So’nggi yangiliklar

10:07Клублар ўртасидаги ЖЧ. Ким қанча ишлаб олди?  0 09:30Ўтган мавсумдаги Суперлиганинг "энг яхши ёш футболчиси" фаолиятини водий жамоасида давом эттиради  1 08:53Терма жамоамизнинг яна бир аъзосига Греция ва Ла Лига 2 жамоасидан қизиқиш бор  10 08:19"Реал" ўз тарбияланувчисининг қайтганини эълон қилди  6 07:47Терма жамоамизнинг яна бир аъзоси легионерга айланди. Унинг янги жамоасидаги рақами ҳам маълум  7 07:39Ўзбекистон МТЖ аъзоси Эрон чемпиони билан шартнома имзолайди  9 01:44Жезуш Роналду ҳақида: "Унинг таклифи туфайли "Ал Насср"даман"  12 00:48Тер Штеген ғазабда, клубдагилар уни кетади деб ўйлашяпти, аммо...  7 00:30"Андижон" Валижон Раҳимов билан хайрлашди  2 23:43"Ал Ҳилол" собиқ устози энди "Ал Насср"ни бошқаради  1 23:17"Ньюкасл" "Айнтрахт" ҳужумчиси учун 70 млн. евро таклиф қилди  2 22:34Испания ҳукумати Ямалнинг туғилган кун байрамида карлик касаллиги бор одамларнинг ишга ёлланганини текширишни сўради  7 22:04КЖЧдан сўнг "Олтин тўп" учун ким асосий даъвогар?  75 19:54Грилишнинг янги манзили Туркия бўлиши мумкин  3 19:27Расман: Кенжабоев "Қизилқум"га қайтди  7

Ilhom Mo'minjonov: "Mavsumni qo'l ostimizdagi futbolchilar bilan yakunlaymiz" Yangiliklar

Ilhom Mo'minjonov: "Mavsumni qo'l ostimizdagi futbolchilar bilan yakunlaymiz"

Pro-liganing 5-turidan o'rin olgan "Neftchi" - "Xorazm" (5:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Ilhom Mo'minjonov jurnalistlar savollariga javob qaytardi.





- O'yin haqida

- Bugungi o'yinda qo'lga kiritilgan g'alaba bilan klub rahbariyatini, jamoa futbolchilari va muxlislarini tabriklayman. Bugundan "Istiqlol" stadioniga qo'yilgan diskvalifikaciya yakuniga etdi. Stadionga kelib qo'llab-quvvatlagan muxlislardan minnatdormiz. Bugungi g'alabani ularga bag'ishlaymiz.

Bugun yigitlar biz tanlagan o'yin uslubini alo darajada bajarishdi. Birinchi bo'limning 10-daqiqasida hisob 3:0 ko'rinishiga kelgandi. SHundan so'ng yarim himoya va himoya chizig'imiz ozgina bo'shashib qoldi. SHu sabab gol o'tkazib yubordik. Tanaffusda, kiyinish xonasida futbolchilar bilan bu borada gaplashdik. Yigitlarga rahmat aytaman, ular ikkinchi bo'limda faol harakat qilib, raqib darvozasiga yana 2 ta to'p kiritishning uddasidan chiqishdi.

- "Istiqlol" jamoasi bilan bo'lib o'tgan uchrashuv natijasi bekor qilindi. Bu xolatga munosabatingiz qanday? SHuningdek, ushbu jamoadan "Neftchi"ga jalb etilishi mumkin bo'lgan futbolchilar bormi?

- "Istiqlol" jamoasi 4 ta turdan so'ng musobaqani tark etdi, afsus. Ular bilan o'yinda 3 ochkoni qo'lga kiritgan edik, bu natija bekor qilindi. Boshqa choramiz yo'q, endi navbatdagi tur uchrashuvlariga jiddiy tayyorgarlik ko'ramiz. "Istiqlol" bilan qiyin o'yin bo'lgandi, yaxshi jamoa edi. Nega musobaqani tark etdi, hayronman. O'sha o'yinda qo'lga kiritilgan 3 ochkoni yo'qotdik, lekin bugun g'alaba qozonib, o'sha ochkolar o'rnini to'ldirdik. Bizda hozirda 25 nafar futbolchi bor, fikrimcha, ushbu futbolchilar bilan mavsumni yakunlaymiz. Avval ham aytganman, ikki nafar yosh futbolchini kuzatyapmiz. Ular terma jamoa azosi bo'lgan iqtidorli futbolchilar hisoblanishadi. Balki hammasi yaxshi ko'rinishda davom etsa, transferlar oynasi ochilgan vaqtda ularni tarkibga qo'shib olarmiz.

- Ko'pchilik muxlislar jamoa hujumchisi Otabek Zokirovning maydonga tushirilmayotgani sababi bilan qiziqishmoqda. Bunga qanday izox berasiz?

- Otabek Zokirov iqtidorli va yaxshi saviyadagi hujumchi hisoblanadi. Mavsum avvalida unda 2-3 jamoadan takliflar bor edi, qo'yib yuborganim yo'q. Hali chempionat uzun, oldinda Kubok bahslari ham bor. Albatta rotaciya qilib, keyingi o'yinlarda Zokirovga ham imkoniyat beramiz.

Reyting: +28   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика