So’nggi yangiliklar

01:48"Ал Шабаб" "Милан" футболчисини 14 млн евро эвазига харид қилишга тайёр, аммо...  2 01:21"Милан" сардори "Галатасарой"ни рад этди. Турк клуби ҳимоячига "Милан"дагидан кўпроқ маош таклиф қилганди  0 00:51"Комо" Рафаэль Вараннинг трансферини эълон қилди  2 00:22"Жирона" "Тоттенхэм" форвардини ижарага олиш бўйича келишувга эришди  0 23:51"Манчестер Юнайтед" яқин вақтларда Санчонинг тақдирини ҳал қилади  0 23:21"Барселона" собиқ футболчиси "Ювентус"га ўтишга яқин  0 22:55Мбаппесиз: "Реал" АҚШдаги турне учун таркибини эълон қилди  2 22:31"Реал" 2025 йилда Трент ва Дэвис билан текинга шартнома имзолаш устида ишламоқда  4 22:06"Галатасарой" 22 млн еврога РПЛдан ўйинчи харид қилади?  0 21:23"Челси" "Реал" посбони билан шартнома имзоламайди  6 20:56Сержи Роберто "Аякс"га ўтиши мумкин. У "Барса"дан эркин агент мақомида кетади  0 20:31МЮ 25 млн евро эвазига Мазрауининг ўтиши борасида "Бавария" билан келишувга эришди  1 20:04"Атлетико" "Вильярреал" форвардига қизиқмоқда  0 19:32"Тоттенхэм" кореялик ўйинчини трансфер қилди  3 19:07Расман: "Шабаб Ал Аҳли" Азмуннинг трансферини эълон қилди  15

Ilhom Mo'minjonov: “Irodali durang uchun yigitlarga rahmat” Yangiliklar

Ilhom Mo'minjonov: “Irodali durang uchun yigitlarga rahmat”

“SHo'rtan” – “Navbahor” jamoalari o'rtasidagi uchrashuv yakuniga etgach har ikki jamoa murabbiylari o'z fikrlari bilan o'rtoqlashishdi.
Dastlab, jurnalistlarning savollariga “Navbahor” bosh murabbiyi Ilhom Mo'minjonov javob berdi: - O'zinglar ko'rganinglardek o'yin qiziqarli bo'ldi. Irodali durang qayd etganliklari uchun futbolchilarimizga rahmat aytaman. Yigitlar ikki to'p farqi bilan ortda qolayotgan bir paytda ruhiy tomondan tushkunlikka tushmasdan oxirigacha kurashishdi. Bugun himoyadagi qo'pol xatolar tufayli o'z darvozamizdan uchta to'p olib chiqishga majbur bo'ldik. Himoyadagi xatolarni bartaraf etish ustida ishlaymiz. Uchrashuvda g'alaba qozonishimiz ham mumkin edi. SHunga qaramay safardagi durang yomon natija emas. Fursatdan foydalanib, Namangandan jamoamizni bevosita o'yingohda qo'llash uchun etib kelgan muxlislarimizga o'z minnatdorchiligimni bildirib o'taman. Ular 1:3 hisobida imkoniyatni boy berayotgan paytimizda ham jamoaga dalda bo'lib turishdi.

Uchrashuv so'nggida yuzaga kelgan vaziyat xususida bir nima deya olmayman. Negaki, maydonda futbolchilar harakat qilishadi. Ular o'sha holatda hakamning xushtagi chalinmaganligi sababli o'yinni davom ettirib gol urishdi. Bu borada futbolchilarning o'zlaridan so'rab bilib olishingiz mumkin.

O'yin paytida har bir murabbiyda hissiyotlar kuzatiladi. Aynan shundan kelib chiqqan holda bahs oxirlarida raqib jamoa murabbiyi bilan biroz tortishib ketdik. Oxir-oqibat, hamkasbimiz bilan kelishib oldik. O'sha vaziyat uchun hamkasbimdan uzr so'rayman. His-hayojonlar junbushga kelganligi sababli futbolda shunday holatlar ham ro'y berib turadi.

Jamoamiz o'z oldiga qo'yilgan maqsad yo'lida intilmoqda. Joriy yilgi chempionatda 2016 yilgidan ko'ra yaxshiroq natija qayd etish va mavsumni imkon qadar yuqori o'rinlarda yakunlashga harakat qilamiz. Birinchi davrada ko'plab ochkolarni boy bermaganimizda “Navbahor” jamoasini chempionatni munosib tarzda o'tkazish uchun barcha shart-sharoitlarni yaratib berayotgan Namangan viloyati hokimiga alohida minnatdorchilik bildirib o'taman.  

Yoshlarimiz birinchi davrani munosib tarzda o'tkaza olishmagandi. Tarkib yil boshida shakllantirilganligi sababli yoshlarimiz murabbiyi SHuhrat Qoraboev natijalarni ijobiy ko'rinish olishi uchun vaqt beringlar deb so'ragandi. Davralar oralig'ida tarkibni ancha yoshartirib, ko'proq ularga imkoniyat berilmoqda. Bu hol o'z samarasini berib, natijalar ham ijobiy ko'rinish olmoqda. Bilasizki, futbolda natija o'z-o'zidan kelmaydi. Futbolchilar maydonda yaxshi o'ynayotganliklari sababli yutuqlar qo'lga kiritilmoqda. Yoshlarimiz ishtirokni shu zaylda davom ettirishsa asosiy tarkibga munosib futbolchilar etishib chiqadi. Yoshlarimiz ishtirokidagi o'yinlarni jamoamiz murabbiylari muntazam ravishda kuzatishmoqda. Kelgusida “Navbahor” o'z tarbiyalanuvchilari bilan ham faxrlanadi degan umiddaman. Qolaversa, klub qoshida tashkil etilgan akademiya ham ish boshlaydi. Bu ham iqtidorli yoshlarni tarbiyalashda bizga asqotadi. Bir so'z bilan aytganda orzu va niyatlarimiz ulkan. Viloyat rahbarlariga klubni rivojlantirish borasidagi uch yillik dasturini taqdim etganmiz. Hozirda rejalarimizni amalga oshirish ustida ish olib boramiz.


Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика