So’nggi yangiliklar

14:54Йўғе! Дани Ольмо агенти билан бирга Манчестерга учиб келди  1 14:22Олмалиқдаги "ОКМК спорт мажмуаси" ҳудудида янги табиий майдон қурилмоқда  0 13:54"Бунёдкор" ўз тарбияланувчиси билан шартномани 2 йилга узайтирди  0 13:27"Шўртан" 2025 йилги мавсумни Қаршидаги стадионда бошлайди  1 12:51Эронда нима гаплар? Юсуповда навбатдаги "қуруқ ўйин", Машарипов тўлиқ ўйнади  2 12:20ПФЛ "Олимпик"ка 5 январгача муҳлат берди, акс ҳолда...  4 11:51Қиз фарзанди дунёга келгани сабаб ўйиннинг 1-бўлимини ўтказиб юборган ва 2-бўлимга етиб бориб хет-трик қайд этган футболчи ҳақида билармидингиз?!  4 11:22Бекободда футбол ўлмоқда. "Металлург" кетидан Шавкат Мирзиёев ташриф буюрган академия ҳам ёпилади   20 10:55Қойил! Аморим тен Хагнинг антирекордини янгилади  12 10:22Аббосбек Файзуллаев «Монако» ҳақидаги саволга жавоб берди  5 10:07Расман: Санжар Қувватов - «Қизилқум» жамоаси футболчиси  1 09:47Бир йил аввал саратон билан курашган футболчи Тожикистонда «йил футболчиси» бўлди  1 09:10«Бунёдкор» терма жамоамизнинг икки нафар футболчиси билан музокара олиб бормоқда  3 08:37Аббосбек Файзуллаев Ўзбекистондаги энг тез футболчи ким эканлигини айтди  8 08:0620 кун аввал "Навбаҳор" билан икки йиллик шартнома тузган футболчи легионерга айланди  2

Ilhom Qurbonov: "Mashal" doim maksimal natija ko'rsatishga harakat qiladi" Yangiliklar

Ilhom Qurbonov: "Mashal" doim maksimal natija ko'rsatishga harakat qiladi"

Mashal klubi mahalliy tarbiyalanuvchilar bilan qanday ishlash kerakligini juda yaxshi biladi. Boshqa jamoalardan farqli o'laroq bu erdagi infratuzilma har jihatdan puxta ishlab chiqilgan.
SHuning natijasida har yili Mashaldan kelajagi porloq yoshlar etishib chiqmoqda. Klubning maqsad va vazifalari o'ziga yarasha mukammal deyishimiz mumkin. Masalan, o'tgan yili birinchi ligada qatnashib yana oliy ligaga qaytgan jamoa kuchlilar orasida avvalgidek ijobiy taassurot qoldirish uchun kurashmoqda. Eng muhimi, tarkibning yarmidan ko'pi mahalliy futbolchilardan tuzilgan.

Qarshiga uyushtirgan safarimiz chog'ida Muborakka ham o'tib Mashal jamoasining ish faoliyati bilan yaqindan tanishdik. Kutilganidek, qizg'in ish faoliyati hukm surayotganiga guvoh bo'ldik. Ijrochi direktor Ilhom Qurbonov endigina 31 yoshga to'lgan bo'lsa-da, o'ziga nisbatan juda talabchan va keng doirada fikrlaydi. Qolaversa, u doimo maksimal natijalar uchun kurashishni o'z oldiga bosh maqsad qilib qo'yadi. Tabiiyki, jamoa bilan tanishish jarayonida u bilan suhbatda bo'ldik.



- Ilhom Abdug'anievich, Mashal o'tgan yili birinchi ligada ishtirok etganini inobatga olganda, bu yil oliy ligada barqaror o'yin ko'rsatayotgani quvonarlidir. Aytingchi, jamoaning ish tizimi qanday yo'lga qo'yilgan va bu asosan nimalardan iborat?
- Boshidan boshlaydigan bo'lsam, Qashqadaryo viloyati hokimligining jamoamiz uchun chiqargan ichki qarori bor. SHunga monand CHiroqchi, Mirishkor, Yakkabog', Kasbi va Muborakda Mashalning farm-klublari faoliyat ko'rsatyapti. Hozir esa yoshlar o'rtasida selekciya ishlarini boshlab yuborganmiz. Meni tushunayotgan bo'lsangiz, ishlab chiqilgan dasturimizni piramida asosida qurganmiz va uning birinchi bo'g'ini futbol maktablaridir. Ular bizning poydevorimizga aylanadi. Maktabdan saralangan kuchli bolalar keyinchalik akademiyamizga qabul qilinadi. SHuningdek, Qashqadaryo viloyatining ikkinchi ligasida 13-14 hamda 15-16 yoshlilardan iborat jamoalarimiz qatnashmoqdalar. Bu orqali ular yaxshigina o'yin amaliyotiga ega bo'lishyapti.

Bilasiz, birinchi ligada ham farm-klubimiz faoliyat ko'rsatmoqda. Tarbiyalanuvchilarimiz u erda to'p surib o'zlarini ko'rsatish imkoniga ega bo'lmoqdalar. Maqsad sakkizlikdan joy olib ikkinchi bosqichda qatnashishdir. Birinchi ligada o'zini ko'rsatganlar keyinchalik Mashalning yoshlar jamoasiga qabul qilinadilar. Tabiiyki, u erda o'zini har tomonlama ko'rsata olganlar oliy ligada to'p surishni boshlashadi. Etibor bersangiz, bizning piramidamiz shu yo'sinda tuzib chiqilgan.

O'tgan yili birinchi ligada deyarli 85-90 foiz mahalliy tarbiyalanuvchilarimiz bilan qatnashdik va oliy ligaga qaytdik. To'g'ri, bu yil chetdan bir qator o'yinchilar olindi-ku, deyishingiz mumkin. Ammo ularga yaxshilab etibor bersak, Botir Nosirov qashqadaryolik, Qahramon Bahodirov o'zimizning tarbiyalanuvchimiz hisoblanadi. Otabek Narzullaev ham xuddi shunday. Zafar To'raev, Mo'ydin Mamazulumov va Bahriddin Omonovgina Mashaldan etishib chiqishmagan. Qolganlari asosan o'zimizning yigitlar.  

- Mashalning infratuzilmasiga ko'pchilik havas bilan qaraydi. O'zingiz aytib o'tganingizdek, bu erda hammasi to'g'ri yo'lga qo'yilganligi sezilib turibdi. Ayniqsa, yosh futbolchilar bilan ishlash borasida har qancha maqtansa arziydi. Aytingchi, bu borada yana qanday yangi g'oyalar ishlab chiqilmoqda?
- Biz to'rt yilga mo'ljallangan rivojlanish dasturini ishlab chiqyapmiz va hozir buning ustida bosh qotiryapmiz. Avvalgi dasturimiz tugaganiga 3-4 oy bo'ldi. Akademiyadan oliy ligagacha reja ishlab chiqamiz. Sport direktori, men va bosh murabbiy bu borada fikrlarni aytib, bir qarorga kelamiz. Keyin rahbariyat va homiylarimizga yangi ishlab chiqilgan dasturimizni taqdim etamiz.



Yani, ularga oliy ligadagi to'rt yillik dasturimiz nimalardan iborat ekanligini tushuntirib beramiz. Agar istiqbolli rejalar tuzilmasa, u holda klub tashkil qilishning keragi yo'q. CHunki biz albatta o'sishimiz va shunga yarasha intilishimiz lozim. Siz bilan o'tgan safar gaplashganimizda ham aytgandim, biz faqat 1-o'rin uchun kurashishimiz kerak. Rejalarimiz mana shunday yuqori marralarni ko'zlagan holda tuzilishi maqsadga muvofiqdir.

Qachondir Osiyo CHempionlar ligasida qatnashishni xohlaymiz. Buning uchun ishni puxta yo'lga qo'yishimiz shart. Marketing sohasida ham rivojlanishga erishishimiz talab etiladi. Klub asta-cekin oyoqqa turishi va o'zini-o'zi mablag' bilan taminlashni o'rganishi hozirgi zamon talabidir. CHetga chiqib o'ynab mahalliy yoshlarimizni ko'rsata olsak, shundagina hozirgi ishlar meva beradi. Hozir ham o'zbek futbolida bir qator o'yinchilarni chetga beryapmiz, ammo bu hozircha o'zini oqlashi qiyin bo'lmoqda. Homiylarimiz yangi dasturimizni tasdiqlab bersa, CHempionlar ligasida ishtirok etishga harakat qilamiz.

Bu orqali mahalliy yigitlarimizni xorij jamoalariga sotish imkoniyatiga ega bo'lishimiz mumkin. Barchamizning asosiy maqsadimiz O'zbekiston futbolini yanada rivojlantirish hamda milliy terma jamoani yuksaltirishdan iborat. O'rtamiyona  futbolchilar degan tushunchani olib tashlashimiz kerak. Yuqori saviyali o'yinchilarni etishtirishni boshlash davr talabi hisoblanadi. Birinchi ligadagi jamoalarda 50-60 foiz o'yinchilar bizning tarbiyalanuvchilarimizdir. Oliy ligada o'ynayotgan o'yinchilarning 40 foizi ham jamoamizda tarbiya olishgan. SHuning uchun akademiyamizda yanada ko'proq iqtidordi yoshlarni tarbiyalash ustida jiddiy ishlarni amalga oshirishga harakat qilyapmiz. Yangi dastur ustida bir oydan beri ishlayapmiz. Umid qilamanki, 15 kun ichida hammasi tayyor bo'ladi.   



- Qishda Jahongir Abdumo'minov Qozog'istonning SHaxtyor jamoasiga o'tishi haqida gapirildi. Keyin esa Otabek SHukurov ko'rikdan o'tish uchun Germaniyaga borib keldi.
- Albatta, qiziqish bo'lmoqda. Ammo hozirgi paytda futbolchilar Evropada to'p surishga 100 foiz tayyor emas. Masalan, Abdumo'minovga Qozog'iston jamoasi taklif bilan chiqqan. To'g'ri, tarbiyalanuvchilarimizning kelajagi porloq, lekin hali Abdumo'minovning xorijga chiqishiga imkon bo'ladi. Ungacha o'zimizda malakasini yanada oshirishi talab qilinmoqda. SHukurov masalasiga to'xtaladigan bo'lsam, u Germaniyaga borib keldi. Mavsum tugaganidan keyin yana bir bor u erga borib kelishi rejalashtirilmoqda. SHundan so'ng ular yakuniy qarorni malum qilishadi. Otabek ikkinchi davrada malakasini yanada oshirishi kerak va bu borada unga ko'maklashamiz. Germaniyadagi agentlar futbolchimiz bilan ishlashyapti.   

- Bundan keyin ham Mashalda shunga o'xshash etiborga molik yangiliklarni ko'rishimiz mumkinmi?
- Ha, mumkin. Misol uchun umidli futbolchimiz SHomurodov bilan bir qator klublar qiziqmoqda. Ammo hozircha rad javobini beryapmiz. Biz unga o'xshagan futbolchilarni yaxshiroq tayyorlab yuqori saviyaga olib chiqqanimizdan keyingina biror-bir klubga berishimiz mumkin.

- Birinchi davradan qanchalik qoniqish hosil qildingiz?
- Menimcha, rahbariyat hech qachon qoniqmasa kerak. 100 foiz deb ayta olmasam-da, 60-70 foizga qoniqarli deyishim mumkin. Nimagadir etakchilar bilan uchrashuvlarda o'yinimizni topa olmayapmiz. Bilasiz, tarkibimiz asosan yoshlardan iborat. Balki ular Paxtakor, Bunyodkor kabi nomlarni eshitganda o'zlarini bosib olishga qiynalayotgandir.

Qandaydir hayajonga berilishyapti. Qolgan o'yinlarda asosan teng kuchli jamoalar to'qnash keldi. Masalan, safarda Buxoro darvozasiga to'rtta to'p kiritgan bo'lsak-da, ulardan yaqqol kuchli edik deb aytmagan bo'lardim. O'shanda mezbonlar ham yaxshi o'yin ko'rsatishdi. Faqat biz imkoniyatlardan samarali foydalandik. Futbolda yaratilgan vaziyatlardan foydalanish muhim ahamiyatga ega. Biz Buxoro bilan bellashuvda 100 foiz imkoniyatlarimizni ro'yobga chiqardik.



- Birinchi davraning yarmiga kelib Mashal o'zini nisbatan o'nglab oldi, to'g'rimi?
- Ha, bu fikrga qo'shilaman. Bundan keyin ham o'z ustimizda ishlaymiz. Doim maksimal darajada natija ko'rsatishga harakat qilamiz.

- Ikkinchi davra uchun tarkibda o'zgarishlarni ko'ramizmi?
- O'zgarishlar bo'lishi mumkin. Yarim himoyachi Otabek Narzullaevning ketishiga ruxsat berdik. Endi uning o'rniga futbolchi qidiryapmiz. Andijonda ijarada to'p surayotgan SHaxzod SHaymanov orqali ushbu muammoni bartaraf etishimiz mumkin. Bilasiz, u tarbiyalanuvchimizdir, faqat Andijonga ijaraga bergandik. Uni yana bir bor qaytarib mahoratini yanada oshirmoqchimiz. Biror-bir o'yinchimiz Mashalda o'zini ko'rsata olmasa, uni boshqa klubga bepul ijaraga bersak va u asosiy tarkibda to'p sursa, bu biz uchun foydali bo'ladi.

SHuningdek, Ukraina birinchi divizionida 13ta gol urgan hujumchi Ruslan Kachurni aytishim mumkin. U yaqinda jamoamizda bo'lib, mashg'ulotlarimizda qatnashib ketgandi. Ikkinchi davraga tayyorgarlik jarayonida yana biz bilan shug'ullanmoqda. Uni o'rtoqlik o'yinlarida sinab ko'rganimizdan keyin bir qarorga kelamiz. Hozircha bu futbolchining statistikasi yomon emas. 13ta gol bilan to'purarlar ro'yxatida ikkinchi o'rinda bormoqda. Ammo bu statistika. Uni real o'yinda ko'rganimizdan so'ng hal qilamiz. Homiylarimiz tarkibni bundan-da kuchaytirish uchun kuchli hujumchilarni taklif qilish masalasini ko'tarishmoqchi. Kerak bo'lsa, Kamerundan o'yinchi olib kelinglar deya taklif bildirishmoqda. Legioner mahalliy futbolchilardan 100 foiz kuchli ko'rinib, o'z nomiga to'liq loyiq bo'lsagina jalb qilamiz. Nima uchun legionerlarni chaqiramiz? Ularda professionalizm kuchli bo'ladi. Ular yoshlarimizga har taraflama o'rnak bo'lishi kerak.



Maydondan tashqarida o'zini qanday tutishi, mashg'ulotlarda qanday ishlashi borasida ham etiborli bo'lish talab qilinadi. Xullas, legioner har jihatdan o'rnak bo'la olsa, uni jamoamizga qabul qilamiz. Masalan, tarkibimizda Andrey Derkach to'p suryapti. Bizga uning barcha sifatlari to'g'ri kelgani uchun jamoamizga qabul qilganmiz. U doim o'zidan iliq taassurot qoldiradi.

FIRDAVSXON suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика