So’nggi yangiliklar

01:00ЛаЛига старт олди! Мавсумнинг илк ўйинида ғолиб аниқланмади  2 00:46Ўзбекистон футзал термаси Анголани мағлуб қилди  1 00:25Денис Коростиченко: "Футболчилар фақатгина ўзини намойиш этиш учун эмас, балки жамоа учун ва "Олимпик" номи учун курашишмоқда"  1 00:10Иван Бошкович: "90 дақиқа ўйинни назорат қилишнинг иложи йўқ. Мақсадимиз ҳар бир рақибни мағлубиятга учратиш"  3 23:57Максим Шацких: "Ҳар икки кунда футбол ўйнаяпмиз"   9 23:10Айбек Нурбаев: "Ўз хатоларимиз эвазига мағлуб бўлдик"   1 23:05Баҳром Ҳайдаров: "Мағлубиятда дарвозабонни айбламаган бўлардим"  1 22:51"Акрон" ғалаба қозонди, Эсанов тўлиқ ўйнади   5 22:42Суперлига. "Олимпик" - "Сўғдиёна" 0:1  0 22:25Суперлига. "Сўғдиёна" "Олимпик" устидан тарихий ғалабага эришди  13 22:12Ўзбекистон кубоги. "Пахтакор" қўшимча бўлимларда пенальтидан урилган гол эвазига "Бунёдкор"ни мағлуб этиб, ярим финалга йўл олди  30 22:08ПРО-Лига. "Машъал" ўз майдонида "Арал"га имконият қолдирмади  1 21:46Виталий Левченко: "Жасур Жалолиддинов ҳақидаги хабарни Championat.asia сайтида ўқидим"   8 21:40Григорий Колосовский: "Навбатдаги 2 очкони йўқотдик"   3 21:28Эшитдик-да! Ҳусановнинг жамоадоши "Аталанта"га ўтмоқда  2

Incheondan yozamiz. 10-kun kundaligi. Gandboldan adrenalin, Fokindan kumush Yangiliklar

Incheondan yozamiz. 10-kun kundaligi. Gandboldan adrenalin, Fokindan kumush

Kecha terma jamoamizning mashg'ulotlariga borganim yo'q. Tirik afsonamiz CHusovitinani rasmga ololmaganligim uchun Fokinning chiqishini suratga olishni maqsad qildim.
Terma jamoamiz soat 12:30da “Goyang” stadioniga yo'l oldi, men esa media markazga. Keling, undan avval bo'lib o'tgan sport voqealariga sharh bersam. Soat 9:00da boulingchilarimiz finalda qatnashishdi. 26ta juftlik ichida 20-o'rin. Albatta, bu achinarli.

Koreya vaqti bilan soat 11:00da boshlangan gandbol uchrashuvini MOQ xodimlari bilan birgalikda ko'rdik. Dastlab terma jamoamiz 2:0 hisobida oldinda ketayotgan edi. keyinchalik tashabbusni o'z qo'liga olgan gonkongliklar to'rt to'p farqi bilan oldinga chiqib oldilar. O'yindan avval bahs favoriti sifatida biz qayd etilgandik. Ammo uch nafar gandbolchimiz - Habibaxon Qodirova, Uchaeva Valeriya, Ziborova Olga jarohat tufayli uchrashuvda ishtirok eta olmasdilar. Biz g'alaba qozonsakgina 5-o'rin uchun kurashni davom ettirishimiz mumkin edi. 59-daqiqada Gonkong 22:21 hisobida oldinga chiqib oldi. Uchrashuv yakuniga etishiga 1 daqiqa qolgan. CHamasi 50 soniya qolganida hisob tenglashdi. SHundan so'ng to'pga egalik qilgan sharqliklar bor etiborni hujumga qaratdilar. Bu paytda uchrashuv 59-daqiqasining 53-soniyasi edi. Raqibdan to'pni olib qo'ygan vakilamiz Anjelina Goloskokova bir urinishda oldi chiziqda turgan Ekaterina Xalmuradovaga to'pni etkazib b erdi. O'z navbatida Katya to'pni ushlab olgan holda ikki qadam tashlab CHan Kam Ling darvozasini ishg'ol qildi, biz barimiz “GOOOOLLLLL”, - deya baqirib, bir-birimizni tabriklar edik. Agar 7 soniya avval himoyachilarimiz aniq harakat qilmasdan gol o'tkazib yuborganlarida, hozir biz emas, qo'shni xonadonda hayqiriq ovozlari chiqayotgan bo'lardi.




Nazardan chetda yuradigan sportning bu turlariga alohida etibor bersangiz, olam-olam adrenalin olar ekansiz. SHu yoshga etib, men faqat futbol deyaverib, ko'p narsadan “quruq” qolganimni anglab etdim.  Haqiqatdan ham ajoyib g'alaba edi. Endi qizlarimiz “A” guruhida uchinchi o'rinni qo'lga kiritgan jamoaga qarshi bahs olib boradilar. Tailand va Hindiston juftligi g'olibi bizga qarshi tushadilar.

Gandbolni tomosha qilib bo'lgach ish joyimga yo'naldim. U erda biroz ishlagach, ustozim Anvar aka ikkimiz 40 daqiqalik yo'l bo'lgan sport gimnastika saroyiga ketdik. SHahar aholiga boy, mashinalarni aytmasangiz ham bo'ladi, “probka”larda manzilga etib olish uchun ancha vaqt ketadi. Mendan tashqari,  aksariyat chet ellik hamkasblarim vaqtdan unumli foydalanish uchun avtobusda ishlab ketadilar.



Kundalikni yodimda saqlab qolgan voqealar asosida yozayapman. SHuning uchun bazi chalg'ishlar uchun avvaldan uzr so'rayman. Mana yana bir malumotni sal qolsa esdan chiqarib ketay dedim. Bir kun avva media markazda Xitoyning mashhur nashri, “Beijing times” muxbiri Yason CHang O'zbekiston delegaciyasidan biror bir mashhur kishi bilan intervyu tashkil etib berishni iltimos qildi. MOQ matbuot kotibi SHavkat aka bilan unga Oksana CHusovitinani taklif qildik. Bu uning uchun haqiqiy sovg'a edi. Sport gimnastikasining tirik afsonasi bilan suhbatlashish hammaga ham nasib etavermaydi. CHang aytilgan vaqtda sport shaharchasiga etib keldi va Oksanadan eksklyuziv suhbat oldi.

Xullas sport gimnastikasi saroyidaman. Saroyga tarif berishga ojizman. Avvalgi kundaliklarimda yozib o'tganimdek, bu erdagi barcha arenalar bir xil sifatda. Aytishlaricha, bizda ham shunday saroy qurish borasida reja tuzilayotgan ekan. Universal saroyda basketboldan tortib, mini futbolgacha mavjud. Istasangiz sport gimnastikasini aylaning. Kirib chiquvchi tribunalar mavjud bo'lib, arena istalgancha kengayishi yoki torayishi mumkin.



Anton Fokin soat 20:15da chiqishi kerak edi. Unga qadar gimnastikaning boshqa ikki turida g'oliblar aniqlanayotgan bo'lib, men ular orqali mashg'ulot o'tab olishni maqsad qildim. Tabiiyki Anvar aka yordamida. CHuchvarani xom sanagan ekanman. Sport gimnastikasini suratga tushirish, jamiki o'yin yoki tabiatni rasmga olishdan eng qiyini ekan. Fotomuxbirlarda FOKUS degan tushuncha bor. Yani, siz mo'ljallagan kishingiz yoki predmetni avval fokusga olasiz , keyin shaqillatib “bosasiz” va o'sha yo'naltirilgan nuqta original tarzda suratga olinadi. Sport gimnastikasida esa fokus ushladim deganingizda, sportchi yo okrabatika qiladi, yo yugurib turib sakraydi, xullas fokusni qochirib yuborasiz. Juda ham qiyin ekan. Bir amalladim, birinchisida rasmlarga baho bering. Lekin fotojurnalistikaning ham “tonkost”lari yo'q emas. Yaxshilab poylab fokusni olish mumkin. Bunday paytda ustoz otangdek ulug' maqoli menga qo'l keladi, Anvar aka o'z maslahatlarini ayamaydilar. Mana endi o'xshay boshladi. Keyin bilsam, quyidagi Fokinning surati, sport gimnastikasidagi eng qimmatlaridan biri ekan. Fokus ushlanishi va poziciya tanlash bo'yicha. Qani edi bizda ham “doda” sport gazetalari bo'lsa-yu, bosh sahifada katta o'lchamda shu suratlar chiqsa. Ey, tekinga ham berib yuborardim. Faqat bu futbol gazetalariga tegishli emas-da.



Fokinga ishqibozlik qilish uchun arenaga MOQ prezidenti Mirabror Usmonov, bosh kotib Oybek Kasimov ham tashrif buyurdilar. Ulardan tashqari yana 20 nafarga yaqin ishqibozimiz bor edi. Lekin to'g'risini aytsam, xafa bo'lib ketdim. Juda ko'pchilik terma jamoalar, bir-birlarini qo'llab-quvvatlab yuribdilar. Bizning bazi sportchilarimiz Usmonov qaerga borsa borishyapti. Balki “ochko” ishlashni maqsad qilishgandir. Lekin shuni aytishim mumkinki, ishonavering, ular o'tirgan yuqori sektordan kimligingiz ko'rinmaydi. KXDRni ko'rsangiz edi, juda ko'pchilik sportchilar olqishlash uchun kelyaptilar. Biz ham sekin-sekin medal ola boshladik, qo'llab turish kerak axir. Ishqibozlik orqali hakamga ham bosim o'tkazish mumkin. O'xshamagan “priyomiga” qarsak chalib tashlang, hakam bir ball bo'lsa-da qo'shib beradi. SHuni ham o'rgatishim kerakmi?



Fokinning chiqishi ajoyib bo'ldi. To'g'risi, bu sport turini yaxshi baholay olmaganligi uchun, oxiriga qadar kutdim, nima bo'lar ekan deb. Ertaklarda bo'lgani kabi hammasi yaxshilik bilan tugadi. Bahs yakuniga etgach, Fokin bilan birga qaytdik. Jarohati tufayli musobaqaga juda kam tayyorgarlik ko'rganini takidlab o'tdi. “Agar hech bo'lmasa, yarim yil tayyorgarlik olib borganimda, oltinga umid qilgan bo'lardim”, dedi. Sport shaharchasiga kelganimizda u liftning 15-qavat tugmachasini bosdi. Bino esa 16 qavatlik. SHunda men hazillashib, “Qarang, bitta avvalgisi kumush, agar eng tepada yashaganingizda oltin olar ekansiz”, deb kuldim. U ham hazilkash ekan, “Demak, bunga tashkiliy qo'mita aybdor, meni bir qavat pastga joylagan”, deya kulib qo'ydi. Hayotda ajoyib inson ekan. Erta tongda u Xitoyga, jahon chempionatida ishtirok etish uchun uchib ketdi. Saytimiz nomidan unga omad tilaymiz!



Bugunga bo'lar, endi menga ruxsat, O'zbekiston terma jamoasining o'yiniga borishim kerak. Kundalik yozish o'zimga shu qadar yoqib qoldiki, Toshkentga qaytganimda nima qilar ekanman deb o'ylanib qoldim. Bu yog'i bir gap bo'lar, ammo Vatanni kishi yomonam sog'indi.

25 sentyabr. Janubiy Koreya, Incheon.
Nodirxo'ja Yuldashev.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика