So’nggi yangiliklar

19:44"Арсенал" - "Ноттингем Форест". Таркиблар билан танишинг  0 19:35"Челси" ғалаба қозонди ва жадвалда 3-ўринга чиқиб олди  0 19:27Илёс Зейтуллаев: "Йигитлар сўнгги учрашувларда асосий ва захира деган тушунчалар йўқлигини тушунишди"  0 19:21Суперлига. "Андижон" "Динамо"ни йирик ҳисобда мағлуб этди ва Суперлигада ўрнини сақлаб қолди  12 19:09Денис Коростиченко: "Бунёдкор" захираси бизникидан кучлироқ экан"  0 18:47Туркия. Алиқулов жамоаси иродали ғалабага эришди  0 18:20"Ростов" сўнгги 15 дақиқаликдаги 2та гол туфайли ЦСКАдан ғалабани юлиб олди  7 18:00"Севинч" - 14 карра Ўзбекистон Кубоги соҳиби!  3 17:42"Матч ТВ" графика оператори ишсиз қолди. Нега?  7 17:07Суперлига. "Бунёдкор" "Олимпик"ни мағлуб этди ва хавфли зонадан узоқлашди  1 16:10МЮдагилар ёзда 42,5 млн. еврога сотиб олинган футболчига шубҳа билан қарашмоқда  0 15:43ЦСКА - "Ростов". Таркиблар эълон қилинди  7 14:48Гвардиола: "Манчестер Сити"га дунёнинг энг яхши футболчиси етишмаяпти"  18 13:50Энрике: "Ҳайратланарли томоша кўргингиз келса "Дю Солей Цирки"га боринг"  1 13:426+4+3. Кузги имтиҳондан яхши ўтдик  27

Ilhom Qurbonov: “Doim maksimal natija uchun ishlaymiz” Yangiliklar

Ilhom Qurbonov: “Doim maksimal natija uchun ishlaymiz”

Oliy liganing 25-turidan o'rin olgan “Mashal” – “Nasaf” (1:1) uchrashuvidan so'ng, matbuot anjumani tashkil etildi.
Uning ikkinchi qismida klub vice-prezidenti Ilhom Qurbonov ham OAV vakillarining savollariga javob berib o'tdi. Dastlab Ilhom Abdug'anievich o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Avval Sapargaliev haqida gapiradigan bo'lsam, u ko'p yillar davomida jamoada o'ynadi. Bu erga u 1998 yili kelgandi. Umumiy aytganda 16 yil umrini futbolchi sifatida “Mashal”ga bag'ishladi. Asosiy kuchini jamoaga bag'ishladi.  Afsuski jarohat tufayli u ko'p vaqtini maydon tashqarisida o'tkazdi. SHuning uchun Gabitni 2012 yil “Mashal”ni tark etdi deya olmayman. U doim biz bilan birga. Agarda jarohatlar Sapargalievni bezovta qilmaganida o'ylardimki, u birinchi liga va mana hozir oliy ligada ham jamoamizda bo'lardi. Xuddi Vaniev kabi bugungi uchrashuvda ishtirok etishi ham mumkin edi. SHu sababli aytish mumkinki, Gabitni endilikda boshqa klubda faoliyat yuritishi to'g'ri bo'lmaydi. Futbolchilik faoliyatini asosan “Mashal”da o'tkazgan o'yinchi qo'pol qilib aytganda ko'chada qolib ketmaydi. Agarda shunday bo'lsa, bu biz uchun fojeadek gap. CHunki rahbariyat bu ikki o'yinchini bundan keyin ham jamoada bo'lishini istaydi. Mana Sapargaliev yoshlar jamoasida yordamchi murabbiy sifatida ishlab kelmoqda. Vaniev haqida shunday fikrdaman. O'z mexnati va irodasini ko'rsatib, doimo jamoaning etakchilaridan biri bo'lib keldi. Kerak bo'lsa yoshlarni o'z ortidan ergashtira oladigan darajadagi futbolchi. Dilyaver ham jamoani yaxshi va yomon kunlarida birga bo'ldi. “Mashal” birinchi ligaga tushib ketganida ham Vaniev jamoada qolib, yordam berishda davom etdi. Bitta bu futbolchi emas, bizda umuman hamma xodim birinchi ligani fojea deb bildi va hamma o'zini aybdor his qildi. Va bu og'ir vaziyatdan chiqib ketish uchun barcha bir yoqadan bosh chiqarib ishladi. SHuning uchun ayta olamanki, “Mashal” o'z ananasiga sodiq qolgan holda, futbolchi va murabbiyda tortib stadion ishchilari va xattoki qorovulni ham qadrlaydi. Vaniev kelasi yil asosiy jamoada yordamchi sifatida ish boshlaydi. Kun o'tkan sayin u bu borada ham mahoratini oshirib boradi va qolganini vaqt ko'rsatadi. Lekin sizlarga shuni ishonch bilan ayta olamanki, Vaniev bilan Sapargaliev kelasi mavsum ham jamoada bo'ladi.



- Poyoniga etib borayotgan mavsumdan ko'nglingiz to'ldimi? Kelgusi rejalar qanday?
- CHempionat avvalida ko'pchilik bizni taqvimni ko'rib, autsayderga aylantirib qo'ygandi. Lekin biz bor kuchimiz bilan ishlab, bir yoqadan bosh chiqargan xolda faoliyat yuritdik. Xarakter ko'rsata oldik. Albatta chempionatni 5-o'rinda yakunlaganimizdan xursandman. Kelasi yil haqida aytadigan bo'lsam, ko'pchilik menga yil boshidayoq jamoa nechanchi o'rin uchun kurashadi degan savolni berdi. SHunda men ularga 1-o'rin uchun kurashishimizni aytdim.
Albatta chempion bo'lishni istardim. Lekin buning uchun ko'p ishlash kerak. Bunga bosqichma-bosqich erishamiz degan umiddaman. Nasib qilsa kelasi yil bundan-da yuqori o'rinni egallashga urinamiz. CHempionat avvalida yigitlarga har bir bahsda faqat g'alaba uchun maydonga chiqishlarini talab qildik. SHunga yarasha puxta tayyorgarlik ko'rildi. Tarkibdagi ko'plab o'yinchilar bungacha oliy ligada deyarli o'ynamagandi. Ularni qanday o'ynab ketishini bilmasdik. Lekin ularga ishonch bildirdik. Oliy liganing qolgan 13ta jamoasidan qoladigan joyimiz yo'q deb o'ylayman. “Mashal” doim maksimal natija uchun kurashadi.

- “Mashal” kelasi yil ko'proq chempionat o'yinlariga etibor qaratadimi yoki Kubokni qo'lga kiritish uchun borini beradimi?
- Qiziq savol bo'ldi. Biz har bir uchrashuvda faqat g'alaba uchun maydonga chiqamiz. SHuning uchun aytishim mumkinki, ikki frontdan kurashishga tayyormiz. Balki bu yil Kubok bahslarida o'zimizni ko'rsata olmagandirmiz. Kelasi mavsum bu borada jiddiy kurashamiz.

- Haqiqatdan ham bu yil “Mashal”ning ishtiroki yomon kechmadi. Garchi jamoa birinchi ligadan chiqqan bo'lsada, yakunda 5-o'rinni egalladi. Yoshlar jamoasi esa chempionlikni qo'lga kiritdi. Kelasi yil bundan-da yuqori maqsdlar qo'yilsa kerak? Bu yil chempion bo'lgan yoshlar jamoasidan o'zini ko'rsatganlarni asosiyga jalb etasizlarmi yoki xorijlik futbolchilar taklif etiladimi?
- Rejamizga ko'ra oliy liganing so'nggi turi “Metallurg”ga qarshi bahsdan keyin, yani kelasi hafta oxirlarida klub prezidenti, bosh direktor hamda bosh murabbiy bilan yig'ilish o'tkazib, kelasi yil uchun rejalar haqida gaplashib olamiz. Unda xomiylarimiz fikrini ham bilamiz va shunda oldimizga qo'yiladigan vazifa ham aniq bo'ladi. Keyin shunga yarasha tayyorgarlik bo'ladi. To'g'ri akademiyaga etibor qilmasdan, o'zimizning maxsulotga qaramasdan burilib ketish ham noto'g'ridir. CHunki bunga qadar akademiyada katta ishlar qilingan. O'zinglar ko'rdinglar bugun barcha rahbariyatni taklif etdik. Ular ilgari shu darajaga kelish uchun ko'p mexnat qilgan. Endilikda biz ularinng yo'lidan qolib boshqa yo'ldan keta olmaymiz. Agarda kelasi oldimizga 1-2 o'rinlarni egallash vazifasi qo'yilsa, u xolda legionerlarni taklif etib, keyin yurtimizdagi boshqa klublarda o'zini ko'rsatgan yosh va oliy ligada etarli tajribaga ega bo'lgan, har jihatdan “Mashal”ga maqul keladigan o'yinchilarni jalb etishimiz mumkin. Agarda mendan bu borada o'zingni fikring qanday deb so'rashsa, shuni aytardimki, 5-o'ringa havas qilmasdim. Aksincha jamoani yanada yoshartirib, har bir o'yinga g'alaba uchun chiqadigan klub shakllantiraman. SHu orqali har bir terma jamoalarimizga munosib o'yinchilarni etkazib berardik. Menimcha bu eng to'g'ri ish bo'lardi.  



- Bugungi kunda “Paxtakor” va “Mashal” mamlakatimizda eng yosh tarkibga ega bo'lgan jamoalardir. Agarda istedodli o'yinchilarga yanada kuchli jamoalardan takliflar bo'lsa, bu borada muammo tug'ilib qolsa uni qanday hal etasizlar?  
- Oxirgi uch yilda jamoa rahbari sifatida ishlab kelayotgan bo'lsam, bu kabi muammolar juda ko'p yuz bermoqda. Marketingni rivojlantirgan xolda, klub o'z-o'zini taminlash borasida juda ko'p gapirilmoqda. Agarda haqiqatdan ham qaysidir o'yinchimizga kuchli klublardan taklif bo'lib, biz aytgan summani to'lasa bajonidil uni qo'yib yuboramiz. Ehtimol biz hozir ayrim dastur bo'yicha ikki qadam orqaga tashlagandirmiz. Lekin shu orqali yangi hujumga tayyorlanmoqdamiz. Akademiyada yangi loyixa bo'yicha ish olib borilmoqda. Yana qaytaraman biz marketingni ko'proq o'yinchilarimizni boshqa klublarga transfer qilish orqali rivojlantirishimiz mumkin. SHu bois qaysidir klub biror-bir futbolchimizga qiziqayotgan bo'lsa, marxamat avval biz aloqaga chiqsin. 

- Yaxshi bilamiz “Mashal” oldindan terma jamoalarimizga ko'plab futbolchilarni etkazib berardi. Nazarimda bu borada oxirgi yillarda nisbatan biroz pasayish kuzatilayotgandek tuyulmoqda. Fikrimga qo'shilasizmi?
- Turli muammolar sababli shunday bo'lib qolmoqda. Agarda 1998 yilda tug'ilgan yoshlardan iborat terma jamoani oladigan bo'lsak, avvaliga bu terma jamoaga “Mashal”dan 12ta nomzod bor edi. Keychalik nimaga 3ta qoldi? Nimaga boshqa jamoani o'yinchilari ko'payib ketti? Bizdan 3ta o'yinchi “Paxtakor”ga o'tib ketdi. Yana bittasi “Nasaf”ga! Nomlarga alohida to'xtalmoqchi emasman. O'ylashimcha ular kimlar ekanligini bilib oldinglar. Agarda shularning 3tasi bo'lganida, “Mashal”dan nomzod 6ta bo'lardi. SHunda ko'rsatkich qanday bo'lardi? Albatta yuqori! SHunaqa “kasallik” yoki noto'g'ri ishlashimizmi salbiy tasir o'tkazmoqda. Balki o'zimiz noto'g'ri ishlayotgan bo'lishimiz ham mumkindir. Men doim avvalo o'zimdan xato qidirishga o'rganganman. Demak men qaerdadir xato qildim va qaysidir tarbiyalanuvchimiz boshqa klubga o'tib ketdi. SHu tomondan bizda ozgina muammolar bo'lmoqda. Lekin bu borada o'ylab ko'ramiz va muammoga barham beramiz. Yana qaytaraman biz ikki qadam orqaga tashlagan bo'lsakda, bu taslim bo'ldi degani emas. Biz yangi hujumga hozirlik ko'ryapmiz. Yangi avlodni tayyorlamoqdamiz. 4 yillik rejamizni tasdiqdan o'tkazib bo'ldik. Murabbiylarimiz ushbu dastur bo'yicha ish olib borishmoqda. O'ylaymanki bu asta-sekin o'z maxsulini beradi. Ustozlarimiz qo'yib bergan poydevorni maksimal darajada yanada mustahkamlashga intilamiz.  


Islombek Rustambekov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика