Ingliz hakamlari yana "qovun tushirdi"
28 jan 2016 12:50
Yangiliklar
Ingliz hakamlari yana "qovun tushirdi"
Hakamlar Sterlingning krossidan so'ng to'p maydonni tark etganini ko'rmay qoldi va bu bilan ularga ko'proq texnologiya yordami kerakligini yana bir marotaba isbotlashdi.

O'yin bosh hakami Martin Atkinsonga qanotda yordam bergan Skot Lejer to'p maydonni tark etganini ko'rmay qoldi va o'sha vaziyatda Sterlingning pasidan so'ng Kevin de Bryuyne hisobni 3:1ga etkazadi. Bu shubhali holat edi, ammo sekinlashtirilgan kadrlar yordamida to'p chiziqni butunlay tark etgani yaqqol ko'ringan.

Katta tezlikda yugurib bu vaziyatni 40 metr uzoqlikdan ko'ra olishning umuman iloji yo'q.

Bunday paytlarda texnologiya yordamga kelishi kerak, xuddi gol aniqlash tizim kabi yoki takroriy lavhalardan foydalanishni yo'lga qo'yish kerak. "Everton" bir necha kun oldin ham hakamlarning xato qaroridan jabr chekkan edi. O'sha uchrashuvda "CHelsi" himoyachisi Jon Terri ofsayddan gol urib ketgan.

"Everton" utozining fikricha, bu xato o'yin taqdiriga tasir ko'rsatgan: "Xato tufayli uchrashuv natijasiga tasir ko'rsatildi. Bu juda achinarli xol. Agar bu gol bo'lmaganida bahs umuman boshqa hisob bilan yakun topishi mumkin edi".

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. Бир неча кун олдин "Барселона"ни тор-мор этган "Атлетико" чемпионат аутсайдерига йирик ҳисобда мағлуб бўлди ва тўртинчи ўринга тушиб кетди
Элит ОЧЛ. "Насаф" турнирдаги илк ғалабасини тантана қилди, аммо юришини гуруҳ босқичида якунлади
Англия Кубоги. "Манчестер Сити" ўз майдонида "Салфорд Сити"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди
Родри дисквалификация қилиниши мумкин
Fikrlar