So’nggi yangiliklar

11:58​"Пахтакор" Риаскос, Абдихолиқов ва яна 4 нафар футболчи билан хайрлашганини маълум қилди  1 11:35"Навбаҳор"га РПЛда ўйнаётган ҳимоячи келмоқда  8 11:08Расман: Дмитрий Плетнёв — "Бунёдкор" футболчиси!  2 10:44"Навбаҳор" футболчиси "Қўқон-1912" ўтиши мумкин  0 10:18Санжар Қувватов: "Пахтакор"дан таклиф тушганида ўйлаб ҳам ўтирмадим"  5 09:52“Андижон” Анталияда 10 та ўртоқлик учрашувида қатнашади  7 09:25"Истанбул Башакшеҳир" футболчиси Шомуродов ва Файзуллаевнинг ўйинига юқори баҳо берди  5 08:58Шерзод Насруллаев: "Совринларим сонини кўпайтириш учун "Пахтакор"га келдим. Роналдуга қарши ўйнаш орзум бор эди"  11 08:30Sofascore. Гвардиола мақтаган Ҳусанов кечаги учрашувда неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 08:04Камолиддин Тожиев: "Алижоновни қолди десак бўлади. Иккита ҳужумчи олсак..."  3 07:32Гвардиола кечаги ўйиндан сўнг Ҳусанов ҳақида фикр билдирди  10 03:44А Серия. "Интер" "Парма"ни енгди. "Наполи" эса очко йўқотди  1 03:15АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Бёрнли" билан дуранг ўйнади, "Ньюкасл" "Лидс"ни мағлубиятга учратди  11 02:30АПЛ. Кукурелья четлатилган ўйинда "Челси" "Фулхэм"га ютқазди. Семеньо "Борнмут" сафидаги сўнгги учрашувида қаҳрамонга айланди  1 02:25АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади  30

Ilhomjon Qunduzov: “Qo'qon-1912” jamoasi hech qachon yolg'iz qolmaydi” Yangiliklar

Ilhomjon Qunduzov: “Qo'qon-1912” jamoasi hech qachon yolg'iz qolmaydi”

Ayni damda “Qo'qon-1912” futbolchilari bilan bir qator jamoa muxlislar klubi ham ikkinchi davraga jiddiy hozirlik kurmoqda.

Ilhom Qunduzov boshchilik qilayotgan muxlislar klubi mavsumning ikkinchi qismida ham futolchilarni qo'llab-quvvatlash borasida boshqalarga o'rnak bo'lishni maqsad qilishgan. Xususan, birinchi davradagi ayrim safar o'yinlarda “Qo'qon-1912” jamoasi muxlislar klubi ko'pchilikning havasini keltirgandi.

Ikkinchi davra arafasida “Qo'qon-1912” jamoasi muxlislar klubi raisi Ilhomjon Qunduzov bilan qisqacha suhbatda bo'ldik.

– Futbolchilar qatori “Qo'qon-1912” jamoasi muxlislar klubi ham ikkinchi davrani intiqlik bilan kutmoqdamiz, deb so'z boshladi Ilhomjon Qunduzov. – Ayni damda qo'qonlik futbol ixlosmandlarining kayfiyati alo. Ular jamoadagi o'zgarishlardan xursand bo'lishmoqda. O'ylaymanki, ikkinchi davrada “Markaziy” o'yingohga muxlislar tashrifi yana oshadi. Jamoamizning yozgi transferlari muxlislarga manzur bo'ldi. Hamma bosh murabbiy No'mon Hasanovga katta umid bog'lagan. Klub rahbariyati ham bizga etarlicha sharoitlarni yaratib berishdi. Buning uchun ularga o'z minnatdorchiligimizni izhor etmoqchimiz.

Aytgancha, O'zbekiston Kubogi chorak final javob uchrashuvi doirasidagi “Buxoro”ga qarshi bo'ladigan o'yinni bevosita stadionda kuzatish maqsadida 10 nafarga yaqin muxlis Buxoroga borishdi. “Buxoro” jamoasi muxlislar klubi bilan hamkorlikni yo'lga qo'yganimiz bois, buxoroliklar ham bizning ishqibozlarimizni yaxshi kutib olishdi. Buxorolik muxlislarga ham rahmat aytamiz.



Yana bir gap. Haqiqiy muxlis degani har qanday holatda ham jamoani qo'llab-quvvatlaydi. Futbolda har doim ham o'zimiz kutgan natija qayd etilavermaydi. SHunday bo'lsa-da, fidoiy muxlislar hamisha jamoa bilan birga bo'lishadi. Bu albatta tahsinga loyiq. Quvonarlisi, “Qo'qon-1912” jamoasining fidoiy ishqibozlari bisyor. Biz hech qachon sevimli jamoamizni yolg'izlatib qo'ymaymiz.

Ikkinchi davrada “Qo'qon-1912” jamoasiga omad tilaymiz.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика