So’nggi yangiliklar

22:03ОКМК назорат ўйинида "Олимпик"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  0 21:35Матс Хуммелс Еврокубокларда ўйнайдиган А Серия клубига ўтиши мумкин  0 20:54"Қизилқум" назорат ўйинида "Локомотив U21"га мағлуб бўлди  0 20:31Расман: Стадиондаги муаммо сабаб "Динамо" — "Навбаҳор" учрашуви қолдирилди  44 20:00Де Хеа фаолиятини А Cерияда давом эттирадими?  0 19:39Ана холос! "Рома" ва "Тоттенхэм" собиқ ҳужумчиси 11 йилдан сўнг фаолиятини тиклашга қарор қилди  4 19:13УEФА Суперкубоги ўйинини ким бошқариши маълум  0 18:49Погбанинг акаси Бельгиянинг учинчи лигасида ўйнайди  4 18:25"Бунёдкор" собиқ бош мураббийи Парижда ўғриликка учради  10 18:01"Шўртан" учта трансферни амалга оширди  3 17:39"Ланс" "Челси" собиқ ҳимоячиси билан битим тузди. У Ҳусановга рақобатчи бўлади  5 17:15Тер Штеген – "Барса"да сардорлик учун асосий номзод  2 16:48"Хоразм" бир қатор футболчиларни сафига қўшиб олди  4 16:28"Манчестер Сити" янги мавсум учун захира либосини тақдим этди  2 15:59ФИФА Олимпиада ўйинларидаги воқеаларни текшириш учун эксперт тайинлади  2

Ilk bor "manzil"ga birinchi bo'lib kelgan "Lokomotiv" Yangiliklar

Ilk bor "manzil"ga birinchi bo'lib kelgan "Lokomotiv"

Toshkentning "Lokomotiv" jamoasi uchun o'tgan yilgi mavsum muvaffaqiyatli o'tdi.


Andrey Miklyaev va Mirko Yelichich tandemi "temiryo'lchilar" tarixidagi eng esda qolarli va ajoyib mavsumni taqdim etib berishdi.

Yelichich jamoa bilan ancha samarador ishladi, katta ko'lamdagi ishlarni bajardi. Andrey Miklyaev esa omma bilan muloqot qilishda ancha faol bo'ldi.
"Lokomotiv" nafaqat chempionlikni, balki mamlakat kubogini ham qo'lga kiritdi va "oltin dubl" qayd etdi.


"Lokomotiv" har tomonlama yaxshi va ajoyib mavsumni o'tkazdi.

"Temiryo'lchilar" o'zlari ishtirok etgan barcha frontda kutilgan natijalarni ko'rsatishdi. CHunki barcha "Lokomotiv"ni ichki chempionatdagi sovrinlarni qo'lga kiritishini kutgandi va bu sodir bo'ldi. Osiyo chempionlar ligasida esa kamida guruhdan chiqish va yaxshi ishtirok kutilgandi. Bu ham amalga oshdi. Faqatgina OCHLda chorak final oxirgi bekat bo'ldi. Ammo OCHLdagi jamoalar saviyasi va darajasidan kelib chiqib aytadigan bo'lsak, "Lokomotiv" uchun chorak final yaxshi natija bo'ldi. Ammo klub bu musobaqada ham maqsadni katta qo'ygandi. Biroq "Al Ayn" bilan bo'lgan qarama-qarshilikda amirliklarning tajriba va mahorati o'z so'zini aytdi.

"Lokomotiv" uchun mavsum ancha og'ir va qiyin o'yinlar orqali boshlangandi. Ular avvaliga o'z uylarida "Al Ittihod" bilan durang o'ynashdi. Saudiyada kechgan javob uchrashuvida ham ushbu jamoalar g'olib nomini aniqlay olishmagandi. Keyinchalik "Loko" ichki chempionatdagi ishtirokini Namanganda "Navbahor"ga qarshi o'tkazdi. Keskin va gollarga boy bo'lgan bellashuvda "Lokomotiv" qiyin g'alabani qo'lga kiritdi. Aynan shu uchrashuvdan keyin jamoaning "ishtihasi" ochilib ketgandi. Namanganda erishilgan g'alabadan so'ng "Loko" bir qator muvaffaqiyatli o'yinlarni o'tkazdi.
Jamoa chiroyli, shiddatkor va tomoshabop futbol ko'rsatish bilan birgalikda, muhimi natijani ham unutib qo'ymadi.

O'tgan yilgi muvaffaqiyatsiz o'tgan mavsumdan so'ng Abramov istefoga chiqarilgach, ko'pchilik jamoaga xorijdan kuchli mutaxassis kelishini kutgandi. Ammo "Lokomotiv" rahbariyati Abramov davrida jamoaning jismoniy tayyorgarligiga javobgar bo'lgan Mirko Yelichichni jamoaga bosh etib tayinladi. Bu qarordan keyin ko'pchilik jamoaning muvaffaqiyat qozonishiga dastavval shubha bilan qaradi. Yelichich esa hech nimaga chalg'imadi va o'z ishi bilan ovora bo'ldi. Garchand jamoaga bosh murabbiy etib tayinlangan bo'lsada Yelichich o'z ishini tashlab qo'ymadi. Yani, Mirko jamoani jismoniy tayyorgarligiga o'zi javobgar bo'ldi va barcha mashg'ulot jarayonini o'zi o'tkazdi. PRO licenziyasi yo'qligi tufayli qog'ozda rasman bosh murabbiy etib yordamchi bo'lgan Andrey Miklyaev ko'rsatildi. Bu ham "Loko"ning foydasiga ishladi. CHunki Mirko Yelichich hech nimadan chalg'imay faqatgina jamoani o'yinlarga tayyorlash bilan band bo'ldi. Bosh murabbiy bilasiz nafaqat jamoaning natijalariga, o'yinlariga, balki o'yindan oldi o'tkaziladigan matbuot anjumani, jurnalistlarning savollariga javob qaytarish va uchrashuvlardan so'ng tashkil etiladigan matbuot anjumanlarida ishtirok etishi shart. Bu ham murabbiylik faoliyatining bir qismi sanaladi. Ammo Mirko Yelichich o'sha PRO licenziyasi yo'qligi sabab bu ishlardan ham ozod bo'ldi. Bu ishni Andrey Miklyaev juda yaxshi darajada uddaladi.
Yelichich o'tgan mavsum davomida nafaqat jismoniy taraflama jamoani yaxshi tayyorlay olishi, balki taktik jihatdan ham ancha malakali murabbiy ekanligini isbotladi. Uni boshchiligida "Lokomotiv" qayd etgan natijalar fikrimizga tasdiq bo'la oladi.
Bu gal "Lokomotiv" klubi bosh murabbiy tanlashda adashmadi. Yelichich va Miklyaev tandemi o'zini oqladi, deb bemalol ayta olamiz.

To'g'ri, "Lokomotiv"ning muvaffaqiyat qozonishiga nafaqat murabbiylar tandemi va malakasi, balki kuchli futbolchilar, ijrochilarning mahorati ham katta rol o'ynadi. "Lokomotiv" mavsum oldidan qo'l urgan transferlar ham jamoaga ancha as qotdi. Kaxi Maxaradze, Server Jeparov, SHerzod Fayziev kabi xaridlar to'liq o'zini oqladi.
Jamoada teng kuchli ikkita tarkib mavjud edi. Ammo bilasiz, kuchli futbolchilar to'planib qolgan vaziyatda ham jamoani o'ynatish birmuncha qiyinlashadi va bu bosh murabbiyga bazi yoqimli va yoqimsiz muammolarni ham taqdim etadi. Yoqimli muammo shundaki, murabbiyda tarkibni tanlash bo'yicha keng tanlov vujudga keladi. Yoqimsizi shuki, qancha kuchli futbolchilar ko'paysa, bu muhitga har xil tasir ko'rsatishi mumkin. Mirko Yelichich esa bu jihatdan ham muvozanatni to'g'ri ushlay oldi.


"Lokomotiv" jamoasini tanqid qilishga deyarli hech qanday asoslar yo'q. Jamoa o'z tarixida ushbu mavsumda chinakamiga yangi sahifa ochdi. Tarixda ilk bor qo'lga kiritilgan chempionlik va "oltin dubl".

"Temiryo'lchilar" ikkinchi davra oldidan OCHLda ham muvaffaqiyatli ishtirok etish maqsadida tarkibni yanada kuchaytirishga kirishishdi va ikkita legioner futbolchini xarid qilishdi.
Ulardan biri esa ancha yillardan buyon o'zimizda to'p tepib yurgan Artur Gevorkyan bo'lsa, ikkinchisi yangi kelgan Slaven Stepanovich bo'ldi. Artur Gevorkyan "Lokomotiv" jamoasida barcha kutgan o'yinni namoyish etib berolmadi. Futbolchining "temiryo'lchilar" safiga kirishib ketishi qiyin kechdi. CHernogoriyalik futbolchi esa 40 daqiqa o'ynashga ulgurdi va mashg'ulotlar jarayonida olgan jarohati tufayli kutilmaganda safdan chiqdi.
"Loko"ning davralar oralig'ida amalga oshirgan transferlari kutilgan samarani bermadi.

Buyog'iga "Loko" chempionlik tamini tatib ko'rdi. Endi reja va maqsadlarni katta qilish kerak. Jamoa endilikda OCHLda ham yanada kattaroq muvaffaqiyat qozonish yo'lida mehnat qilsa va kelasi mavsum uchun transfer siyosatini to'g'ri amalga oshira olsa, o'ylaymizki, bu marrani ham zabt etsa bo'ladi. Har holda uddalasa bo'ladigan ish.
Mirko Yelichich ham murabbiy sifatida o'zining dastlabki mustaqil mavsumini o'tkazdi va kerakli tajriba va maktab ko'rdi.
Xalqaro maydonda yo'l qo'yilgan bazi kamchilik va xatolardan to'g'ri xulosa chiqarib, keyingi mavsum uchun puxta reja tuzib chiqish darkor.
CHempionlikka erishishdan ko'ra uni munosib himoya etish qiyinroq deb bekorga aytilmaydi.


Ajoyib mavsum va chiroyli o'yinlar uchun "Lokomotiv" jamoasi har qancha maqtov va olqishlarga arziydi.

"Lokomotiv" o'tgan mavsumda barcha musobaqalarda jami 47 uchrashuvda maydonga chiqdi va shularning 32tasida g'alaba nashidasini surdi. SHuningdek yana 11ta bellashuvda durang qayd etildi va 4ta bahsda mag'lubiyatga uchradi. To'plar nisbati: 106-33.

SHuni qayd etish joiz, "Lokomotiv" ilk marotaba bir yilda 100dan ortiq gol urishni uddasidan chiqdi.

"Temiryo'lchilar" joriy yilda uchta reysda qatnovni amalga oshirishdi. SHulardan ikkitasi so'nggi manzilga qadar muvaffaqiyatli qatnagan bo'lgan, uchinchisi oxirgi bekatga etmay qatnovni to'xtatdi. Yangi yilda o'sha uchinchi reys orqali butun Osiyo bo'ylab muvaffaqiyatli qatnovni amalga oshirish uchun hozirdan bazi "relslar"ni  tamirlash, bazilarini esa yangilash zarur.


SHahboz Beg'amov

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика