So’nggi yangiliklar

19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:58"Реал Мадрид" — "Реал Бетис". Таркиблар маълум  4 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  0 18:16"Челси" "Ньюкасл"дан Италия терма жамоаси футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 17:50"Реал" икки юлдузидан қутулишни режалаштирмоқда  1 17:21Тунис терма жамоаси футболчиси: “Биз футболда 10 йил орқадамиз”  1 16:48Мармуш "Астон Вилла"га ўтиши мумкин  7 16:21"Лидс" — "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум  12 15:02Рамос фаолиятини Францияда давом эттириши мумкин  1 14:37"Реал" Винисиус бўйича қарор қабул қилди  8 14:14"Реал" "Тоттенхэм” ҳимоячисига даъвогарлик қилмоқда  0 13:50Алонсо "Реал"дан "Ливерпуль” юлдузини сотиб олишни сўради. "Қаймоқранглилар" 100 млн евродан ортиқ маблағ тайёрлаб қўйди  3 13:23"Кристал Пэлас" ўз форвардини "Манчестер Юнайтед"га сотишдан бош тортмоқда  0 12:58"Ливерпуль” "Реал" юлдузини нишонга олди. "Қизиллар" биринчи таклифни беришди  2 12:33"Милан" Влаховични ўз сафига қўшиб олмоқчи. "Ювентус" форварди "Барселона"га кетадиган бўлса, "россонерилар" Левандовскига ҳаракат қилиб кўради  0

Incheondan yozamiz. 5-kun kundaligi. “Nikon”ga rahmat! Yangiliklar

Incheondan yozamiz. 5-kun kundaligi. “Nikon”ga rahmat!

O'yin kunlari ishlashning o'zgacha gashti bor. Bugun nima bo'lar ekan degan savol miyamda aylanib yuraveradi.

Guruhda birinchi o'rinni olsak kim tushadi, undan keyin kim degan ko'plab savollarni eshityapman. Biz chempion bo'lish uchun keldikmi, farqi nima - unda kim tushishi, baribir o'ynash kerak-ku deyman.

Media markaz menga “Qaynar xumcha”ni eslatib yuboryapti. Osiyo katta qita emasmi, naqd 9700 nafar OAV xodimi musobaqada ishtirok etish istagini bildirgan. Endi men yolg'iz emasman. Toshkentdan ustozim Anvar aka Ilyosov keldilar. Ulardan tashqari men tanigan MTRK tasvirchisi Ramiz aka ham. O'zbekiston Axborot agentligidan Mehribon. Xullas sal ko'paydik. Endi biz ochilish marosimiga kirish huquqini beruvchi chiptani qo'lga kiritishimiz kerak edi. Afsuski, Xitoy va Yaponiya media sohasida bizdan ancha ilgarilab ketmaganmi, allaqachon ochilish marosimi uchun chiptalarni band qilib bo'lgan ekanlar. Boshqa musobaqalardan farqli ravishda mazkur Osiyo o'yinlarida davlatlar uchun kvotalar ajratilmagan ekan. Bizdan tashqari qozog'istonlik hamkasblarimiz ham “ring”ga chiqdilar. Ulardan 16 nafar kishi bo'lib, bor-yo'g'i bitta fotomuxbir epchillik qilgan holda o'zi uchun chipta olgan edi. 




  • Media markazda ish avjida


CHipta olish imkoniyatimiz 100dan bir bo'lib turgan paytda Anvar aka London olimpiadasida ishlagan bir tanishini uchratib qoldi. U kishi bu erda foto departament boshqaruvchilaridan ekan. Muammo haqida aytgan ham edikki, 2 daqiqaga qolmay chiptaga ega bo'ldik. Anvar aka Sidney, Afina, Pekin va London olimpiadalarida ishlagan. SHubhasiz, bunday paytlarda tajriba va tanishlar ish beradi. Men ham imkon qadar tanish orttiryapman. Kelajakda asqotishi aniq. 

Ertaga (kundalik 18 sentyabr uchun) ochilish marosimida ishtirok etaman. Bu faoliyatimdagi ikkinchi katta ochilish o'yini bo'ladi. Birinchisi, Doxadagi Osiyo Kubogi edi. Yaqinda Nankinda bo'lib o'tgan o'smirlar olimpiadasining ochilish marosimi meni lol qoldirgan edi. Ochilish marosimida SHarqdagi raqobatni ko'rsam ajab emas. Keyin bugun katta sahnaga Psay (PSY) chiqar ekan. Hamma “Opa Gangam Stayl”ga raqsga tushib ketmasa bo'ldi. 

Kecha sport shaharchasida Vatanimiz bayrog'ini ko'tarish marosimi o'tkazildi. O'zbekiston – Bangladesh o'yini munosabati bilan tadbirda ishtirok eta olmasdim. SHeriklarim tadbirga, men esa 40 daqiqalik yo'l bo'lgan “Ansan” stadioni tomon yo'lga chiqdim. Borganimda Afg'oniston – Gonkong uchrashuvining birinchi bo'limi tugab bo'lgandi. Bu o'yin haqida kecha yozib o'tdim. Har o'yin sayin stadionga tashrif buyurayotgan muxlislarimiz soni oshib borayapti. Bu safar delegaciyamiz vakillari ham bor edi. O'yin biz kutgan natija bilan yakuniga etdi. Jamoa bilan avtobusda birga qaytar ekanman, telefonlardan tang'ir-tung'ur emas, haqiqiy etni jimiradigan o'zbekcha qo'shiqlarni eshitib keldik. Safarda shunday yo'l bilan O'zbekistonni eslash mumkin.




  • Bayroq ko'tarish marosimida 100 nafardan ortiq sportchilarimiz ishtirok etdilar. Foto: Anvar Ilyosov


Ko'pchilik fotomaqoladagi komik gaplarga kulayotganini aytishyapti. Demak, qaysidir manoda futbolchilarimizning kayfiyatini ko'tara olyapmiz. 

20 sentyabrdan boshlab barcha musobaqalarga start beriladi. Ish qizigandan qizisa kerak, ammo men asosiy etiborni futbolga qarataman. Bu erdagi matbuotlarda O'zbekiston haqida deyarli hech kim yozmaydi. Hamma o'zining sportchilari bilan ovora. 

O'yindan keyin sport shaharchasida qoladigan bo'ldim. SHu kuni Toshkentdan uchib kelgan rahbariyat vakillari, Oybek Kasimov (MOQ bosh kotibi) va Murod Aliev (Madaniyat va sport ishlari vazirining sport bo'yicha birinchi o'rinbosari) sportchilarimizning sharoiti bilan yaqindan tanishib chiqdilar. Ular bilan suhbatda bo'lib, omad tiladilar. 

Men esa tungacha terma jamoamiz operatori Jamol aka bilan suhbatlashib chiqdim. Sal avval dilni xira qiladigan SMS kelgandi. Ha endi ish bor joyda xato bo'ladi-da, mayli jazoni baribir biz bermaymiz-ku! Xato qilmaslikning bir yo'li bor, u ham bo'lsa ishlamaslik. Ammo qoning qaynab turganida ishlab olmasang, hassaga tayanganingda seni birov hurmat qilarmidi? Siz o'quvchilardan ham shuni iltimos qilardim, buni yotig'i bilan tushuntirsangiz bo'ladi. Bilasiz, biz Sizlar uchun ishlaymiz. Ortig'i kerak emas.




"Kim u Jamol aka?" deyayotganlarga. Mana Jamol aka 


Jamol aka bilan ancha gaplashib o'tirar ekanman, to'g'risini aytsam, katta hayotiy saboq oldim. Eskilarning yaxshi bir gapi bor, “Sendan bitta bo'lsa ham ko'p ko'ylak yirtgan”, degan. Bazan birovga to'g'ri manoda gapirsang, menga aql o'rgatyapti degan fikrga boradi yoki ruhiy zarba deydi. Yo'q, aslo unday emas. Biz insonmiz, inson jamiki jonzotlar ichidagi eng aqllisi. Aqlni esa aql bilan ishlatishimiz kerak. Omon bo'ling, ertaga ochilish marosimidan reportaj.


18 sentyabr, Janubiy Koreya, Incheon

Nodirxo'ja Yuldashev


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика