So’nggi yangiliklar

09:52Sofascore. Ашурматов кечаги учрашувда неча баҳо олди?  0 09:24Самандар Мавлонқулов фаолиятини пойтахтда давом эттиради  0 08:56"Насаф" футболчиси фаолиятини Тошкент жамоасида давом эттиради  2 08:28Sofascore. Кечаги учрашувдан сўнг "Бургутлар" неча баҳога лойиқ кўрилди?  0 08:25ОЧЛ-2. “Ал-Аҳли” - “Андижон” 2:0  1 07:59Расман. Ўзбекистон чемпиони "Қўқон-1912" билан шартнома имзолади  3 07:32Самвел Бабаян: “Сабр қилсак, “Андижон” фахрланадиган даражадаги жамоага айланади”  25 00:50Расман: Ренан Лоди Бразилия клубига ўтди  0 00:20Флик "Барса" билан шартномасини 2028 йилгача узайтириш масаласини муҳокама қилади  0 23:55Ла Лигада декабрь ойининг энг яхши ўйинчиси бўлишга номзодлар номи маълум қилинди  2 23:34ОЧЛ-2. "Ал Насср" "Ал Завраа" устидан йирик ҳисобда ғалаба қозонди. "Истиқлол" "Ал Муҳаррақ"дан устун келди  1 23:07ОЧЛ-2 "Аркадағ" ўз уйида "Ал Ҳалдия"ни мағлубиятга учратиб, плей-офф босқичига йўл олди!  18 22:55ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди  140 22:36Фабрегас: "Реал"даги исталган ўйинчи майдонга тушишга лойиқ. Алонсога қийин"  2 21:45Жавоҳир Сидиқов "Насаф" билан хайрлашди  7

Imkoniyatlar teng kun Yangiliklar

Imkoniyatlar teng kun

Bugun 11-tur rasman start oladi.
Muxlislar ikkita derbiga guvoh bo'ladilar. Ulardan biri Andijonda o'tsa, ikkinchisi Olmaliqda.

Edger Gess o'z jamoasini so'nggi ikki turda mag'lubiyatga uchragan "Neftchi"ga qarshi "jang" maydoniga tashlaydi. Bu o'yinda "Neftchi" nisbatan tarkib jihatdan kuchli, ammo o'yin vodiy derbisi maqomida ekanligini inobatga olsak, unda ikki jamoaning g'alaba qozonishdagi imkoniyatlari tenglashadi. SHundoq ham "Andijon"ning turnir jadvalidagi holati qoniqarli emas. "Neftchi" ochko yo'qotadigan bo'lsa, oltinchi o'ringa tushib ketishi mumkin.

"Andijon" (Andijon) - "Neftchi" (Farg'ona)
Imkoniyatlar: 50:50%
Hakamlar: V. Ceytlin (Toshkent), X. SHodmonov (Buxoro), A. Capenko (Toshkent vil.), A. Najafaliev (Toshkent)
Nazoratchi: A. Popov (Toshkent).




"Mashal" sayti jamoa bugun yangi libosda maydonga tushishi haqida xabar berdi. Bu yangi libos jamoaga qanchalik omad keltira oladi, buni bir necha soatdan keyin bilib olamiz. Hozir muborakliklar safida ikkita "golli" tandem bor. To'raev - Qo'ziboev va Hasanov - Ivanov. "Dinamo" esa Aziz Ibragimovga tayanib o'ynayapti. Yaqinda Agamurodov "Buxoro"ga ketadi degan gaplar urchiy boshladi. Agar bugun "Dinamo" mag'lubiyatga uchrasa, uning ketishi yanada tezroq hal bo'lishi mumkin. Klubda esa moliyaviy ahvol hamon ijobiy tomonga o'zgarmagan.

"Dinamo" (Samarqand) - "Mashal" (SHo'rtan)
Imkoniyatlar: 50:50%
Hakamlar: T. To'xtasinov (Andijon), R. Fozilov (Namangan), M. Majidov (Namangan), R. Lutfulin (Toshkent)
Nazoratchi: V. Valickiy (Toshkent).




Mavsumni yomon o'tkazmayotgan "Qizilqum" Karpenkoga qarshi maydonga tushadi. Ha, aynan Karpenkoga. Agar bugun faxriy futbolchining ishi yurishsa, navoiyliklarga oson bo'lmaydi. Xuddi shunday Vahobov ham o'z imkoniyatlaridan foydalana olsa, raqibga oson bo'lmaydi. Bugun ikki "qariya"dan qay biriga omad kulib boqishini bilib olamiz.

"Qizilqum" (Navoiy) - "SHo'rtan" (G'uzor)
Imkoniyatlar: 50:50%
Hakamlar: V. Kovalenko (Toshkent), M. Saidqosimov (Toshkent), A. Snetkov (Toshkent), D. Muxtorov (Toshkent)
Nazoratchi: S. Najafaliev (Toshkent).




Bu kunning ikkinchi derbisi. "Metallurg"da Toshmatovni o'yini ochilib boryapti. "Olmaliq"da ikkita jiddiy yo'qotish bor. Bular Inomov va Yovanovich. Murzoev jarohatini davolash bilan band. SHunday ekan, hujum chizig'ida jiddiy muammo mavjud. Umid Abdumo'minov va Pavlenkodan. "Metallurg" safida ham bitta yo'qotish bor, bu Mirg'iyos Sulaymonov.

"Olmaliq" (Olmaliq) - "Metallurg" (Bekobod)
Imkoniyatlar: 50:50%
Hakamlar: I. Tantashev (Buxoro), B. Qodirov (Buxoro), A. Qo'ldoshev (Buxoro), R. Tolibjonov (Farg'ona)
Nazoratchi:
I. Nexochin (Namangan).


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика