So’nggi yangiliklar

00:48Виктор Гёкерешни яхшигина пулга сотган "Спортинг" 25 млн. еврога Луис Суаресни сотиб олди  0 00:27Равшан Эрматов: "Ўртоқлик ўйинлари ҳақида бир тўхтамга келганимиздан сўнг хабар берамиз"  2 00:10Уче Бриансео Нвадике: "Осиё кубоги саралаш босқичида нималарга қодир эканлигимизни кўрсатамиз"  0 23:44Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Индивидуал совринлар кимларга насиб этди?  1 23:26Тимур Кападзе: "Аргентина ва Уругвай билан ўйин... Бу маълумот ҳақиқатга яқин"  18 23:00"Бавария" Риберининг учинчи ўринбосари учун 75 млн евро сарфлади. Бу сафар натижа қандай бўларкин?  2 22:53Тер Стеген ва "Барселона" ўртасидаги муносабатлар таранглашганми?  1 22:22"Нефтчи" уч нафар футболчи билан шартнома имзолади  2 22:10U-23. Ўзбекистон – Япония 0:2  4 21:55Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Япония U-23 Ўзбекистонни мағлуб этди ва турнир ғолибига айланди  75 20:56ПСЖ Доннарумма борасида "Челси", "Галатасарой" ва бошқа клублар таклифларини кўриб чиқишга тайёр  4 19:57"Локомотив" Тожикистон жамоасидан енгилди  3 19:43"Эвертон" Кубога қизиқиб қолди  0 19:19Жака АПЛга қайтмоқда   1 18:39Гвардиола "Барселона"га қайтадими?  11

Ilhom Mo'minjonov: "O'ylaymanki, bugun Yaypandagi oxirgi o'yinimiz bo'ldi" Yangiliklar

Ilhom Mo'minjonov: "O'ylaymanki, bugun Yaypandagi oxirgi o'yinimiz bo'ldi"

Superliganing 12-turidan o'rin olgan "Neftchi" - "Nasaf" uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Ilhom Mo'minjonov fikrlarini bildirib o'tdi.




"Bugungi o'yinga to'xtalsam, tanaffus bizga foyda keltirdi. 2-3 nafar futbolchilarimiz jarohatdan forig' bo'lib maydonga qaytishdi. Bu o'yinda biz g'alabaga loyiq edik, deb o'ylayman. Bir nechta vaziyatlarda "Nasaf" darvozaboni mahoratini ko'rsatdi. Durang, bir ochko bilan ham yigitlarni tabriklayman. Ularga qilgan mehnati uchun rahmat aytaman. Muxlislarga ham minnatdorchilik bildirishimiz zarur. SHu paytgacha doim ajoyib tarzda qo'llab-quvvatlab kelishmoqda. 

- Lutfulla To'raev bugun himoyada harakat qildi. U keyingi uchrashuvlarda o'z poziciyaga qaytadimi?

- Anvarjon G'ofurovda 4ta sariq kartochka borligi uchun bugungi uchrashuvni o'tkazib yubordi. Hozirda Abbos G'ulomovda ham shunday holat. Umar Adhamzoda, Lutfulla To'raev, Izzatilla Abdullaev Superligadagi tanaffusda tiklanishdi. Bu esa raqobatni oshirdi. 

- Husniddin G'ofurov ko'rinish bermayotgani nima bilan bog'liq?

- Jarohati bor. Uyda davolanmoqda. 

- Abror Ismoilovning shartnomasi qanday?

- Yil oxirigacha ijaraga olingan.

- "Surxon" bilan uchrashuvning neytral maydonda o'tishi "Neftchi"ga ustunlik beradimi?

- Ular ham biz kabi neytral maydonda o'ynamoqda. O'ylaymanki, bu erdagi oxirgi o'yinimiz bo'ldi. Safardan qaytganimizdan so'ng ikkinchi davrada "Istiqlol" stadionida raqiblarni qabul qilamiz. "Surxon"ning oxirgi ikki o'yinini kuzatdik. Murabbiyning qo'li borligi ko'rinib turibdi. Biz faqat uch ochko uchun o'ynaymiz. Ortga yo'limiz yo'q.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика