Ilhom SHomurodov oliy ligadagi 150-uchrashuvini o'tkazdi
07 may 2013 13:08
Yangiliklar

Ilhom SHomurodov oliy ligadagi 150-uchrashuvini o'tkazdi
“Nasaf” klubi hujumchisi Ilhom SHomurodov 7-turda “Metallurg”ga qarshi maydonga tushdi. SHunday qilib SHomurodov oliy ligada o'zining 150-uchrashuvini o'tkazdi.
2004 yil oliy ligada debyut qilgan hujumchi o'sha yili “Surxon” klubida to'p tepgandi. O'zining oliy ligadagi birinchi uchrashuvini kimsan “Paxtakor”ga qarshi o'tkazgan. 11-turdan o'rin olgan o'yinda u Aleksandr Millyaev o'rniga zaxiradan maydonga tushgandi. Dastlabki mavsumda 20 yoshli Ilhom 10ta o'yinda ko'rinish berdi.
2006-2007 yillarda “To'palang” klubi sharafini himoya qilgan SHomurodov aynan shu klub safida oliy ligadagi ilk golini urishga muvaffaq bo'lgan. Hozirgi kunda yo'q bo'lib ketgan “Traktor”ga qarshi kechgan o'yinda Ilhom SHomurodov o'zining ilk golini urgandi. Umuman ikki yil davomida “To'palang” safida 27ta o'yinda maydonga tushib 2ta gol urishga erishdi.
2008 yilgi mavsumni Ilhom Muborakning “Mashal” klubida boshladi. Bir mavsum davomida 25ta o'yinda ishtirok etib raqiblar darvozasiga 6ta to'p kiritdi.
2009 yilda esa hujumchi Qarshining “Nasaf” klubiga ko'chib o'tdi. Hozirga qadar ushbu klub sharafini himoya qilayotgan SHomurodov o'tgan mavsum ikkinchi davrasida “Bunyodkor” klubida ijarada o'ynadi. “Qaldirg'ochlar” safida oliy ligada faqat 5ta o'yinda maydonga tushdi. “Nasaf” tarkibida esa shu kungacha 83ta o'yin o'tkazib 26ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.
Ilhom SHomurodovning oliy ligadagi umuman ko'rsatkichi: 150ta o'yin, 8267 daqiqa, 34ta gol, 9ta sariq kartochka, 1ta qizil kartochka.

Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!

Fikrlar