So’nggi yangiliklar

19:28Ислом Исмоилов: "Италия — нафақат Европанинг, балки мундиалнинг энг кучли жамоаларидан бири"  0 19:10Ўзбекистоннинг италиялик таҳлилчиси Каннавародан таклиф, "Squadra Azzurra"нинг муваффақиятсизлиги ҳамда U-17 жаҳон чемпионати нимчорак финали ҳақида гапирди  0 18:48AS: Зидан ёзда Франция терма жамоасини бошқаради   0 18:27Конате "Ливерпуль" билан янги шартномаси ҳақида: "Бу мураккаб жараён, биз ҳамма нарсани айта олмаймиз"  1 18:00U-19 чемпионати. "Пахтакор" "Насаф"ни 3 та тўп фарқи билан мағлуб этиб, чемпионликни тантана қилди  19 17:04"Милан" "Реал" дарвозабонига эътибор қаратди  0 16:29"Бухоро" – "Нефтчи" учрашувидаги четлатиш тўғри қарорми? Суперлиганинг 28-туридаги ҳакамлик таҳлили  3 16:07"Барселона" ёзда "Боруссия Д" ҳимоячиси билан шартнома имзолашга ҳаракат қилади  0 15:40Меҳди Ҳошимнажот: "Кўпчилик Миср финалга чиқади деб ўйлаганди"  9 15:13Суперлига. 29-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  9 14:53Меҳди Моҳеби: "Умид қиламанки, CAFA турниридаги ҳолат такрорланмайди"  4 14:36Вирц ёзда "Реал"га ўтадими?  5 14:08Парротт Ирландия терма жамоасининг ноёб ўйинчисига айланди  3 13:39U-19 чемпионати. "Машъал" "Бунёдкор"ни мағлуб этиб, 3-ўринни қўлга киритди  1 13:21Ўруновнинг клубдоши: "Эрон бошқа жамоа, ука"  28

Ilyos Qurbonov: "Surxon" va "Nasaf"ga qarshi faqatgina g'alaba uchun o'ynaymiz" Yangiliklar

Ilyos Qurbonov: "Surxon" va "Nasaf"ga qarshi faqatgina g'alaba uchun o'ynaymiz"

Superliganing 24-turi doirasida "Bunyodkor" maydonidagi durangdan keyin "Metallurg" yordamchi murabbiyi Ilyos Qurbonov matbuot anjumanida qatnashdi.

- "Bunyodkor"ni bilardik, yaxshi jamoa. Ayniqsa ikkinchi davrada murabbiyning imzosi ko'rindi, ular qarshi hujumda yaxshi o'ynashmoqda. Tezkor futbolchilari bor. SHu sababli yigitlardan diqqatliroq bo'lishni talab qildik. Baribir diqqatni biroz yo'qotdik va qarshi hujumda gol o'tkazib yubordik. Qo'rqqan jihatimizdan gol o'tib ketdi. Keyin yigitlar o'zlariga kelib olishdi. Ikkinchi bo'lim oldidan yigitlarga kerakli ko'rsatmalarni berdik va yaxshiroq o'yin namoyish qildik. Yaxshi vaziyatlarga ega bo'ldik, lekin g'alaba qozonish uchun ko'proq gol urish kerak edi. Bitta gol esa kamlik qildi. Afsus, durang o'ynadik, maqsad uch ochko edi. Duranglar bo'yicha rekord qo'yyapmiz. Lekin o'yin bo'yicha yigitlarga rahmat, borlarini berishdi, tartibli o'ynashdi. Faqatgina qaerdadir omad, qaerdadir sovuqqonlik etishmadi.

- O'tgan turda Olmaliqdagi o'yinda Balsa Sekulich bilan Asadbek Sobirjonov qaydnomaga kiritilmadi. Bugun Sekulichni o'yinda ko'rdik, biroq Sobirjonov o'yinda ko'rinish bermadi. U hali ham jarohatdami?

- Sekulich jarohatidan tiklanib, "Bunyodkor" bilan o'yindan oldin jamoa bilan shug'ullandi. Asad esa hali to'liq tiklangani yo'q. Keyingi o'yingacha u umumiy guruhda shug'ullanishni boshlaydi.

- Bugun "Metallurg"ga uch ochko kerak edi. Biroq jamoa bugun durang o'ynadi. SHu orqali "Lokomotiv" bilan farq to'rt ochkoga etdi. Jamoa ligada qolishi uchun bir g'alaba va bir durang qayd etishi kerak bo'ladi. Jamoaning ligada qolish imkoniyatlarini qanday baholaysiz?

- Bizda ikkinchi davradagi barcha o'yinlar final kabi o'tmoqda. Har bir o'yinga uch ochko uchun chiqyapmiz. Ochkolar esa oltinga teng.  Kurash oxirigacha bo'ladi. O'ylaymanki, oldimizga qo'yilgan vazifani bajarishga kuchimiz etadi. Etibor bergan bo'lsangiz, biz raqiblardan kuchsiz o'yin ko'rsatganimiz yo'q. Bu bizning o'rnimiz emas. Aslida biz tartib borasida hech kimdan ortda qolmadik. Birinchi davrada "Olimpik" bilan o'yinda to'rtta gol o'tkazib yubordik, qolgan o'yinlarda faqatgina bitta gol farqi evaziga mag'lub bo'ldik. Tepadagi jamoalardan: OKMK, "Navbahor", "Nasaf", "Paxtakor", "So'g'diyona"dan ham ochko oldik. Aytyapman-ku, bizga qaerdadir omad, sovuqqonlik etishmayapti, bazi narsalar esa ruhiy holat bilan bog'liq bo'lmoqda. Baribir so'nggi o'rindagi jamoa futbolchisi xato qilishdan qo'rqadi. Hali hammasi oldinda, oxirigacha kurashamiz.

- Keyingi ikki o'yin haqida fikringizni bildirsangiz. Jamoangiz "Surxon" va "Nasaf" bilan o'yinlarda 6 ochko qo'lga kiritishiga ishonasizmi?

- So'nggi ikki turda 6 ochko olishimizga ishonaman. Biz faqatgina uch ochko uchun o'ynaymiz. Ha, "Surxon" chempionatimizda chiroyli o'yin ko'rsatmoqda. "Nasaf" esa chempion, ularda birinchi yoki ikkinchi tarkib yo'q. CHempion, OCHLda o'ynayotgan jamoada ikkita bir xil tarkib bo'lishiga ishonaman. Birinchimi yoki ikkinchi tarkibimi, qiyin o'yin bo'lishi aniq. Ularga qarshi faqatgina g'alaba uchun o'ynaymiz, xatto durang ham bizni qoniqtirmaydi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика