Incheon-2014. Umumjamoa hisobida 15-o'ringa ko'tarildik
27 sen 2014 16:19
Yangiliklar


Incheon-2014. Umumjamoa hisobida 15-o'ringa ko'tarildik
Janubiy Koreyaning Incheon shahrida davom etayotgan 17-Osiyo o'yinlarining sakkizinchi kungi musobaqalari o'z yakuniga etib borayotgan bir pallada O'zbekiston terma jamoasi medallar jamg'arish bo'yicha umumjamoa hisobida 15-o'ringa ko'tarilib oldi.
Hozircha hisobimizda 1 ta oltin, 4 ta kumush, 8 ta bronza, jami 13 ta Osiyo
o'yinlari medali bor. Xitoy terma jamoasining oltin medallari soni 95
taga etgan. SHuningdek, ularda 53 ta kumush hamda 39 ta bronza medali ham
bor. Umumiy medallari soni – 187 ta!
Ikkinchi o'rinda borayotgan mezbonlar hisobida 117 ta medal mavjud. SHulardan 35 tasi oltin, 42 tasi kumush, 40 tasi bronza medalidir. Kuchli uchlikka 30 ta oltin, 43 ta kumush, 37 ta bronza medaliga ega Yaponiya terma jamoasi yakun yasagan. Qozog'iston terma jamoasi safidagi Osiyo o'yinlari chempionlari soni 9 nafarga etdi. SHuningdek, yon qo'shnilarimiz hisobida 10 ta kumush, 17 ta bronza medali mavjud.
Bugungacha 20 ta davlat terma jamoalari kamida bitta oltin medaliga ega bo'lib ulgurishdi. O'ttizta davlat terma jamoalari g'aznasida esa kamida bitta bronza medali bor.

Fikrlar