So’nggi yangiliklar

01:48"Ал Шабаб" "Милан" футболчисини 14 млн евро эвазига харид қилишга тайёр, аммо...  1 01:21"Милан" сардори "Галатасарой"ни рад этди. Турк клуби ҳимоячига "Милан"дагидан кўпроқ маош таклиф қилганди  0 00:51"Комо" Рафаэль Вараннинг трансферини эълон қилди  2 00:22"Жирона" "Тоттенхэм" форвардини ижарага олиш бўйича келишувга эришди  0 23:51"Манчестер Юнайтед" яқин вақтларда Санчонинг тақдирини ҳал қилади  0 23:21"Барселона" собиқ футболчиси "Ювентус"га ўтишга яқин  0 22:55Мбаппесиз: "Реал" АҚШдаги турне учун таркибини эълон қилди  2 22:31"Реал" 2025 йилда Трент ва Дэвис билан текинга шартнома имзолаш устида ишламоқда  4 22:06"Галатасарой" 22 млн еврога РПЛдан ўйинчи харид қилади?  0 21:23"Челси" "Реал" посбони билан шартнома имзоламайди  5 20:56Сержи Роберто "Аякс"га ўтиши мумкин. У "Барса"дан эркин агент мақомида кетади  0 20:31МЮ 25 млн евро эвазига Мазрауининг ўтиши борасида "Бавария" билан келишувга эришди  1 20:04"Атлетико" "Вильярреал" форвардига қизиқмоқда  0 19:32"Тоттенхэм" кореялик ўйинчини трансфер қилди  3 19:07Расман: "Шабаб Ал Аҳли" Азмуннинг трансферини эълон қилди  14

Ilhom Mo'minjonov: “Jamoamizda eng kuchli futbolchilar to'planishgan” Yangiliklar

Ilhom Mo'minjonov: “Jamoamizda eng kuchli futbolchilar to'planishgan”

“Navbahor” – “SHo'rtan” uchrashuvidan keyin o'tkazilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida “Navbahor” jamoasi bosh murabbiyi Ilhom Mo'minjonov OAV vakillarining savollariga javob berdi:

 - Bugun shiddatli o'yin bo'ldi. Uchrashuvni qiyin o'tishini kutgandik. “SHo'rtan”ga qarshi aniq to'p uzatishlarni amalga oshirib kombinacion va bu orqali chiroyli o'yin ko'rsata olmadik. G'uzorliklar o'z maydonidagi so'nggi ikki o'yin davomida “Lokomotiv” 80, “Paxtakor” 85 foiz to'p bilan muomila qilgan bo'lishlariga qaramay “SHo'rtan” darvozasini ishg'ol qila olishmagandi. Jamoada murabbiy almashadimi yoki rahbariyatmi “SHo'rtan” jamoasida bugungi kunda kuchli futbolchilar to'planishgan. Jamoa kuchli himoya chizig'iga ega bo'lish bilan bir qatorda ahil kollektiv jamlangan. Raqib o'yinini murabbiylar shtabi bilan o'rganib chiqqanimizda bir-ikki to'p oshirishdan keyin faqat oldinga o'ynash kerak degan xulosaga kelgandik. Ko'p to'p oshirishlar orqali harakat qilib, “SHo'rtan” himoyasini yorib o'tishda qiynalardik. Agarda “Lokomotiv” va “Paxtakor” kabi uslubdan foydalanganimizda gol ura olmasdik va jarima to'pi ishlamagan bo'lardik. Tanaffus paytida ham futbolchilarga bir-ikki to'p oshirishdan keyin oldinga o'ynash lozimligini tushuntirgandim. Bunday uslubdagi futbol ko'pchilikka yoqmaydi. “SHo'rtan” jamoasi himoyada kuchli o'yin namoyish etishini inobatga olgan holda shu tarzda harakat qilishga majbur bo'ldik. Futbolchilarimizga namoyish etilgan o'yin va bor kuchlari bilan to'p surishgani uchun rahmat aytaman.

Azizbek Turg'unboev zaxiradan maydonga tushib, o'yinga kirishib keta olmadi. Turg'unboev yaxshi futbolchi asosiy tarkibga kiritganimda zo'r o'ynagandi. O'ylashimcha uni biroz ertaroq maydonga tushirdim. Abbos Otaxonovda jarohat borligi sababli Azizni tarkibga qo'shgandim. O'zimning faoliyatimdan xulosa qilib aytadigan bo'lsam birinchi bo'limdan keyin maydonga tushgan futbolchini o'yinga kirishib ketishi bazi xollarda qiyin kechadi. Ko'p xato qilgani va ayrim vaziyatlarga ulgurmaganligi sababli o'rniga boshqa futbolchini tushirishga majbur bo'ldim.

Bekobodda “Metallurg”ga qarshi uchrashuvning birinchi bo'limida besh nafar himoyachi bilan harakat qildik. Ahamiyat bergan bo'lsangiz, tanaffusdan keyin hujumchilarni maydonga tushirdim. Natijada hujum chizig'imizda Yovanovich, Ahmedov va Saidovlar harakat qilishdi. Saidovning Bekoboddagi o'yini juda yomon chiqdi. Yani o'zini ko'rsata olmadi. Bu haqda uni o'ziga mashg'ulotlar va jamoa azolari bilan o'tkazilgan yig'ilishlarda ham aytib o'tdim. O'yini chiqmaganligi sababli zaxirada qoldirdim. Bugungi uchrashuvda esa tanaffusdan keyin unga ishonch bildirdim. Mansurga Bekoboddagi o'yinni esdan chiqarib, bugungi bahsda o'z imkoniyati darajasida to'p surishini aytib o'tdim. Saidov maydonga tushib, o'zini ko'rsatdi va xavfli vaziyat yaratdi. Agarda bahs oxiridagi vaziyatdan samarali foydalanganida hisob 2:0 ko'rinishiga kelardi. Ixtiyorimda bo'lgan barcha futbolchilarga doimo ishonch bildiraman.

O'yinlarda jamoamizga oson bo'lmaydi. “Paxtakor”ga qarshi Toshkentda o'tadigan uchrashuvga faqat g'alabani ko'zlab boramiz. Hozirgi kunda himoyamizdan ko'nglimiz to'q. Beshta uchrashuvdan beri darvozamiz daxlsizligini taminlab kelmoqdamiz. Hujumda biroz omadimiz yurishmayapti. Aynan shu sababli kichik hisoblarda g'alaba qozonmoqdamiz. Boshqa barcha o'yinlarda bo'lgani kabi Toshkentda ham yutuq uchun harakat qilamiz. “Paxtakor”dek jamoadan uch ochkoni tortib olish biz uchun sharafli bo'lardi. Oldinda murakkab uchrashuvlar turibdi. SHu sababli, ertadan dam olishsiz navbatdagi o'yinga tayyorgarlik ko'rishni davom ettiramiz.  Bu yilgi mavsumda oliy ligada qatnashayotgan barcha jamoalarni kuchi deyarli bir xil. CHunki, futbolchilar yoshlar o'smoqda. Bundan tashqari istalgan jamoa tarkibida kuchli va tajribali futbolchilar mavjud. Barcha o'zini ko'rsatishga intilmoqda. Bu jihat esa chempionatni qiziqarli tus olishiga zamin yaratmoqda. O'z navbatida “Navbahor” ham yaxshi, ijobiy natijalar qayd etib, namanganlik muxlislarni xursand qilish niyatida.

Ishqibozlarimiz murabbiylar shtabiga ishonishsa va jamoaga dalda bo'lishsa o'zimizni va muxlislar yuzini yorug' qilib, “Navbahor” jamoasini imkon qadar kuchlilar qatoriga qo'shishga harakat qilamiz. Iloji bo'lsa xalqaro maydonda ham to'p surishni istaymiz. Ayrimlar jamoadagi futbolchilarni xalqaro maydonda munosib tarzda to'p surishiga tajribasi etmasligi mumkin deyishi mumkin. Lekin, jamoamizda ayni paytda eng kuchli futbolchilar to'planishgan. Fursatdan foydalanib, jamoamizni safar uchrashuvlarida ham qo'llayotgan muxlislarimizga minnatdorchilik bildiri o'taman.

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика