Inesta MLS klublari taklifini rad qildi
15 okt 2020 00:03
Yangiliklar


Inesta MLS klublari taklifini rad qildi
Ispaniyalik futbolchi shartnomasining yakuniga qadar Yaponiyada qolmoqchi.
Bu haqda Mundo Deportivo xabar tarqatdi. "Vissel Kobe" yarim himoyachisi Andres Inesta MLSning bir qator klublari qiziqishlari doirasiga tushib qolgan. Klublarning nomi oshkor qilinmadi. Malum bo'lishicha, 36 yoshli ispaniyalik yarim himoyachi shartnomasining oxiriga qadar Yaponiyada qolishga qaror qilgan. Transfermarkt portalida "Vissel Kobe" va Intesta o'rtasidagi hamkorlik bitimi 2021 yilning 31 yanvariga qadar amal qilishi ko'rsatilgan.
Malumot uchun, Yaponiya chempionatining joriy mavsumida 19 uchrashuvda maydonga tushgan Inesta 4 gol, 6 ta samarali uzatmaga mualliflik qilgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar