So’nggi yangiliklar

23:02Эрон. "Персеполис" меҳмонда Фуладга ютқазди. Ўрунов бир тайм ўйнади  0 22:33"Насаф" назорат учрашувида "Иртыш"ни мағлубиятга учратди  4 22:12"Қўқон-1912" Туркиядаги илк назорат ўйинида Косово клубига ютқазди  1 21:42"Манчестер Сити" Оскар Боббни АПЛнинг бошқа клубига сотиш бўйича келишувга эришди  0 21:09Стерлинг ўз академиясида болаларни машқ қилдирмоқда. "Челси" футболчиси бу мавсум майдонга тушмади  2 20:45"Челси" Эндрикни сотиб олиш учун катта сумма тўлашга тайёр  4 20:22"Барса" ва "Ман Сити" Дюмфрисга қизиқишини сақлаб қолмоқда  0 19:45"Перес эффекти". Флорентино Беллингем ва бошқа юлдузлардан муносабатни ўзгартиришни талаб қилди  15 19:03Суперлиганинг янги мавсумига қуръа ташлаш маросими бўлим ўтди (тўлиқ тақвим)  36 18:44Футзал бўйича Осиё кубоги–2026 кундалиги: 1-тур баҳслари якунланди (жадвал)  3 18:35Футзал бўйича Осиё Кубоги. Ўзбекистон Тожикистонни юта олмади  33 17:38"Сени топаман!" — Адрианонинг онасини сунъий интеллект ёрдамида алдаб, пулларини ўғирлашди  2 16:39"Фарғона вилояти ҳоким кубоги" старт олди: "Нефтчи" U-21 ва "Яйпан" ғалабага эришди  8 16:24"Тоттенхэм" футболчиси Ferrari да ўйинга кетаётиб, аварияга учради  1 15:50Матвей Сафонов "Ньюкасл"га қарши ўйин қайдномасига киритилди  3

Ilhom Mo'minjonov: "O'yin durangga mos edi" Yangiliklar

Ilhom Mo'minjonov: "O'yin durangga mos edi"

"Paxtakor" - "Navbahor" uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanida dastlab jamoamiz bosh murabbiyi Ilhom Mo'minjonov o'yin borasida o'z fikrlarini bildirdi.
"Bugungi o'yin durangga mos edi. Biroq himoyadagi qo'pol xatolarimiz tufayli gol o'tkazib yubordik. Yigitlar bor vujudlari bilan maydonda harakat qilishgani uchun tashakkur bildiraman. Bu - futbol... Maydon tekis, to'p dumaloq. Xayot davom etadi. Kerakli xulosalarni chiqarib, "Lokomotiv"ga qarshi tayyorgarlik ko'rishni boshlaymiz. Keyingi o'yinni o'z maydonimizda o'tkazamiz. Namanganda "Navbahor" hujumkor ruhda to'p suradi. Har bir o'yinda g'alabani o'z oldimizga maqsad qilib tushamiz. To'g'ri, kam gol uryapmiz. SHuning uchun hujumda katta muammolarimiz bor. Bizni faqatgina kam gol o'tkazayotganimiz quvontiradi, xolos. Mavsumni kuchli uchlikda yakunlashga harakat qilamiz. Namangandan kelib, bizni shunchalik qo'llab-quvvatlagan muxlislarimizdan murabbiylar shtabi nomidan uzr so'rayman. Navbatda bizni o'z uyimizda ikkita og'ir bellashuv kutib turibdi. Keyingi o'yinlarda ham muxlislarimizni ko'p miqdorda o'yingohga kelib, bizni olg'a chorlashlarini iltimos qilaman.

- Nima uchun jamoa yaxshi o'yin namoyish etib turganida himoyachilarni maydonga tushirdingiz?
- Maqsadim himoyani kuchaytirish emasdi. Ahamiyat bergan bo'lsangiz, so'nggi o'yinlarda Samatov va SHamsiddinov faqat yarim himoyada o'ynashmoqda. Bu futbolchilarim oxirgi uch o'yinda mazkur chiziqda yaxshi harakat qilishgani uchun shunday qaror chiqardim. Ularning ikkisi ham zaxiradan maydonga tushib, o'yinimizni kuchaytirishdi.

- "Paxtakor" o'yinida so'nggi paytlarda pasayish kuzatilmoqda. Jamoa "SHo'rtan" va "Mashal"ga yutqazdi. Bugun "Navbahor" uchrashuv davomida durangga o'ynagandek taassurot qoldirdi.
- Bu fikrga qo'shilmayman. "Paxtakor"da pasayish yo'q. Hozirgi kunda jamoada raqobat kuchaygan. Barcha jamoalarning tarkiblarida yoshlar o'sishmoqda. Biz uch ochkoni ko'zlab maydonga tushgandik...

- Oybek Qilichev so'nggi paytlarda agressiv xulqni ko'rsatmoqda. U bilan bu masala bo'yicha alohida gaplashiladimi?
- Oybekning agressiv o'yini menga yoqadi. Ushbu futbolchining harakatlari jamoadoshlariga ruhan qo'shimcha kuch bag'ishlaydi. Uning "Dinamo" bilan kechgan o'yinda olgan qizil kartochkasi o'yindan tashqarida bo'lgan. Buning uchun u jazolangan. Har bir bahsda Oybek bor kuchini maydonda sarflagani uchun unga doim raxmat aytaman. Bilasiz, Qilichev avval "Paxtakor"da o'ynagan. Oybek sobiq jamoadoshlari nimalarga qodirligini yaxshi biladi. Bugun Qilichev gol urishga vada bergandi, lekin afsuski niyati amalga oshmadi.
Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика