keyrush Osiyo Mourinosi maqomi olmoqchi, chog'i. Yaqinda Osiyo matbuotida tarqalgan malumotlar fikrimizga yaqqol dalil.

Keyrushdan eng ko'p shirin so'z eshitganlar qatoriga J.Koreya va Qatar futbol jamoatchiligini kiritish mumkin bemalol. Uning O'zbekiston futboliga qaratilgan injiqliklari ham bor, albatta. Quyida portugaliyalik mutaxassisning shunday injiqliklariga etibor tortamiz.

1-raqamli injiqlik. Ben Uilyams nega o'yinni rad etmadi?

2016 yil sentyabr. JCH-2018 saralashi uchinchi raundi 3-turidan o'rin olgan O'zbekiston - Eron o'yiniga avstraliyalik Benjamin Uilyams boshchiligidagi hakamlar guruhi tayinlangach, buni nafaqat fors matbuo­ti  qayg'u bilan qabul qildi, balki Karlush Keyrush ham salbiy fikr bildirdi. Yani u OFKni tanqid ostiga oldi: Ushbu hakam Eron klublarining OCHL doirasida uy uchrashuvlarini boshqarishdan bosh tortgandi. CHunki Avstraliya-2015 (Osiyo kubogi)dagi ishi tufayli eronliklar uni yomon ko'rib qolishgan. SHunga qaramay, Eron termasi ishtirokidagi o'yinga aynan shu referi tayinlandi, lekin safar uchrashuviga. Agar u halol bo'lganida, har qanday o'yinni boshqarishdan cho'chimasdi. Ammo Benjamin Eronga kelishdan bosh tortib, boshqa mamlakatga borishga rozi bo'lmoqda. Mantiqan olsak, u O'zbekiston - Eron o'yinida ishlashga ham ko'nmasligi kerak edi, xuddi OCHLdagi holat kabi.

2-raqamli injiqlik. Eron FF prezidenti ustidan shikoyat

2014 yil avgust. Eron terma jamoasini 2011 yildan buyon boshqarib kelayotgan portugaliyalik mutaxassis mamlakat futbol federaciya­si prezidenti Ali Kafashiyonni yangi shartnoma bo'yicha kelishuvga amal qilmaslikda aybladi. Keyrushning avvalgi bitimi JCH-2014dan so'ng o'z kuchini yo'qotardi. U mundialdan qayt­gach, forslar bilan xayrlashishini elon qildi, ammo iyul oyi o'rtalarida fikrini o'zgartirib, 4 yilga mo'ljallangan yangi shartnoma bandlari bo'yicha kelishib oldi. Ammo shart­nomani rasmiylashtirish cho'zilib ketdi. Eronga borib, barcha shartlar va muddat bo'­yicha kelishuvga erishdim. Federaciya vakillari bilan o'zaro maslahatlashib, eski shartnomamning biror bandini o'zgartirmaslik haqida vadalashdik. Ammo Kafashiyon keyinroq menga yangi bandlarga ega shartnoma jo'natdi. Hozir hammasini aynan  Kafashiyonning qarori hal qiladi. U xohlasagina Eronga uchishim mumkin. Xullas, bu borada ixtiyor o'zimda emas, - degandi Keyrush.

Yakun. Eron milliy jamoasi bosh murabbiyi istefoga chiqmadi. To'g'rirog'i, mamlakat  futbol federaciyasi yangi prezidenti Mehdi Toj uning arizasini qabul qilmadi. Aksincha, portugaliyalik bilan bir necha marta suhbatlashish asnosida uni terma jamoada qolishga ko'ndirdi. Portugaliyalik mutaxassis shundan so'ng matbuot anjumanida ishtirok etdi: Xabaringiz bor, Eron futbol federaciyasidan istefo so'ragandim. Ammo janob Toj federaciya prezidenti lavozimiga saylanganidan keyin men bilan bir necha marta uchrashdi. SHu uchrashuvlar samarasi o'laroq, hamkorlikni davom ettirish bo'yicha bir to'xtamga keldik. Oddiy aytsam, Toj istefoga chiqish haqidagi arizamni qabul qilmadi va barcha muammolarni hal etishga vada berdi.

3-raqamli injiqlik. Avtobus muhim, albatta

2013 yil iyun. Qatar-Eron o'yinidan oldingi matbuot anjumanida forslar bosh murabbiyi mezbon mamlakat futbol federaciyasining o'z jamoa­siga munosabatini tanqid ostiga oldi. CHunonchi, Qatar tomoni Eron delegaciyasining aeroportdan mehmonxonaga etib olishi uchun avtobus ajratmagan ekan. Qatarliklar bizni hayron qoldirishdi. JCH-2022ni qabul qiladigan mamlakat har bir mehmon jamoa talablarini qondirishi kerak,- degandi janob Mourino.

4-raqamli injiqlik. FIFA taqvimiga nisbatan tanqid

2013 yil yanvar. Karlush Keyrushning fikricha, FIFAning xalqaro o'yinlar taqvimi futboli rivojlanayotgan mamlakatlar uchun adolatsizlikdan bosh­qa narsa emas ekan. CHunonchi, Eron milliy jamoasida katta niyatlar bilan ish boshlagan mutaxassis ayrim muammolarga duch kelgandi: Osiyo futbolidagi eng katta muammolardan biri mamlakatlar o'rtasidagi masofaning olisligi bilan bog'liq. Angliya, Portugaliya va Ispaniya terma jamoalarini boshqarsangiz, bu borada muammo sezmaysiz. CHunki safarlar rejasi maxsus  reglamentda ko'rsatib qo'yilgan. FIFA talabiga binoan, terma jamoa rasmiy o'yinga 5 kun qolganida to'liq tarkib to'plash va tayyorgarlik ko'rish imkoniyatiga ega. Ammo shundan 4 kunini yo'lga sarflasangiz, nima bo'ladi? O'yinga tayyorgarliksiz tushasiz, tamom. Bunday sharoitda ishlash murabbiylik emas, balki qandaydir afsungarlik bilan shug'ullanishdek gap.

Yodingizdami? Eronliklar 2009 yilning 6 iyun kuni Pxenyanda KXDR termasiga qarshi o'ynab, darhol navbatdagi uchrashuv uchun ortga qaytgandilar. O'shanda jamoa safarga borib-kelish uchun 8000 km. masofa bosib o'tgan. Oradan yana bir hafta o'tgach esa, forslar yana safarga chiqishgan - 4070 chaqirim yo'l bosib, Seulga etib borishgan va J.Koreya termasiga qarshi to'p surishgan. Darvoqe, forslar yakunda JCH-2010 yo'llanmasidan quruq qolishgandi.

5-raqamli injiqlik. Jurnalistlar, u bilan  o'chakishmang...

2012 yil noyabr. Eron milliy jamoasi bosh murabbiyi ertalab tashkil etilgan matbuot anjumanini tezroq yakunlab, zaldan chiqib ketishni o'yladi. O'sha anjumanda fors­larning O'zbekiston termasiga qarshi o'yinlari muhokama qilinishi kerak edi.  Matbuot anjumani davomida jurnalistlardan biri mikrofonni ko'tarib, Keyrush oldiga boradi. Murabbiy esa undan o'z joyiga o'tirishini so'raydi. Ammo jurnalist murabbiyning gapiga quloq solmaydi. Bundan jahli chiqqan portugaliyalik mutaxassis anjuman zalini tark etadi.

6-raqamli injiqlik. Yana qanday bahonalar bor?

2016 yil aprel. JCH-2018 saralashi uchinchi raundiga qura tashlanganidan so'ng Karlush Keyrush Eron matbuotida o'z fikrlarini bayon etdi: Janubiy Koreyaning bir qator kompaniyalari Rossiya mundialiga homiy hisoblanadi. Xitoyliklar terma jamoani JCH saralash o'yinlariga tayyorlash uchun 50 mln. dollar ajratishdi. Qatar haqida gapirish ham shart emas. Keyingi mundialni qabul qiladigan mamlakat katta salohiyatga ega. Biz esa qo'llab-quvvatlanishga muhtojmiz. Avval aytganimdek, guruhda Janubiy Koreya va Qatar termalari favorit hisoblanishadi. O'zbekiston va Xitoy jamoalari esa 2-o'rin uchun kurash olib borishadi. Vaziyatga real qarash kerak. Raqiblarimiz munosib futbol maydonlari va katta mablag'ga egalar. Bu tomondan hisob - 2:0. Qatar va Xitoyda milliy chempionat kuchli legionerlarga to'la. Bu bilan hisob 3:0ga etdi. Ular o'z murabbiylariga ishlash uchun barcha sharoitlarni yaratib berishgan - 4:0. Ularda mehmonxonalar, charter reyslar va boshqa sharoitlar bo'yicha hech qanday muammo yo'q - 5:0. Men endi hisob 6:5 ko'rinishida jamoam foydasiga o'zgarishi uchun qo'limdan kelganini qilaman. Bunda muxlislarning chinakamiga qo'llab-quvvatlashlari va futbolchilarning tinimsiz ishlashlari muhim.

Hammasi o'z vaqtida bo'ladi!

Eron futbol federaciyasi milliy jamoaning 11 oktyabr kuniga belgilangan J.Koreya termasiga qarshi uchrashuvi (4-tur)ni bir kun oldinga surishni so'ragandi. Boisi, 11 oktyabr hijriy yil hisobi bo'yicha muharram oyining to'qqizinchi kuni bo'lib,  shialar diniy bayramlarini nishonlashadi. Ammo FIFA va OFK Eron futbol federaciyasi iltimosini qondirmadi. Demak, o'yin oldindan belgilangan sanada o'tkaziladi. O'z navbatida, J.Koreya futbol associaciyasi ham eronliklar iltimosini qabul qilishmadi.

KARLUSH KEYRUSH

To'liq ism-sharifi: Karlush Manuel Brito Leal Keyrush

Tavallud sanasi: 1953 yil 1 mart

Tavallud manzili: Nampula (Mozambik)

Futbolchilik faoliyati: Ferroviario de Nampula - 1968-1974 (darvozabon bo'lgan)

Murabbiylik faoliyati: Portugaliya yoshlar termasi (U-20) - 1989-1991; Portugaliya milliy jamoasi - 1991-1993; Sporting (Portugaliya) - 1994-1996; Metrostars (AQSH) - 1996; Nagoya Grampus (Yaponiya) - 1996-1997; BAA milliy jamoasi - 1998-1999; JAR milliy jamoasi - 2000-2002; MYU (Angliya) - 2002-2003, yordamchi; Real (Ispaniya) - 2003-2004; MYU (Angliya) - 2004-2008, yordamchi; Portugaliya milliy jamoasi - 2008-2010; Eron milliy jamoasi - 2011-...

Keyrush murabbiy sifatida 3ta JCHda ishtirok etgan - 2002 yili JAR, 2010 yili Portugaliya va 2014 yili Eron terma jamoalari bilan. 2011 yilning 4 aprelida Eron termasi rahbariyati bilan 2,5 yillik shartnoma tuzgandi. Kelishuv dastlab saralash raundi uchun mo'ljallangan edi. Keyinchalik shart­nomani uzaytirish jarayoni biroz cho'zildi. Eron futbol federaciyasi Keyrushga maoshni to'lamayotgani haqida ham gap-so'zlar tar­qalgandi. Ayni payt Osiyoda milliy terma jamoani eng uzoq muddatdan buyon  boshqarayotgan murabbiy aynan Keyrushdir. Uning Eron termasi bosh­qaruvidagi umumiy statistikasi: 66ta o'yin, 39ta g'alaba, 19ta durang, 8ta mag'lubiyat, to'plar nisbati: 131-40,59 foiz o'yinda g'alaba.

Fikrat

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика