Indoneziya U-23 bosh murabbiyi: "O'zbekistonga qarshi maxsus o'yin rejasi tuzib chiqdik"
27 sen 2023 10:48
Yangiliklar


Indoneziya U-23 bosh murabbiyi: "O'zbekistonga qarshi maxsus o'yin rejasi tuzib chiqdik"
Indoneziya U-23 bosh murabbiyi Indra Sjafri Osiyo o'yinlari 1/8 finali doirasida O'zbekistonga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"O'zbekistonga qarshi o'yin oldidan barcha futbolchilarning tayyorgarlik holatini ko'zdan kechirdik va tahlilchi guruhimizning hisoboti asosida bo'lajak o'yin rejasini tayyorladik.
O'zbekiston oson raqib emas, lekin optimist bo'lish kerak, chunki maydon tekis, to'p yumaloq, shu bois bor kuchimizni namoyish etishga harakat qilamiz", - dedi indoneziyaliklar ustozi.
Eslatib o'tamiz, Osiyo o'yinlarining 1/8 finalidan o'rin olgan O'zbekiston — Indoneziya uchrashuvi 28 sentyabr kuni bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar