Incheon-2014. Taekvondo. Ikki nafar hamyurtimiz finalda FOTOGALEREYA

Narzulla Saydullayev
30 sen 2014, 14:03
Janubiy Koreyaning Incheon shahrida o'tayotgan 17-Osiyo o'yinlarining taekvondo sport turi bo'yicha musobaqalar davom etmoqda.
74 kilogramm vazn toifasida yurtimiz sharafaini himoya qilayotgan sportchimiz Nikita Rafalovich finalga yo'llanma oldi. U yarim finalda Janubiy Koreya vakili Song Yong Geongga qarshi tatamiga chiqdi va 12:2 hisobida g'alaba qozondi.

82 kilogramm vazn toifasida yurtimiz sharafaini himoya qilayotgan sportchimiz Jasur Boyqo'ziev finalga yo'llanma oldi. U yarim finalda Janubiy Koreya vakili Shin Yeong Raega qarshi tatamiga chiqdi va 7:5 hisobida g'alaba qozondi.

Final bahslari bugun Toshkent vaqti bilan soat 14:32da boshlanadi. Ikkala finaldan fotogalereya taqdim etiladi.

foto: Nodirxo'ja Yuldashev

























Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia