So’nggi yangiliklar

08:58Маркус Рэшфорд қайси жамоага ўтиш нияти борлиги айтилди  0 08:29«Реал» Алонсо учун «Байер»га қанча товон пули тўлаши маълум бўлди  0 08:00Мавсум якунида Ла Лигадан тушиб кетадиган илк клуб аниқ  0 07:31Саудия Арабистони чемпионати. Шукуров жамоаси сўнгги дақиқаларда мағлубиятдан қутулиб қолди  2 02:33ЛаЛига. "Атлетико" ва "Бетис"дан йирик ғалабалар  0 01:58"Милан"нинг Италия Кубоги финалидаги рақиби аниқ бўлди  2 01:00Паслар даҳоси: Хавининг Эл-Класикодаги энг яхши 5 ўйини  9 00:39Райан Гиггз Роналдунинг МЮдаги илк йилларини эслади  12 00:11Бернарду Силва: "У "Манчестер Сити" тарихидаги энг яхши футболчи"  2 23:47"Реал" Винисиуснинг ўрнига футболчи топиб қўйган  6 23:18ЛаЛиганинг апрель ойидаги энг яхши футболчиси маълум қилинди  2 22:53"Бухоро" — "Машъал" учрашуви қаерда бўлади?  6 22:35"Арал" Про-лигада ўз майдонида сўнгги марта қачон мағлуб бўлганди?  0 22:04"Олимпик" илк ғалабасини Қорақалпоғистонда қайд этган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 21:46Винисиус Роналду каби маош олишни истамоқда  20

Ilxom Xanjariev: "Jamoamiz chempionlik uchun kurashishga tayyor" Yangiliklar

Ilxom Xanjariev: "Jamoamiz chempionlik uchun kurashishga tayyor"

Ertaga O'zbekiston U20 ayollar terma jamoasi Dushanbe shahri mezbonlik qiladigan CAFA U20 Women’s Championship 2021 xalqaro turniridagi o'z ishtirokini boshlaydi.

Bugun Dushanbedagi “Respublika markaziy stadioni” anjumanlar zalida o'yin oldi matbuot anjumani bo'lib o'tdi. Unda jamoamiz bosh murabbiyi Ilxom Xanjariev va jamoa sardori Tojiniso Rashidova ishtirok etdi.

– Avvalambor, Tojikistonda bunday musobaqani tashkil qilinayotgani uchun Markaziy Osiyo utbol associaciyasiga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Toshkent va Dushanbe birodar shaharlar hisoblanadi va shu sababli ham, barchamizga shahar juda yoqdi.

Jamoaning tayyorgarligiga kelsak, bu erga kelishdan avval Toshkentda bir haftalik o'quv-mashg'ulot yig'ini o'tkazdik. Bundan tashqari, mart oyidagi ham yig'in tashkil etilgan edi. SHuningdek, O'zbekiston ayollar chempionati qizg'in pallada. Birinchi davra yakunlandi va barcha qizlar mazkur musobaqada o'z klubi safida optimal formada to'p surmoqda.

Dushanbega parvoz bilan bog'liq muammolar bo'lmadi, biz tezda uchib keldik. Tojikiston futbol federaciyasi bizni iliq kutib oldi, umuman olganda hammasi yaxshi.

Biz bu erga shunchaki tarkibni shakllantirib olish yoki Osiyo Kubogining saralash o'yinlariga tayyorgarlik ko'rish uchun emas, balki o'z oldimizga qo'ygan vazifamiz – g'alaba qozonish uchun keldik.

Eron terma jamoasi bizning asosiy raqibimiz emas, bu turnirdagi barcha jamoalar biz uchun jiddiy qarshilik ko'rsata oladi. Pandemiya hammaga tasir qildi. Ammo o'tgan yili ham mahalliy chempionatni o'tkazdik. Bu yil pandemiya bizga ham tasir qildi, lekin 2020 yildagidek darajada emas va jamoa optimal hozir formada.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика