So’nggi yangiliklar

16:36"Рома" Пауло Дибала "Ал Қодисия"га кетишига тайёр   1 16:00БУМ! АПЛда келишилган ўйин?  5 15:41"Олимпик"да бош мураббий ўзгарди  4 15:22"Барселона" форварди "Ал Ҳилол" таклифини рад этди  1 15:00Opta суперкомпютери Бундеслига старти олдидан чемпионлик учун асосий даъвогарни тахмин қилди  1 14:30"Манчестер Сити" мухлислари учун нохуш хабар — "шаҳарликлар" ярим ҳимоячиси оёғини синдириб олди  2 14:05Расман: Рональдиньо Жуниор фаолиятини Англияда давом эттиради  3 13:37"Ювентус" "Милан" ҳимоячисини ижарага олиш бўйича таклиф юборди. Футболчининг ўзи бу трансферга рози  2 13:13"Бунёдкор" майдонига нима бўлди? Стадион директори батафсил маълумот берди  17 12:51Маурисио Почеттинонинг кейинги манзили маълум  4 12:26Расман: "Брайтон" Браян Груда трансферини эълон қилди  2 11:56Расмий хабар: Қирғиз Республикаси - Ўзбекистон учрашуви қайси шаҳарда бўлиши маълум  26 11:50"Жиннихона" — Фердинанд "Челси" ҳақида  6 11:42"Бунёдкор" қоида бузилиш билан гол урди, "Қизилқум"нинг голини хато билан бекор қилишди. Суперлига 15-тур ҳакамлик таҳлили  3 10:50Камавинганинг жароҳати жиддий бўлиб чиқди. Унинг қачон сафга қайтиши маълум  4

Incheondan yozamiz. 17-kun kundaligi. Quloqdan tortish mana bunday bo'pti Yangiliklar

Incheondan yozamiz. 17-kun kundaligi. Quloqdan tortish mana bunday bo'pti

Kecha oliy liga bo'layotgan bir paytda, bu erda boks yarim finallari boshlandi.
Taxminimzga ko'ra, uchta final bizniki bo'lishi kerak edi. Aslida to'rttasida ham g'alaba qozona olardik, ammo bu erning o'z hakamlari bor edi.

Boksga ketishdan avval yo'lda Sarvar aka (SHamusarov, Taekvando federaciyasining xalqaro bo'lim boshlig'i)ni ko'rib qoldik va natijalar qanday bo'lgani bilan qiziqdik. Afsuski, taekvandochilarimiz yarim finalga o'ta olmagan edilar. Sarvar aka hazillashib, siz bormaganingiz uchun final bo'lmadi deb qo'ydilar. Haqiqatdan bugungi rejamda taekvando yo'q edi, boisi boksdagi yarim final janglari hammamizni qiziqtirayotgan edi.

Boks arenasi biz turgan sport qishlog'idan bor-yo'g'i 3 km. uzoqlikda, bir deganda etib bordik. Yarim final kechasini hamyurtimiz SHahobiddin Zoirov va Yosim Muhammad ishtirokidagi jang boshlab berdi. Jang ancha qiziq kechdi. 52 kg. vazn toifasidagi bahsda pokistonlik bokschi 10-9, 10-9, 10-9, umumiy 30-27 hisobda imkoniyatni boy berdi, birinchi final bor cho'ntakda.



Kayfiyat zo'r emasmi, tezkorlik bilan rasmlarni Narzullaga yubordim. Boksni yoritish uchun taxminan 200 nafarga yaqin OAV xodimlari kelgan (yozuvchi va fotomuxbirlar). Keyinggi jangimizgacha to'rtta chiqish borligi uchun biroz vaqtim bor edi. Xuddiki Qozog'iston jurnalistlari arenaga ko'chib kelganlar. Pokiston, Hindiston, Bangladeshdan ham jurnalist ko'p. O'tirishga esa joy yo'q. Isroil Madrimovning chiqishiga sanoqli daqiqalar qolganida foto postimni egalladim.

69 kg. vazn toifasida Isroilning raqibi tailandlik Saensit Apichet edi. Madrimovdan delegaciyamiz oltin medalni kutayotgani uchun yarim finalda g'alaba qozonishiga ishonchimiz komil edi. Yakunda shunday bo'ldi ham. Umumiy hisobda 30:27, o'zbekistonlik bokschi g'olib.



Ketidan terma jamoamiz sardori Oybek Mamazulunov ring egasi Kim Xyong Kuga qarshi jang olib bordi. Jang favoriti shubhasiz Oybek edi. Muxlislarning xabari bo'lsa kerak, bu vaznda Guangjouda bo'lib o'tgan Osiyo o'yinlarida Elshod Rasulov oltin medalni qo'lga kiritgan edi. 4 yil avval Doxada bo'lib o'tgan Osiyo o'yinlarida ham Rasulov terma jamoamiz hisobiga bitta oltin medalni taqdim etgandi. Rasulov va Mamazulunov shubhasiz O'zbekistonning eng yaxshi bokschilaridan biri. SHuning uchun hech kim Oybekni  mag'lubiyatga uchraydi deb o'ylamagan. Jang boshlandiyam-ki, koreyalik bokschi klinch holatiga kirishdan nariga o'tmadi. Bir qator zarbalarni o'tkazib yuborgani etmaganidek, uchinchi raund so'nggida yiqilib ham tushdi. Bu orada uning “basharasi” g'urra bo'lib ulgurgan, agar jang nokautgacha davom etganida, 4 raunddayoq u ringni tark etishga majbur bo'lishi oydinlashib qolgan edi. ammo u ring egasi edi...



Bolgariyalik referi uchrashuv g'olibi deb Kimni topganida zalga yig'ilgan muxlislar (koreyaliklardan tashqari) “Uuuuuu”, deya tovush chiqarishdi. Osiyo o'yinlarida shuncha jang ko'rgan bo'lsam, birontasida bunday uvullashni eshitmagandim. Haqiqatdan ham Oybek raqibini sindira olgan edi. Hakamlarning iltifotidan boshi osmonga etgan koreyalik bokschining sal bo'lsa-da vijdoni bor ekan. U Mamazulunovning oldiga bordi-da, qo'lini ushlab ko'kka ko'tardi. Ammo finalga u yo'l olgan edi.



Qozog'istonlik hamkasbim Nikita oldimga kelib, “Bugun sizlarni sindirishdi, yaxshi hamki bizlarga koreyadan ko'p raqib tushmadi”, deb aytdi.  Uning xavotirga tushishiga asos bor edi, sal avval hindistonlik ayol bokschi, undan keyin Mo'g'uliston vakili koreyalik bokschilar tomonidan adolatsiz ravishda mag'lubiyatga uchratilgan edilar. Qozog'istondan yarim finalga 8 nafar bokschi etib keldi. SHulardan ikki nafari Janubiy Koreya vakiliga qarshi ringga chiqdi. Jangni ko'rmaganim uchun nima bo'lganini aytib bera olmayman, bittasida Qozog'iston, bittasida J.Koreya bokschisi g'alaba qozondi. Jami, Qozog'istondan 7 nafar bokschi finalga chiqdi.



Endigi navbat Mirzohidjon Abdullaevga edi. Mirzohidning raqibi eronlik Yosim Delovori. +91 kg. vazndagi jang teng kurashlarga boy bo'ldi. Odatda og'ir vaznda ko'plab zarbalarni ko'rmaymiz, bokschilar ehtiyotkorlik bilan harakat qiladilar. Bu jang ham shunday scenariy asosida o'tdi. Oybekdan keyin hammamizning ham kayfiyatimiz tushgan edi. To'rtinchi jangdan umid qilib turgan paytimiz, fin va braziliyalik hakam ochkolarni Delovori, marokashlik esa vakilimiz foydasiga berdi. Yakuniy hisob 2:1, eronlik bokschi finalda.

Ochig'i jangdan keyin kayfiyatimizdan asar ham qolmadi, yaxshi ham Andreevga bag'ishlangan kundalikni boksga ketishdan avval yozib qo'ygan ekanman. Bunday kayfiyatda yoza olmasdim. Bugungi kundaligim juda qisqa bo'lyapti, sababi finaldagi ikkita jangda ham yutqazdik. Bu haqda ertaga batafsil o'qiysiz. Kayfiyat yo'q, boisi ikkinchi jangda ustunlik biz tomonda edi.

Nodirxo'ja Yuldashev.
2 oktyabr. Janubiy Koreya, Incheon.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика