So’nggi yangiliklar

12:23U-23 Осиё Кубоги: юришимиз Ливандан бошланади. Рақиб ҳақида нималарни биламиз?   0 12:22"Ювентус"нинг мағлубиятсиз серияси 6 та ўйинга етди – 5 та ғалаба ва бир дуранг  0 11:54Месси Майамидаги ҳаёти ҳақида: "Бу ерда анча хотиржам яшаяпман. Одамлар футболга катта аҳамият беришмайди"  0 11:31"Ман Сити" 20 ёшли марказий ҳимоячисини Бундеслига жамоасига ижарага берди  0 10:48Лионель Месси келажакда ўзини мураббий сифатида кўриш-кўрмаслиги ҳақидаги саволга жавоб берди  1 10:20МЮни бошқариш учун асосий даъвогар маълум  6 09:53"Андижон" Туркияга йўл олди. Йиғинга йўл олган таркиб билан танишинг  10 09:26Расман. "Бунёдкор" янги мавсум олдидан илк трансферини эълон қилди  1 09:00He Were Go. "Манчестер Сити" қишдаги илк транферини амалга оширди  1 08:32Африка Миллатлар Кубоги. Чорак финал жуфтликлари маълум  2 08:05"Сабаҳ" Раҳмоналиевни қанчага сотиб олгани маълум  2 07:37U-23 Осиё кубоги. Бугун Олимпия терма жамоамиз ўз юришини бошлайди  6 04:06Хуан Гарсия "Барселона"даги илк совринини Жиддада ютмоқчи  2 03:46Иньяки Уильямс ва Вальверде "Барселона" билан ўйиндан олдин нима деди?  4 02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1

Ilyos Qurbonov: "Jamoaga yangi o'yinchilar olinadi" Yangiliklar

Ilyos Qurbonov: "Jamoaga yangi o'yinchilar olinadi"

Superliga 5-tur doirasidagi "Metallurg" - "Olimpik" (1:4) o'yinidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Ilyos Qurbonov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

— Birinchi davraning so'nggi va shu sabab yigitlarda charchoq bor. "Nasaf" bilan bahsdan so'ng tiklana olmadik.

Tezkor gollar rejalarimizni buzib yubordi. Tan olish kerak, raqib bugun har jabhada ustun edi. Bizda ham vaziyatlar bo'ldi, ammo oldin aytganimdek, bizga so'nggi nuqtani qo'yadigan hujumchi etishmaydi. Uch metrdan urish kerak bo'lgan vaziyat ham bo'ldi. Ehtimol vaziyatlardan foydalanganimizda hisob boshqacha bo'lishi mumkin edi.



— "Metallurg" "Nasaf"ga qarshi o'yinda mudofaada juda yaxshi o'ynagandi. Bugungi o'yinda himoyada bo'lgan parokandalikning sababi nimada?

— "Surxon" va "Nasaf"ga qarshi bahslarda himoyada o'ynagan holda, qarshi hujumga chiqishni reja qilgandik va bu rejamiz ish berdi. Bugun uch ochkoni mo'ljallangan holda yuqoriroq o'ynashni maqsad qilgandik. Ammo, rejamiz amalga oshmadi. Tiklanish yo'q, charchoq bor va yigitlar koncentraciyani yo'qotishmoqda.

— "Metallurg" o'z tarixida birinchi davrani g'alabasiz yakunlamagan ekan. Murabbiylar shtabi va rahbariyatning mavsumning qolgan qismiga rejalari qanday?

— Ikkinchi davraga variantlar bor, ammo to'liq aniqlab olganimiz yo'q. O'ylashimcha, jamoaga yangi o'yinchilar olinadi. Hozirda barcha etiborimizni so'nggi uchta tur va Kubogi doiraidagi "Surxon" bilan bahsga qaratganmiz. SHundan so'ng nimadir deyishimiz mumkin.




Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика