So’nggi yangiliklar

01:46Команнинг "Барселона"га ўтиши истисно этилмаган, аммо "блауграна"ни вингернинг жароҳатлари ва маоши хавотирга солмоқда  0 01:22"Ливерпуль" ван Дейкка янги шартнома таклиф қилмайди?!  0 00:58Александр Хомяков: "Бугунги ўйинда ҳеч нарса ўхшамади, нима бўлганини тушуна олмаяпман"  2 00:34Иван Бошкович: "Ишлашимиз лозим бўлган жиҳатлар бор"  1 00:21Григорий Колосовский: "Натижа адолатли бўлди"  0 00:04Илёс Зейтуллаев: "Бугунги уч очконинг қиймати олтинга тенг эди. Биз ҳафа қилган "болбой" йигитчага дастхатлар туширилган футболка совға қиламиз"  4 23:52Альварес Мадридга учиб келди ва эртага тиббий кўрикдан ўтади. Форвард "Сити"дан "Атлетико"га 75+20 млн евро эвазига ўтади  3 23:30Аброр Имомхўжаев "Пахтакор-79" авиаҳалокатини ёдга олди  0 23:11Туркия Суперлигаси. "Сивасспор" илк турда ўз майдонида "Трабзонспор" билан дуранг ўйнади  2 23:03МЮ ва Бруну бир йилга узайтириш банди билан 2027 йилга қадар шартнома бўйича келишувга эришишди  2 22:31Педру Нету 60+3 млн евро эвазига "Вулверхэмптон"дан "Челси"га ўтди  0 22:15Суперлига. "Бунёдкор" - "Андижон" 2:0  4 21:59Суперлига. "Бунёдкор" мавсумдаги иккинчи ғалабасини "Андижон" билан ўйинда қайд этди  59 21:56Ўртоқлик ўйини. "Атлетико" "Ювентус"ни ишончли ҳисобда таслим этди, Феликс яна гол урди  3 21:09Суперлига. "Сўғдиёна" — "Металлург" 2:2  1

Ilyos Zeytullaev: "Bugungi uch ochkoning qiymati oltinga teng edi. Biz hafa qilgan "bolboy" yigitchaga dastxatlar tushirilgan futbolka sovg'a qilamiz" Yangiliklar

Ilyos Zeytullaev: "Bugungi uch ochkoning qiymati oltinga teng edi. Biz hafa qilgan "bolboy" yigitchaga dastxatlar tushirilgan futbolka sovg'a qilamiz"

Superliga 15-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "Andijon" uchrashuvidan so'ng (2:0) mezbonlar bosh murabbiyi Ilyos Zeytullaev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida

- Juda ham emocional holat. Ushbu g'alabani uzoq vaqt kutdik. Butun jamoa bo'lib o'z maqsadimiz sari intilmoqdamiz. Rahbariyat bizni qo'llab quvvatlab turayotgani uchun rahmat. Jamoani ham tabriklayman. Biz ajoyib o'yin o'tkazdik. Bu jamoaviy g'alaba.

- Jamoa bugun juda kurashuvchan futbol namoyish etdi. Jamoangiz bugungi bahsda asosan uzun paslar va standart vaziyatlar orqali raqibga darvozasiga xavf tug'dirdi. Bu uslubni keyingi uchrashuvlarda ham qo'llaysizmi?

- Bugun g'alaba qozonish muhim edi. Men hech qanday o'zgacha uslub yo'q. Vaziyatdan kelib chiqib ish tutamiz. Bugungi uchrashuvdagi uch ochkoning qiymati oltinga teng edi. Futbol o'ynashda davom etdik xolos. Biz ayrim bir jihatlarda o'zgarish qildik. Raqibni ham o'rganib chiqqandik. Biz har doim bunday futbol namoyish etmaymiz. Bugun raqibni ko'p jihatlarga enga oldik. Uzun paslar va tezlik. Agar men oddiy futbol muxlisi bo'lganimda, bugungi bahsni yana bir marotaba tomosha qilgan bo'lar edim. "Andijon" jamoasi ham juda kuchli va yaxshi shakillangan.

- "Bunyodkor" jamoasi ikkinchi davraga qanday tayyorgarlik ko'rgani haqida gapirib o'tsangiz? Yozgi tanaffusda jamoa haqida ko'p malumot bo'lgani yo'q.

- Yig'inlar ajoyib o'tdi. Yigitlar ham ko'p mehnat qilishdi. Ularga minnatdorman. Futbolchilarim jismoniy holatini ancha yaxshilab oldi.

- Aynan bugungi uchrashuv oldidan. Qandaydir taktik eksperimentlarga qo'l urdingizmi? Aynan "Andijon" jamoasiga qarshi qanday tayyorgarlik ko'rdingizlar?

- "Andijon" jamoasi shakillangan futbol namoyish etishidan xabaringiz bor. Ular bu jabhada chempionatimiz etakchilari degan bo'lardim. Katta o'zgarishlarga qo'l urganimiz yo'q. Yagona o'zgarishlar ikkinchi to'plarga egalik qilish muhim ekanligini aytganim bo'ldi. Ko'p futbolchilarimiz bugun yaxshi o'yin o'tkazishdi. To'pni o'z nazoratimizga olganimizdan so'ng ko'proq vertikal futbol o'ynashni boshladik.

- Birinchi bo'limdan so'ng esa o'zgarishlarga qo'l urdingizmi?

- Dastlabki taymni ham yaxshi o'tkazdik deb ayta olaman. Raqib qanday jamoa ekanligini bilar edi. Maydon o'rtasida biroz imkoniyatni boy berdi. Raqib maydon markazidagi to'plarga ko'proq ega chiqayotgan edi. "Andijon" hujumchilari yarim himoyachilar qisqa paslar orqali o'ynamasligini, qisqa paslar o'rniga uzun paslarni hush ko'rishidan xabarimiz bor edi. "Andijon" hujumchilari juda tezkor va bu ularning kuchli jihati. Ikki himoyachimiz juda stabil o'yin namoyish etishdi va o'z vaqtida hujumga ham yordam berishdi. Bugun raqib darvozasi oldida ko'p vaziyatlar yarata oldik.

- "Bunyodkor" jamoasi yozgi transfer oynasida ancha akti bo'ldi. Olimpiya terma jamoasida safida to'p tepadigan va Olimpiya o'yinlarida ishtirok etgan o'yinchilarni o'z safiga qo'shib oldi. Ushbu futbolchilar jamoani kuchaytira olishi shubhasiz. Biroq jamoaning eng katta iqtidorlaridan biri Mahmud Mahamadjonov "Paxtakor" safiga o'tib ketdi. Bunga nima sabab bo'ldi? Mahamadjonov jamoangizning eng muhim o'yinchilaridan biri edi.

- Bu Mahmudning shaxsiy qarori edi. Men uni jamoada qolishini istayotgandim. U juda muhim futbolchiligi aniq edi. Futbolchi o'zi jamoada qolishni istamasa, uni majburlab ushlab turishdan mano yo'q. Mahmudga omad tilayman. Bu savolingizni futbolchining o'ziga ham berib ko'ring. U ham shu javobni aytadi.

- Jamoa qishda xarid qilgan ikki nafar legioneri Zelkovich va Yovichlar bilan shartnomani bekor qildi. SHuningdek, jamoaga Luis Kachchori, Itsuki Urata, Andriya Filippovich kabi yangi legionerlar qo'shildi. Yozda xarid qilingan uch nafar horijlik futbolchining qishda xarid qilingan legionerlardan nima farqi bor? Balki yangi legionerlar ulardan kuchliroqdir? Masalan tezlik yoki jismoniy holati bo'yicha? Yovich va Zelkovich jamoadan ketishi va ularning o'rniga yangi legionerlar kelishining sababi nimada?

- Bizning klubda selekciya ishlari bilan shug'ullanadigan insonlar bor. Men shtabim bilan bizga qaysi poziciyadagi o'yinchilar kerakligini aytaman. Ular esa bizga variantlarni taklif qilishadi. Yangi legionerlarimiz bugun yaxshi o'ynashdi. "Bunyodkor"da selekciya ishlari bilan band bo'ladigan insonlardan bu haqda so'rasangiz to'g'riroq bo'ladiy- Bizning klubda selekciya ishlari bilan shug'ullanadigan insonlar bor. Men shtabim bilan bizga qaysi poziciyadagi o'yinchilar kerakligini aytaman. Ular esa bizga variantlarni taklif qilishadi. Yangi legionerlarimiz bugun yaxshi o'ynashdi. "Bunyodkor"da selekciya ishlari bilan band bo'ladigan insonlardan bu haqda so'rasangiz to'g'riroq bo'ladi.

- Birinchi bo'lim so'ngida "bolboy" yani to'pni berib turuvchi yigitchalarning biri "Andijon" futbolchisiga to'pni tezkorlik bilan etkazganida, siz va jamoaga masul yana bir shaxs "bolboy"ga baqirdingizlar. Bu juda xunuk holat edi. To'g'ri, futbol juda emocional o'yin ammo yosh bolakayga bunday baqirish juda noto'g'ri deb o'ylayman. Bahs so'ngida ushbu bolakaydan uzr so'raganingizni ham ko'rdim. Ro'y bergan noxush holatga izoh bersangiz?

- Birinchi navbatda ushbu yigitchadan kechirim so'radik. Gapingiz to'g'ri, bu chiroyli holat emas. Futbol bu hissiyotlarga to'la sport turi. Yosh yigitchaga futbolchilar dastxati tushirilgan futbolkani sovg'a qilamiz.






Reyting:    

Fikrlar

   
12 avg 01:31:43
Rasul Matkarimov
Zamon tobora ozgarib bormoqda...Oldinlari urishardi sokishardi Baqirishardi xechkim indamasdi zato osha bolalar ulgaydi bosar tusarni biladigan boldi tartibli intizomli biroz dadil sal narsaga etibor bermaydigan bolid...Xozirda esa urma sokma Baqirma savol tuguladi balkim xozirgi yoshlarning kattalarga bolgan xurmatsizligiga Tarbiyasi buzuqligiga Telefondan boshini kotarmasligiga ozimiz sababchidirmiz sal narsa bolsa voy bolamga baqirdi urdi sokdi Kasalandi dohtirga borish kerak deb...Tugri xarkimni xam.bolasi shirin lekin vaqt otib osha bolalar ota onasini xurmat qilmay qoyapduda sal. Narsaga arazlab yurishibdi
   
12 avg 01:31:33
Rasul Matkarimov
Zamon tobora ozgarib bormoqda...Oldinlari urishardi sokishardi Baqirishardi xechkim indamasdi zato osha bolalar ulgaydi bosar tusarni biladigan boldi tartibli intizomli biroz dadil sal narsaga etibor bermaydigan bolid...Xozirda esa urma sokma Baqirma savol tuguladi balkim xozirgi yoshlarning kattalarga bolgan xurmatsizligiga Tarbiyasi buzuqligiga Telefondan boshini kotarmasligiga ozimiz sababchidirmiz sal narsa bolsa voy bolamga baqirdi urdi sokdi Kasalandi dohtirga borish kerak deb...Tugri xarkimni xam.bolasi shirin lekin vaqt otib osha bolalar ota onasini xurmat qilmay qoyapduda sal. Narsaga arazlab yurishibdi
   
12 avg 01:30:24
Rasul Matkarimov
Zamon tobora ozgarib bormoqda...Oldinlari urishardi sokishardi Baqirishardi xechkim indamasdi zato osha bolalar ulgaydi bosar tusarni biladigan boldi tartibli intizomli biroz dadil sal narsaga etibor bermaydigan bolid...Xozirda esa urma sokma Baqirma savol tuguladi balkim xozirgi yoshlarning kattalarga bolgan xurmatsizligiga Tarbiyasi buzuqligiga Telefondan boshini kotarmasligiga ozimiz sababchidirmiz sal narsa bolsa voy bolamga baqirdi urdi sokdi Kasalandi dohtirga borish kerak deb...Tugri xarkimni xam.bolasi shirin lekin vaqt otib osha bolalar ota onasini xurmat qilmay qoyapduda sal. Narsaga arazlab yurishibdi
-1   
12 avg 00:15:21
Ibrohimov&UTD
Ilyosbek nega baqirasan birovning bolasiga?
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика