So’nggi yangiliklar

01:16Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бавария"дан 10та гол қабул қилган "Окленд Сити" "Бенфика" билан ўйинда ҳам кўп гол ўтказиб юборди  0 01:05Клублар ўртасидаги ЖЧ. Жексон туғилган кунида 4 дақиқадаёқ қизил карточка олган ўйинда "Челси" мағлубиятга учради  7 00:58Асрор Алиқулов: "Айрим футболчиларимиз Суперлига даражасига тайёр эмас"  0 00:38Виртц бу рейтингда учинчи бўлди  0 00:08Рўзиқул Бердиев: "Ёзда камида 2-3 футболчини олиб келамиз"  1 23:49Виталий Левченко: "Бухоро" ўзига муносиб бўлмаган жойда"  10 23:28Расман: "Ливерпуль" Виртцни 136 млн эвазига сотиб олди  8 23:12"Бухоро" ёрдамчи мураббийи: "Ҳакам нега футболчиларимизни сўкади? Ҳакамнинг "Нефтчи"га ёрдам бериши шарт эмасди"  11 22:47ПСЖ "Борнмут"га 55 млн таклиф қилди ва рад жавобини олди  0 22:25Саудия Арабистони клублари Фермин Лопесга қизиқиш билдирмоқда. "Бавария" ҳам футболчини ўз сафида кўрмоқчи  3 22:00Суперлига. "Нефтчи" "Бухоро" устидан қийин ғалабага эришди  35 22:00Суперлига. Ғузорда кечган воҳа дербисида "Насаф" "Машъал"дан устун келди  49 21:25"Ливерпуль" ва "Кристал Пэлас" ўртасидаги Суперкубок ўйини қачон ўтказилиши аниқ  4 21:06Онанага харидор чиқди. МЮ дарвозабонга ўринбосар топиб қўйган  1 20:45"Вулверхэмптон" 25 миллион евролик трансферни амалга оширди  0

Ilyos Xayrov darvozabon rolida Yangiliklar

Ilyos Xayrov darvozabon rolida

Millionlar o'yini bo'lmish futbolda bir qator qiziqarli xolatlar uchrab turadi.
Bazida darvozabonlar kutilmaganda hakam tomonidan qizil kartochkaga loyiq topilib, jamoasini qiyin ahvolga solib qo'yadi. Ayniqsa bu zaxiradan tushishi mumkin bo'lgan uch nafar futbolchi almashtirib bo'linganidan so'ng, sodir bo'lsa boshqa ampluadagi o'yinchi qo'lqoplarni kiyishga majbur bo'ladi.

Bunday xolat birinchi ligada oxirgi paytlarda tez-tez uchrab turibdi. Aniqrog'i bu borada “Xorazm” peshqadamlikni qo'lga olgan. Gap shundaki, mazkur haftada urganchliklar vodiyga safar uyushtirdi. 5-turda “UzDongJu” bilan o'yinda qaydnomaga atiga bir nafar darvozabon kiritilgandi. CHunki jamoaning asosiy posboni G'ayrat O'daev “Qo'qon-1912”ga qarshi kechgan bahsda maydondan chetlatilishi bilan birga 4ta bahsga diskvalifikaciya ham qilingandi. Garchi shunday bo'lsada, “Xorazm”da bilishimizcha yana ikki nafar darvozabon bor. Lekin rahbariyat birgina posbon Ravshan Jumaniyozovni vodiy safariga jo'natgan ekan.

Bu esa o'z navbatida ularga qimmatga tushdi. Boisi “UzDongJu” bilan bahsning ikkinchi bo'lim oxirlarida Jumaniyozov to'pni jarima maydoni tashqarisida qo'li bilan qaytargani uchun bosh hakam Anatoliy Rubakov tomonidan chetlatildi. Bu paytga kelib himoyachi Jasur Otajonov undan libosni qabul qilib, qo'lqoplarni kiydida, shartta o'zi darvozabon vazifasini bajardi. Aytish mumkinki, Otajonov ayrim vaziyatlarda jamoasi joniga aro kirdi. Faqat 89-daqiqaga kelib, Jasur o'z darvozasidan penaltidan to'p o'tkazib yubordi.

Urganchliklarning keyingi turdagi o'yini ham vodiyda bo'lib, Uychining “Xotira-79” maydoniga safar uyushtirar edi. Ushbu o'yinga darvozabonsiz borgan “Xorazm” ushbu muammoni yarim himoyachi Ilyos Xayrov evaziga bartaraf etdi. Muxlislarga “Buxoro”, “Guliston” kabi jamoalardagi faoliyati orqali yaxshi tanish bo'lgan Xayrov “Xotira-79”ga qarshi kechgan bahsda darvozabon sifatida ham bemalol o'ynay olishini isbotladi. Aytishlaricha yaqinda farzandlik bo'lgan Ilyos aslida “UzDongJu” bilan o'yinga kelgan tarkibda yo'q edi. Keyinchalik uni Uychi jamoasiga qarshi uchrashuvga taklif etishgan va zudlik bilan futbolchi vodiyga etib kelgan.
Butun o'yin davomida posbon sifatida ham o'zini ko'rsata olgan Xayrov uchrashuvning so'nggi daqiqalari o'tib borayotganida, o'z darvozasidan 2ta to'p o'tkazib yubordi va “Xorazm” yakunda tayyor g'alabani qo'ldan chiqardi, 3:3.
Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика