Ilhom SHomurodov: “Raqibimiz kuchli va hurmatga loyiq jamoa"
15 mar 2016 15:12
Yangiliklar


Ilhom SHomurodov: “Raqibimiz kuchli va hurmatga loyiq jamoa"
Ilhom SHOMURODOV: - Raqibimiz kuchli va hurmatga loyiq jamoa. Lekin biz ham bu erga g'alaba uchun kelganmiz. Omad biz tomonda bo'lsa, safardan uch ochko bilan qaytamiz. Albatta, uydagi bahs bilan safardagi bahs bir-biridan farq qiladi. O'z maydonimizda muxlislarni qo'llab-quvvatlashi bizga qo'shimcha kuch bag'ishlaydi. Lekin joriy mavsumda OCHLda birinchi safar o'yini – Saudiyada “Al Ahli”ga qarshi yomon o'yin ko'rsatmadik, deb hisoblayman. Ertangi bahsda ham chiroyli o'yin ko'rsatib, maqsadimizga erishamiz.
Raqibimiz tarkibida hamyurtimiz Sardor Rashidov to'p tepadi. U O'zbekiston milliy terma jamoasi azosi hisoblanadi. Keyingi yillarda u yuqori o'sishga erishdi va “Al Jayish”ning asosiy futbolchilaridan biri hisoblanadi. Ertangi bahsda faqat g'alaba har ikki tomon uchun ham muhim. Nasib etsa, muxlislarimizni xursand qiladigan natijaga erishamiz.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar