So’nggi yangiliklar

00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  2 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  6 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2 23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  1 23:14Расман: "Арсенал" Гёкерешни 63,5+10 млн еврога сотиб олди  3 22:58Гёкереш тиббий кўрикдан ўтди ва "Арсенал" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  2 22:35Назорат ўйини. "Нефтчи" ФарДУни аяб ўтирмади, Нимели ва Марушичдан дубль  6 22:17Александар Митрович - "Манчестер Юнайтед"нинг янги мақсади  1 21:45Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  8 21:22"Тоттенхэм" Родриго учун курашга киришди  1 20:47"Манчестер Сити" Эдерсонни сотишга тайёр  2 20:20Ўртоқлик ўйини. "Сурхон" "Бухоро"дан устун келди  7 19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  3 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  4 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  10

Ilhom Qurbonov: "2015 yil OCHL uchun harakat qilamiz" Yangiliklar

Ilhom Qurbonov: "2015 yil OCHL uchun harakat qilamiz"

Keyingi yil oliy liga uchun tashlangan quradan so'ng "Mashal" vice-prezidenti Ilhom Qurbonov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"O'tgan yiliyam qura biz uchun og'ir keldi deb aytishgandi. Biroq aslida taqvim har doim bir xil bo'ladi. Barcha raqiblar bilan baribir qachondir o'ynaymiz. SHunchaki mavsum boshida yigitlar yaxshi formada bo'lishsa bas", - deydi Qurbonov.

- Yangi mavsum uchun "Mashal" o'z oldiga qanday maqsad qo'yildi?

- Avvalo barcha o'yinda g'alaba uchun o'ynaymiz. Iloji bo'lsa Osiyo CHempionlar ligasiga yo'llanma uchun kurshamamiz. Yani 2014 yilgi natijamizni yaxshilashga urinamiz.

- Buning uchun tarkibni yaxshigina kuchaytirish kerak bo'ladi. Bu borada ish olib borilayaptimi?

- Selekciya ishlari davom etmoqda. Bir nechta legionerlar bilan muzokara o'tkazayapmiz. Bugun-erta familiyalarni malum qilamiz.

- Bugunga kelib klubdan ketgan futbolchilar bormi?
- Rasman Mo'ydin Mamazulumov, Abbos Omonov va Andrey Derkach kabi futbolchilarning shartnomalari yakunlandi. Ular jamoamizni tark etishdi. Mirzohid G'ofurovning shu yil oxirigacha amaldagi shartnomasi bor. Biroq u hozirda bizdan ruhsat so'ragan holda "Bunyodkor" mashg'ulotlarida ishtirok etmoqda. G'ofurov qaysi klubda o'ynashini o'zi hal qiladi. Bu masala yaqin kunlarda hal bo'ladi.

- SHukurov va SHomurodov kabi futbolchilarga xorijdan qiziqish bo'lgandi. Hozir vaziyat qanday?
- Otabek SHukurovga "Bunyodkor" qiziqish bildirdi. Toshkent klubi bilan muzokara o'tkazayapmiz. Eldor SHomurodov esa 8 yanvar kuni Germaniya klubida ko'rikdan o'tish uchun uchib ketadi. Nemis klubi uning vizalari bilan shug'ullanmoqda.

- Zohir Qo'ziboev masalasi nima bo'ldi?

- Zohirning 31 dekabrgacha "Mashal" bilan shartnomasi bor. Xorij klubiga o'tishi mumkin. Lekin uni jamoada olib qolishga urinamiz, Qo'ziboev o'zimizga ham kerak.
 

Narzulla Saydullaev suhbatlashdi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика