So’nggi yangiliklar

15:12Иброҳимҳалил ОТЖ лагерини тарк этди, унинг ўрнига бошқа ўйинчини қўшиш мумкинми? Кападзе жавоб берди  8 14:59"Манчестер Юнайтед" Уан-Биссакани Дюмфрисга алмаштирмоқчи  4 14:37Париж-2024. Ўзбекистон Мисрга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  5 14:15АПЛ клублари "Лион" ҳимоячисига даъвогар  1 13:50Симонс "Лейпциг" ва "Бавария"дан бирини танлади  1 13:23"Арсенал" Евро-2024'да ёрқин ўйин кўрсатган ярим ҳимоячининг трансфери борасида музокаралар ўтказмоқда  1 12:57"Ньюкасл" ҳимоячиси Саудия Арабистони чемпионатига ўтиши мумкин  1 12:29Расман: "Комо" ироқлик иқтидор билан шартнома имзолади  1 12:04"Андижон" янги аъзоси Абинур Нуримбет: "Келажакда Қозоғистон миллий терма жамоаси либосида майдонга тушишни истайман"  2 11:39ПСЖ Франция терма жамоаси дарвозабонига қизиқмоқда  2 11:16Хаби Алонсо Арда Гюлерни "Байер"да кўрмоқчи  2 10:50Лапорта: «Барселона» катта трансферларни амалга оширишга тайёр»  3 10:16«Акрон» Шерзод Эсановни қанчага сотиб олгани маълум  8 09:50Жоау Феликс фаолиятини АПЛда давом эттиради  5 09:47Мўъжиза рўй бермади, аммо ҳали барчаси олдинда. Ўзбекистон – Испания ўйинидан хулосалар  18

Ilhom SHaripov "Paxtakor"ga qarshi bahs oldidan fikr bildirdi Yangiliklar

Ilhom SHaripov "Paxtakor"ga qarshi bahs oldidan fikr bildirdi

Teglar :  Dinamooliy liga
Kecha, 15 avgust kuni Dinamo stadionida muxlislar va Dinamo futbol klubi vakillari o'rtasida uchrashuv tashkil etildi.

Klubi rahbariyati, futbolchilar va murabbiylar shtabi qatnashgan ushbu tadbirda jamoaning eng ashaddiy va jonkuyar muxlislari ham ishtirok etib, o'zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat etishdi.

Savollarga jamoa bosh menejeri Ilhom SHaripov javob berar ekan, shunday dedi:

- Avvalambor, ushbu uchrashuvda siz aziz muxlislarimiz bilan ko'rishib turganimizdan xursandmiz. Bilasiz, futbol avvalo muxlislar uchun. Samarqandlik ishqibozlar jamoamizning har qanday natijasiga qaramay, Dinamoni xoh uyda, xoh safarda tinmay qo'llab-quvvatlashmoqda. Buning uchun ulardan minnatdormiz. 

- CHindanam, ikkinchi davra o'yinlarini omadsiz boshladik. Kubok yarim finalida Bunyodkor bilan safarda durang qayd etgan bo'lsak, oliy liganing so'nggi ikki turida o'rtamiyona jamoalarga qarshi o'ynab mag'lubiyatga uchradik. Bu natijalar biz kabi muxlislarimizni ham ranjitgani tabiiy. Ko'pchilikda Dinamo ikkinchi davraga tayyor emasmidi qabilida savollar tug'ilgan bo'lishi mumkin. Bunga javoban aytaman, biz davralar oralig'ida jiddiy tayyorgarlik ko'rdik. 

- Tarkibimizdan aksariyat futbolchilar boshqa jamoaga o'tgan bo'lsalar-da, ularning o'rnini Farhod Tojiev, Adnan Oraxovac, Muhammad Isaev, Doniyor Ismoilov singari yaxshi saviyali futbolchilar bilan to'ldirdik. So'nggi ikki o'yindagi qoniqarsiz natija omadsizlik bilan bog'liq. Yigitlar bilan jiddiy ishlashda davom etyapmiz, umid qilamanki bu tez orada o'z samarasini beradi.

Ilhom SHaripov muxlislarning Paxtakorga qarshi o'yin borasidagi savollariga ham javob berdi:

- CHindanam biz birinchi davrada mag'lub etgan Paxtakor bilan bugungisi o'rtasida farq katta. Neftchi bilan o'yinda ularning kuchini ko'rdik. Ammo Dinamo - Paxtakor uchrashuvida har ikki tomonga ham oson bo'lmaydi. Yigitlar ushbu bahsga jiddiy tayyorgarlik ko'rishmoqda. Biz Samarqandda muxlislarimiz qarshisida ularni xursand etish uchun bor kuch va g'ayratimizni sarf etamiz. Maqsadimiz oliy ligada yaxshi natija ko'rsatish va kubokda eng avvalo finalga chiqish. 

Bundan tashqari, murabbiylardan Oleg Tyulkin, futbolchilardan Akmal Bozorov, Abdumalik Abdullaev, Farhod Tojiev, Muhammad Isaev, Doniyor Ismoilov, Adnan Oraxovac, Amirjon Safarov, Sardor Sulaymonovlar so'zga chiqib, muxlislarning savollariga javob qaytarishdi.

Do'stona ruhda o'tgan uchrashuv oxirida muxlislar Dinamoga keyingi bahslarda omad va zafarlar tilab qolishdi.


Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика