Indoneziya U-23 bosh murabbiyi: "Osiyo o'yinlaridek yirik turnirda VAR bo'lishi kerak"
28 sen 2023 17:27
Yangiliklar
Indoneziya U-23 bosh murabbiyi: "Osiyo o'yinlaridek yirik turnirda VAR bo'lishi kerak"
Osiyo o'yinlari nimchorak finali doirasidagi O'zbekiston – Indoneziya (0:0, 2:0) uchrashuvidan keyin indoneziyaliklar bosh murabbiyi Indra Sjafri fikrlarini bildirdi.
"O'yin rejamiz bo'yicha o'tdi, biroq kichik xatolar gol o'tkazib yuborishimizga sabab bo'ldi.
Sanantaning goli hakam tomonidan nima uchun hisobga olinmaganini bilmaymiz, bu holatda ofsayd bormidi yoki yo'qmi, ko'rib chiqish kerak. Osiyo o'yinlaridek katta musobaqada VAR qo'llanilishi kerak.
Lekin natijani to'g'ri qabul qilaman, O'zbekistonni g'alaba bilan tabriklayman. O'zbekiston yaxshi shakllangan jamoa hisoblanadi. 90 daqiqa va qo'shimcha taymlar davomida astoydil kurashgan futbolchilarimizga ham minnatdorchilik bildiraman", – dedi Indoneziya murabbiyi.
Timur Kapadze: "Indoneziyadan kuchliligimizni bilardik, ammo ular yaxshi himoyalanishdi"
Fikrlar