"Imperator" yana taxtda, "Galatasaroy" - Turkiya chempioni!
20 may 2019 13:56
Yangiliklar


"Imperator" yana taxtda, "Galatasaroy" - Turkiya chempioni!
"Galatasaroy" va "Istanbul BB" jamoalari o'rtasidagi to'qnashuv mamlakatning joriy yilgi chempioni nomini aniqlab berdi.
Uchrashuvgacha har ikkala jamoa ham bir xil 66 ochkodan jamg'argandi. O'z-o'zidan muhimligi jihatidan joriy mavsum Turkiyada bundan yaxshi o'yinni topishning imkoni yo'q edi.
Galatasaray Sofiane Feghouli - 47', Henry Onyekuru - 64' |
Super Lig . 33-tur 19/05/2019, 22:00 1
:
2
Tugadi
|
Istanbul Basaksehir Riad Bajic - 17' |
Stadion: Ali Sami Yen Spor Kompleksi Turk Telekom Stadyumu
O'yinda hisobni mehmonlar ochishdi. Riad Bayichning goli "Istanbul BB"ni tanaffusga g'olib sifatida chiqib ketishini taminladi. Ikkinchi bo'limda esa Fotix Terim bitta o'zgarish evaziga o'yinning borishini o'zgartira oldi. Avvaliga 47-daqiqada Sofyan Feguli muvozanatni tiklagan bo'lsa, 64-daqiqada Genri Onekuru jarima zarbasi amalga oshirilganidan keyin boshi bilan g'alaba to'pini kiritdi. SHu tariqa, "Galatasaroy" o'z tarixida 22-marta Turkiya chempioniga aylandi. CHempionat yakunlanishiga bir tur qolganda "Istanbul BB" bilan farq 3 ochkoga etdi, o'zaro o'yinlardagi ustunlik esa Fotix Terim shogirdlari tomonida (1:1, 1:2).
Turkiya Superligasi
33-tur, 19.05.2019
"Turk Telekom stedium"
"Galatasaroy" — "Istanbul BB" 2:1
Gollar: S.Feguli 47, Onekuru 64 — Bayich 17
"Galatasaroy": Muslera — Mariano, Liuindama, Markao, Nagamoto — Donk (Inan, 46), Fernando, Feguli (Linnes, 90+2), Belxanda, Onekuru, Diane (Kaya, 85).
"Istanbul BB": Gonyuk — Klishi, Kudryashov, Tekdemir, Junior — Inler, Elia, Belezoglu (Mokkopo, 29), Irfan Qaxveji (Adebayor, 70), Vishcha — Bayich (Robino, 81).
Ogohlantirishlar: Markao, CHipe, Onekuru, Inan — Bayich, Adebayor, Mokkopo.
"Galatasaroy" mamlakat chempioni bo'lganidan Kievning "Dinamo" klubi ham manfaatdor bo'ldi. Sababi, ayni shu voqea sabab kievliklar turklardan Yunus Belxanda uchun qo'shimcha 500 ming evro pul olishadi.
"Galatasaroy" o'z tarixida 22-marta Turkiya chempioni bo'ldi.
"Galatasaroy"ni 22ta chempionlikdan 7tasiga Fotix Terim etaklab borgandi. Demak, "Imperator" sakkizinchi bor taxtiga qaytdi.
Turkiya chempionati turnir jadvali >>>>> Superliga
O’xshash yangiliklar

Fikrlar