So’nggi yangiliklar

13:22“Рома” Мадрид клуби ўйинчисини қишда ўзига жалб қилмоқчи  0 13:02TVCOM'да бугунги тақвим: OCTAGON 83 жанглари ва бошқалар  0 12:43Норчаев Германияда операция қилинди. У қачон сафга қайтади?  1 12:11МЮ ва "Ньюкасл" португалиялик ярим ҳимоячи учун кураш олиб боради  1 11:38"Ман Сити" хавбеки Эчеверри бошқа клубларга ҳам қизиқ. "Байер"даги ижара ўйин амалиёти етишмаслиги сабабли бекор қилиниши мумкин  0 11:26"Ғазалкент" футбол клуби қайтди   1 11:14Тер Штеген қишда "Барса"ни тарк этишни режалаштирмаяпти. Нега?  0 10:49А Серия президенти: "Милан" — "Комо" учрашуви Австралияда ўтказилади  1 10:32U-22 Осиё чемпионати-2013. Антирекордчи Ўзбекистон, голни нишонлашда жароҳатланган мураббий ҳамда чилим чекиш туфайли шифокорсиз қолган жамоа тўғрисида ҳикоя қиламиз   3 09:52Дания терма жамоасининг собиқ бош мураббийи Оге Харейде вафот этди  0 09:00Каррагер: "Салахнинг хатти-ҳаракати ҳақиқий шармандалик эди"  5 08:37Ўзбекистон U-17 терма жамоаси сардори "Нефтчи"га ўтди  11 08:00Бруну Фернандеш: "Менда иккита яхши таклиф бор эди"  3 07:30Невеш АПЛга қайтиши мумкин  1 06:36Мундиал тарихи. Пора эвазига иштирокчи бўлган чемпион, Фаластин номидан қатнашган Исроил ҳамда фашизм тарғиботига айланган турнир ҳақида ҳикоя қиламиз  2

Ilyos Zeytullaev: “Bizga hozir eng muhimi natija” Yangiliklar

Ilyos Zeytullaev: “Bizga hozir eng muhimi natija”

Superliganing 19-turidan o'rin olgan "Surxon" - "Bunyodkor" (0:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Ilyos Zeytullaev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Bugungi o'yin biz uchun og'ir o'tishini bilardik. Ayni damda turnir jadvalidagi holat bo'yicha ruhiy bosim jamoamizga o'z tasirini ko'rsatmasdan qolmayapti. Biz buni tushunib turibmiz. 

Bugungi uchrashuvda raqibga bo'sh xududlarni qoldirmaslik uchun harakat qildik. Yigitlar yurakdan o'ynashdi, biz biz jamoamiz. Kimdir asosiy tarkibda tushadi, yana kim zaxirada qolgan, yoki Toshkentda, umumiy bir jamoamiz. “Bunyodkor” jadvalda quyi pog'onalarda borayotganiga qaramasdan bugun juda yaxshi o'ynadi. Albatta, biz, murabbiylar shtabi bundan juda xursandmiz.

- “Bunyodkor” ketma-ket 2 ta safar uchrashuvida g'alabaga erishdi. Jamoani qiyin vaziyatda o'yinlarga qanday tayyorlayapsiz?

- Bizning oldimizdagi muhim vazifa g'alaba va turnir jadvalidagi o'rnimizni yaxshilash. Har bir o'yin oxirgi imkoniyat bo'lib qolishi ham mumkin. Natijalar juda qiyin qo'lga kiritilayapti. Yigitlar bilan jiddiy ishlayapmiz. G'alabalar ketma-ketligi biz uchun muhim edi. Kemani hamma birgalikda tortishi kerak, bunda jamoaviylik juda muhim.

- Jamoani Superligada saqlab qolish vazifasi qo'yilganidan kelib chiqib, o'yin uslublarini tanlayapsizmi?

- Murabbiylar shtabi bilan futbolchilarda kurashuvchan xarakterni shakllantirishni maqsad qilganmiz. Qaysi jamoa bilan o'ynasak, o'sha jamoa o'yiniga qarshi tura oladigan uslubni tanlay olishimiz kerak. Misol uchun, “Surxon” va “So'g'diyona” birinchi davraning eng chiroyli o'yin ko'rsatgan jamoalardan edi. Bugungi o'yinda ham qiyin bo'lishini bilardik. Jarayondan kelib chiqib, bazan hujumga o'tdik, bazida himoyalandik va omadimizni qarshi hujumlardan izladik. Natija qoladi, hozir bu biz uchun juda muhim.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика