Inesta: "Bir yilda oltita sovrin yutishni istaymiz"
11 avg 2015 10:23
Yangiliklar


Inesta: "Bir yilda oltita sovrin yutishni istaymiz"
"Barselona" yarim himoyachisi Andres Inesta "Sevilya"ga qarshi UEFA Superkubogi uchrashuvidan oldin o'yindan kutayotganlari haqida so'zlab berdi.
"Treblni qo'lga kiritganingda - natijani yaxshilash haqida o'ylaysan. Bu oson bo'lmaydi, ammo bu bahsda biz birinchi qadamni tashlashimiz mumkin.
Raqibimiz yaxshi tayyorlangan, ularning murabbiyi esa hurmatga loyiq. Bir yilda oltita sovrin yutishni istaymiz, ammo hozircha etiborimiz bir o'yinga qaratilgan.
Yangi mavsumni jamoa sardori bo'lib boshlash juda yoqimli" - deydi Inesta.
"Barselona" va "Sevilya" o'rtasidagi Tbilisida bo'lib o'tadigan UEFA Superkubogi uchun bahs Toshkent vaqti bilan 23:45da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar