So’nggi yangiliklar

14:01Игорь Сергеев: "Йиғлаб юборишимга бир бахя қолди"  0 13:27Сане "Бавария"ни тарк этишга қарор қилди. Вингер "Галатасарой"га ўтишга яқин  0 13:15"Манчестер Сити" 70 млн. еврога ярим ҳимоячи сотиб олди  1 12:56"Пахтакор" ва ўзбек футболи афсоналаридан бири Аҳрол Иноятов 80 ёшда  1 12:43Коларов Кивунинг "Интер"даги штабига киради. У Сербия ёшлар терма жамоасини бошқараётган эди  0 11:41Аллегри "Милан" Адриен Рабьо билан шартнома имзолашини хоҳлайди  0 11:10ЖЧ-2026 саралаши. Анчелотти Бразилияни Жаҳон чемпионатига олиб чиқди  2 11:00Пролига. Бугун 9-турга старт берилади  0 10:38Марк-Андре тер Штеген фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  4 10:11Италия термасини бошқаришга асосий номзод маълум  5 09:45Клоппнинг икки нафар собиқ ёрдамчилари “Манчестер Сити“ билан шартнома имзолади  3 09:18He we go! “Ливерпуль“ ёзнинг энг катта трансферини ҳал қилди  5 08:51Клаудио Раньери қарорини маълум қилди  2 08:23Суперлига. 12-тур ҳакамлари маълум  2 07:55Расман: Жоб Беллингем — “Боруссия Д“ футболчиси  2

Iltimos, hech bo'lmasa PFL o'zgarsin! Yangiliklar

Iltimos, hech bo'lmasa PFL o'zgarsin!

Teglar :  PFLO'FF
Hozir har xil gap-so'zlar yuribdi, u bo'larkan, bu ketarkan, yana allakim kelarkan.

Barcha voqealar yopiq bo'layotgani uchun ham hamma o'zi topgan axborot bilan o'rtoqlashyapti. Tabiiyki bizda ham, boshqada ham xato bo'lishi mumkin, lekin OAV imkoniyatidan kelib chiqib ishlayapti. Barchasi sir. Hech kim chiqish qilib o'z nomzodini ilgari surmayapti, menga O'FF o'tsa u qilaman, menga PFL o'tsa bu qilaman deyish yo'q.

Matbuotdan barchasi sir tutilmoqda. Katta ehtimol bilan O'FF tarkibida global o'zgarishlar bo'lmaydi. Ammo aksar xodimlarga chiqish eshiklari ko'rsatiladi. Birinchilardan bo'lib SHerzod Igamberdiev, ha bu o'sha "mashhur" shaxs. Yana marketing tomonidan o'zgarishlar bo'lishi kutilayapti. Tizimni tubdan islohot qilish borasida esa hozircha dastur mavjud emas. Uning ustida yangi ishchi guruhi tuzilgach ish olib boriladi. Bu bir tomondan to'g'ri.

O'FFning vazifasi nima? O'FF avvalo pul topishi kerak, demak bizga pul topa oladigan kishi kerak. Bunday insonlar bizda ko'p. O'FF qoshidagi terma jamoalarga javobgar bo'lim yaxshi-yaxshi o'yinlar tashkil qilishi uchun pul kerak. Pul bor, o'yin bor, lekin murabbiylarimiz qo'rqoq! Bizda so'nggi yillarda ko'plab kuchli jamoalarga qarshi o'yinlar topildi, lekin qo'rqoqlik qilishdi. Buni vaqtida aytishmadi, agar O'FF har bir qadamini OAV orqali yoritib borganida bugunga kelib bunchalik tosh otishlar ostida qolmasdi. Ishlaganini ko'rsata olmadi bu tashkilot. Barchasini OAV va muxlislardan yashirib yuraverdi. Natijasida ular barchaning ko'z o'ngida ishyoqmas dangasalar qatoriga kirdi qoldi. U erdagi ishni to'g'rilash osonroq, PFLga qaraganda. Mana endi maqolaning asl mavzusiga kelamiz.

Bugun oliy liganing 21-turida ishlaydigan "brigada" elon qilindi. "Bunyodkor" - "Neftchi" uchrashuvida O'zPFL vakili sifatida Farhod Magometov ishlarkan. Farhod aka! Men Sizni inson sifatida hurmat qilaman, to'g'risi. PFLda juda ko'plarga oylik bilan muammo bo'lsa insoniylik jihatidan yordam bergansiz, talabalarni o'qish pulini to'lab bergan paytingizni ham eshitganman. Lekin Siz va Siz tomondan yig'ilgan PFLdagi ishchi guruh futbolimizni inqirozga yuz tutishida o'zining "salmoqli" hissalarini qo'shib qo'yganliklarini bilmay qoldingiz.



Sport bo'limidagi qing'ir ishlarni necha marotaba yozdik-ki, Siz ularni ishdan olishni o'ylab ham ko'rmadingiz. Balki ko'ngilchanlik qildingiz, shuning uchun Sizdan iltimos qilib qolardik-ki, PFLga zamonaviy fikrlaydigan mutaxassisga yo'l ochib bering. Payti keldi, ishonavering. Qani o'sha mutaxassis, kim bor deydiganlar yo'q emas oramizda. To'g'ri, hozir yo'q. Lekin 2 yil ichida bugun tayinlanadigan yangi rahbar to'g'ri metodikadan foydalansa albatta uchinchi yilga kelib o'z mevasini bera boshlaydi. Bugungi PFLga 8 yildan oshdiki, ortga ketsa ketdi, oldinga siljish bo'lmadi.

Fikr qoldirayotganda hissiyotga berilmasligingizni so'raymiz. Har bir ishni tinchlik yo'li bilan, chiroyligina hal qilsa bo'ladi. Qolaversa, Farhod aka futbol rivoji yo'lida o'z hissasini qo'shishni istaydigan kishilardan biri.

Nega, PFL? Futbolchi bo'lmasa bizning MTJ sariq chaqaga ham arzimaydigan holatga kelib qoldi. Birgina o'zgarish bilan hammani halol ishlatib qo'ya olmaysiz. Vaqt kerak bo'ladi. 2 yil ichida ish to'g'ri yo'lga qo'yib borilsa, albatta 2026 yilgi JCHga chiqamiz. 2022 deysizmi? Qosimov paytidayoq yozganman, hech kim etibor qilmagan biz JCH-2018ga ham chiqa olmaymiz deb. Kim bilan chiqasiz, shu savolga javob topib ko'ring. JCH-2022da etilishi kerak bo'lgan qaysi o'smirlar yoki yoshlar terma jamoasidagi istedodni ko'rsata olasiz, hech qaysi. SHuning uchun bizda sabr qilishdan va mehnat qilishdan boshqa chora yo'q.

Yangi keladigan rahbariyat xorijdan mutaxassis olib kelib unga ishni topshirib qo'ysa ham bo'lmaydi. Bizdagi iqtisodiyot xorijnikidan farq qilishi mumkin. Nega viloyatlardagi ikkinchi ligalar va bolalar futboli o'rtasidagi musobaqalar yo'q bo'lib ketdi? Bularni barchasini shunchaki poytaxtdan o'tirib emas, joylarga borib o'rganish kerak. Muammoning ildizini o'rganib unga echim berish kerak, mana shunda oldinga siljish bo'ladi. So'nggi 10 yilda katta bo'lgan futbolchilar yana 10-15 yil o'tib faoliyatlarini tugatadilar. Tasavvur qilyapsizmi, biz yana eski tizim asosida bugungi saviyada katta bo'lgan futbolchilar bilan yana kamida 10 yil yurishimiz kerak. Bugun qilinadigan ish mahsuli 10 yil o'tib foyda beradi. Yana 10 yil kutamizmi deyishingiz mumkin. Bundan roppa-rosa besh yillar muqaddam Asqar Tolibjonovga savol bergan edim: "JCH-2014dan quruq qolishga yaqin turibmiz, yaxshi saviyadagi o'rtoqlik o'yinlarini kelasi cikl uchun hozirdan kelishib qo'ysak bo'lmaydimi ertangi kun uchun?"... Savolimga o'zim qoniqmagan javobni olganman. Va ko'rdimki, bu narsa o'z isbotini topdi o'tgan ciklda. Qarang, 5 yil o'tdi-ketdi. O'sha besh yil avval biron-bir loyiha ustida ishlaganimizda, buyog'iga yana 5 yil qolgan bo'lardi. Biz esa har o'tayotgan yilni boy berayapmiz. Keyingi besh yildan so'ng yana afsus chekmasligimiz uchun hozirdanoq keyingi 10 yilni o'ylab ish boshlashimiz kerak.

Ayni paytda Italiyadaman. Bu erda ligalar tuzilmasini o'rgandim. Besh kun davomida bir nechta viloyatda bo'lib jamoalarning ish uslubi bilan tanishdim. Deyarli Evropaning barcha top chempionatlarida bir xil tizim. Istardim-ki, oliy ligadan tashqari bo'lgan jamoalar ham shunday xizmatni olishlari kerak, kichik yoshdagi chempionatlarni rivojlantirish orqali mukammal baza yaratishimiz lozim.

Nodirxo'ja Yuldashev

Reyting: +63   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика