So’nggi yangiliklar

15:52"WhoScored" клублар ўртасидаги жаҳон чемпионатининг гуруҳ босқичи рамзий термасини тақдим қилди  0 15:15Факт: "Нефтчи" 17 йилдан буён меҳмонда "Қизилқум"ни юта олмаяпти  0 14:52“Нефтчи” академияси фаолиятини бошламоқда!  1 14:20Месси туғилган кунини нишонлади, Араухо уйланди, ПСЖда "ойлик чиқди". Футбол юлдузлари ҳафтани қандай ўтказди?  3 14:10Котрина Кулбите: "Муносиб ўйин кўрсатиб, Осиё кубоги йўлланмасини қўлга киритишни мақсад қилганмиз"  1 13:54"Динамо" бир киши кам бўлиб "Қўқон-1912"ни ютган учрашувдан галерея  2 13:28Гвардиола Грилишнинг кам ўйнаётгани сабабини айтди  0 12:56Милан Митрович: “Футбол ҳаётга ўхшайди — ҳамма нарса режадагидек кетавермайди”  1 12:50Симоне Инзаги: "Пеп Гвардиола - энг зўри"  2 12:22Исломбек Исмоилов: "Нефтчи"га вилоят ҳокимининг таклифи билан келдим"  11 12:12Рафинья Нико Уильямс ҳақида: "Юқори сифатли футболчи"  2 11:44"Астон Вилла" "Челси" ва "Арсенал" қизиқаётган футболчиси учун 100 млн фунт талаб қилмоқда  1 11:16"CAFA Nations Cup" мусобақасида 8 терма жамоа иштирок этади  7 10:50Винисиуснинг талаблари маълум. Унинг талабларини “Реал“ қабул қилишга тайёр эмас  14 10:20“Рома“ ҳужумчисига Россиядан таклиф бор  0

Ilhom Mo'minjonov: "Yigitlar ko'rsatmalarni to'g'ri bajarishdi" Yangiliklar

Ilhom Mo'minjonov: "Yigitlar ko'rsatmalarni to'g'ri bajarishdi"

Pro-liganing 18-turidan o'rin olgan "Neftchi" - "Buxoro" (2:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Ilhom Mo'minjonov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.





O'yin haqida

- Birinchi navbatda jamoamiz azolari va "Neftchi" muxlislarini g'alaba bilan tabriklayman. Ochkolar jamg'arishda davom etamiz. Albatta bugun qiyin o'yin bo'ldi, g'alaba osonlikcha qo'lga kiritilgani yo'q. Yigitlar o'yin davomida berilgan ko'rsatmalarni to'g'ri bajarishdi. Bugungi o'yin bilan birinchi bosqich yakuniga etdi. Ertaga 2-bosqichga qura tashlanadi. SHundan kelib dastlabki raqiblarimizni bilib olamiz.

- "Olimpik" jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze o'z intervyularidan birida "Istiqlol" stadioni maysalari va xolatini salbiy baholadi. Bu haqida fikringiz qanday? 

- "Istiqlol" stadionida uy o'yinlarimizni, shuningdek mashg'ulotlarni o'tkazayapmiz. Stadion rahbariyati va xodimlari maydon maysalarini mukammal xolatga keltirish bo'yicha ishlashmoqda.

- Katta ehtimol jamoangiz Superligaga yaqin turibdi. Agar Superliga yo'llanmasi qo'lga kiritilsa "Istiqlol" stadioni maysalari yuqori liga o'yinlariga qadar shay xolatga keladimi?

- Albatta tayyor bo'ladi. Hozir bu borada ishlar olib borilmoqda. Maydon maysasi 7-8 avval qo'yilgan ekan. Hozir bu borada ishlar jadal suratda davom etmoqda.

- Muxlislardan kelgan savollar. Doston Toshmatov nega maydonga tushmayapti? SHuningdek, "Neftchi"ning U-18 jamoasidan asosiy tarkibga mos futbolchilar bormi?

- Doston Toshmatovning iqtidoriga shubha yo'q. Lekin hozir bizda hujum chizig'ida raqobat kuchli. Doston bizga kerak va albatta keyingi o'yinlarda maydonga tushiramiz. 

"Neftchi"ning U-18 jamoasi o'zi ishtirok etayotgan chempionatda bejizga birinchi o'rinda ketayotganlari yo'q. Albatta yoshlar jamoamiz tarkibida mahoratli futbolchilar bor. Biz ularni bosqichma-bosqich asosiy tarkibga jalb etib boramiz.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика