Immobile koronavirusga chalindi
21 dek 2021 18:47
Yangiliklar
Immobile koronavirusga chalindi
Rimning "Lacio" klubi hujumchisi CHiro Immobile koronavirus bilan kasallandi.
Oldinroq xabar berilganidek, futbolchi manfiy test topshirdi, ammo takroriy tekshiruv o'yinchida kasallik borligini ko'rsatdi.
Immobile shu munosabat bilan karantinga o'tkaziladi va A Seriya doirasidagi "Veneciya"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi. Bahs ertaga bo'lib o'tadi.
31 yoshli hujumchi joriy mavsum Italiya chempionati doirasidagi 15ta o'yinda maydonga tushib, 13ta gol urishga erishdi va A Seriya to'purarlari jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda.
Fikrlar