So’nggi yangiliklar

13:31Ансу Фати янги клубга ўтишга яқин  0 12:54"Реал" мухлислари учун хушхабар  3 12:25"Манчестер Юнайтед" "Милан" футболчисига қизиқмоқда  1 11:58Фабрицио Романо: Флориан Вирц "Ливерпуль" билан шартнома имзолади  5 11:25Де Брюйненинг эҳтимолий янги клуби маълум, у Италиядан  4 11:00Роналду ўрнини босадиган беш футболчи: янги авлод юлдузлари  18 10:45“Манчестер Сити“ АПЛдан яна бир ҳимоячи сотиб олмоқчи  3 10:18Лука Модрич фаолиятини қаерда давом эттириши мумкинлиги маълум  6 09:50Клаудио Раньери “Рома“да қолади, бироқ бошқа лавозимда  5 09:23"Ал Ҳилол" Бруну Фернандешга ўйлаш учун 72 соат берди. Саудияликлар футболчига қанча ойлик бериши маълум  5 08:54Вирц “Ливерпул“га ўтиб, тарихдаги учинчи энг қиммат трансферга айланади  7 08:26Конте тарихий натижани қайд этди  13 07:55А Сериянинг энг яхши футболчиси аниқланди  5 07:30Суперлига. Бугун 2 та учрашув бўлиб ўтади  2 07:20Озарбайжон. "Сумқайит" мавсумни йирик ғалаба билан якунлади, Жалолиддиновдан иккита, Абдихолиқовдан битта ассист  1

Imkoniyatimiz qanday? Yangiliklar

Imkoniyatimiz qanday?

Teglar :  O'zbekiston MTJ
Terma jamoamiz o'rin olgan guruh shundayki, unda o'yin taraflama yaqqol etakchi yo'q.

Narigi guruhda Avstraliya va Yaponiya boshqalardan ustunroq. Eron va Koreyaga qarshi oxirgi yillarda o'ynab ko'rdik, ularning saviyasi ayni paytda bizdan bir kalla ustun emas. Ular bilan tengma-teng va ustun o'ynay olishimizni ham ko'rsatdik. SHu sababli guruhimizni deyarli teng kuchli jamoalardan iborat deb aytish mumkin. Avstraliyaga uzoq parvoz ham katta qiyinchilik tug'dirishi mumkin edi. Har holda, Eron va Avstraliyaga etib olish o'rtasida katta farq bor.

Taqvim biz uchun qulay keldi. Dastlabki 4 o'yindan uchtasini uyda o'ynashimiz va baribir eng xavfli raqib sifatida gavdalanayotgan koreyslar bilan 5-turga kelib uchrashishimiz ancha yaxshi. Saralash bahslarida birlamchi vazifa sifatida uyda imkon qadar ko'proq ochko yig'ishni aytishimiz mumkin. Tajribali jamoalar birinchi o'rinda shunga harakat qilishadi. Bahslar boshlanadigan sentyabr oyida deyarli barcha futbolchilarimiz yaxshi holatda bo'lishadi. Oktyabrda ham shunday holatni kuzatamiz. Suriya, Eron va Xitoy bilan o'z maydonimizdagi bellashuvlar katta ahamiyatga ega bo'ladi.

Egor Krimec 1-turda Suriyaga qarshi bahsni o'tkazib yuboradi. Buning oxirgi savatdagi jamoa bilan uydagi uchrashuvga to'g'ri kelgani ham omadimiz. Bu suriyaliklarni etarli baholamaslik emas, shunchaki boshqalar bilan o'yin undan ham qiyinroq kechishi turgan gap.

Eron va Koreya qitamiz futbolida etakchilardan deb baholab kelinmoqda. Qatar va Xitoy esa futbolga katta pul sarflamoqda. Suriyada hozir notinchlik, ammo ularda chempionat o'yinlari to'xtatilmagan, qolaversa terma jamoaga homiylik qilayotganlar ko'p. Joze Mourinoni bosh murabbiylikka taklif etishganining o'zi terma jamoa imkoniyatini ko'rsatib turibdi.

Raqiblarni munosib baholash lozim, ammo hozir biz ham vazifani ado etishga qodir holatdamiz. Bu yog'iga yaxshiroq o'ynash va dastlabki uchrashuvlarda muhim ochkolarni qo'lga kiritish darkor. Biror ishni omadli boshlash uning davomiga ham ijobiy tasir ko'rsatadi. Bizningcha, bu safar imkoniyatimiz ancha yaxshi. Futbolchilarning o'zi ham masuliyatni anglashmoqda. SHu kabi jihatlar bizga yordam berishiga ishonchimiz komil.


Behzod Nazarov

Reyting: +41   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика