So’nggi yangiliklar

09:25"Истанбул Башакшеҳир" футболчиси Шомуродов ва Файзуллаевнинг ўйинига юқори баҳо берди  0 08:58Шерзод Насруллаев: "Совринларим сонини кўпайтириш учун "Пахтакор"га келдим. Роналдуга қарши ўйнаш орзум бор эди"  4 08:30Sofascore. Гвардиола мақтаган Ҳусанов кечаги учрашувда неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 08:04Камолиддин Тожиев: "Алижоновни қолди десак бўлади. Иккита ҳужумчи олсак..."  0 07:32Гвардиола кечаги ўйиндан сўнг Ҳусанов ҳақида фикр билдирди  5 03:44А Серия. "Интер" "Парма"ни енгди. "Наполи" эса очко йўқотди  1 03:15АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Бёрнли" билан дуранг ўйнади, "Ньюкасл" "Лидс"ни мағлубиятга учратди  9 02:30АПЛ. Кукурелья четлатилган ўйинда "Челси" "Фулхэм"га ютқазди. Семеньо "Борнмут" сафидаги сўнгги учрашувида қаҳрамонга айланди  1 02:25АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади  29 01:50Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди  31 00:50Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон - Ливан 3:2  4 00:48"Қизилқум" украиналик легионер билан шартнома имзолади  1 00:40Шоҳруз Норхонов расман "Қизилқум"да қолади  1 00:30Расман: Дилшод Аҳмадалиев – "Бунёдкор" футболчиси!  0 00:20Росеньор "Челси" устози сифатида илк уй учрашувида "Арсенал"га қарши тўқнаш келиши ҳақида гапирди  4

Ilhom Yunusov: “Gol urishimdan g'alabamiz muhimroq” Yangiliklar

Ilhom Yunusov: “Gol urishimdan g'alabamiz muhimroq”

Kecha “Nasaf” futbolchilari “Qo'qon-1912” jamoasi ustidan yirik g'alabaga erishib, turnir jadvalidagi mavqelarini mustahkamlashdi. SHu kuni qarshiliklarni tajribali yarim himoyachi Ilhom Yunusov sardor sifatida maydonga boshlab tushdi. Takidlash joizki, u bu vazifani sharaf bilan bajardi, jamoamiz tomonidan kiritilgan barcha gollarda ishtirok etdi. O'yindan keyin Ilhom Yunusovdan uchrashuv haqidagi fikrlari bilan qiziqdik.
-O'tgan turda jamoa “Olmaliq”dagi mag'lubiyatdan keyin jamoa “Qo'qon-1912”ga qarshi qanday tayyorgarlik ko'rdi?
-Futbolda g'alaba va mag'lubiyat yonma-yon yuradi. SHu bois biz Olmaliqdagi omadsizlikni unutib, keying o'yinga munosib hozirlik ko'rdik. Odatda professional futbolchilar shunday qilishadi. Ruhiy va jismoniy tayyorgarligimz joyida edi va kechagi o'yinda buni yana bir bor maydonda isbotladik.

-Gevorkyan, Suyunov, Muhammadiev singari etakchi futbolchilarning maydonga tushmaganligi jamoaning o'yiniga qanchalik tasir o'tkazdi?
-Bilasizmi bizda hamma etakchi. Murabbiy qaysi futbolchini maydonga tushirsa, o'sha futbolchi o'zini har tomonlama ko'rsatishga harakat qiladi. Eldor va SHuhrat terma jamoadan o'yin kuni qaytib kelishdi. Arturning jarohat ortda qoldi. Nasib qilsa, 7 aprelda bo'ladigan muhim o'yinda ular jamoaga yordam bera olishadi.

-Jamoani sardor sifatida boshlab tushdingiz. Bu qo'shimcha masuliyat yuklaydimi? SHu boismi gol urishga ham rosa harakat qildingiz...
 -Biz faqat g'alaba uchun maydonga chiqqandik. Albatta gol urishga ham urinib ko'rdim. Kim gol urishining unchalik ahamiyati yo'q edi. Muhimi 3 ochko qo'lga kiritildi. Albatta sardorlik har kimga ham berilmaydi. Bu menga ortiqcha bosim yuklagani yo'q. Oldimizda qo'yilgan vazifani bajarishga astoydil intildik va maqsadga erishdik.

-OCHL haqida fikringiz? Guruhdagi qaysi jamoa nisbatan kuchliroq deb o'ylaysiz?
-OCHL bu yuqori saviyadagi turnir. Bunda kuchsiz jamoani o'zi yo'q. O'z navbatida biz ham bu o'yinlarda faqat g'alaba uchun maydonga chiqishga 100 foiz tayyormiz. Agar guruhimizdagi uchta jamoani solishtiradigan bo'lsak,  Saudiya Arabistonining “Al Ahli” jamoasini nisbatan kuchliroq deb o'ylayman.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика