So’nggi yangiliklar

08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  1 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  3 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  9 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  34 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  3 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  2 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  5 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  3 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  13 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  4 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  2 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2

Ilhom Mo'minjonov: “Inyac bilan shartnomani bekor qildik” Yangiliklar

Ilhom Mo'minjonov: “Inyac bilan shartnomani bekor qildik”

“Navbahor” – “Qo'qon-1912” jamoalari uchrashuvidan keyin o'tkazilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida “Navbahor” bosh murabbiyi Ilhom Mo'minjonov va jamoa hujumchisi Azamat Allaniyozovlar qatnashishdi.

Ilhom Mo'minjonov (“Navbahor” jamoasi bosh murabbiyi): - CHiroyli o'yin bo'ldi. Hisob bundanda yirik bo'lishi ham mumkin edi. Afsuski, shogirdlarim yaratilgan xavfli vaziyatlardan unumli foydalana olishmadi. SHu sababli 3:0 hisobidagi g'alaba bilan cheklandik. Ushbu g'alaba bilan o'yingohga kelib, jamoamizni qo'llab-quvvatlagan muxlislarimizni tabriklaymiz. Futbolchilarimiz murabbiylar shtabi tomonidan berilgan ko'rsatmalarni bajarib, chiroyli yutuqqa erishganimiz uchun ularga kattakon rahmat aytaman.

- Turg'unboevning yo'qligida “Navbahor”ning o'yini mazmunliroq ko'rindi. Bunga qanday qaraysiz?


- Yo'q. Azizbek Turg'unboevning tarkibda yo'qligi bilindi. Turg'unboev bugungi kunda jamoamizning etakchi futbolchisi. Keyingi uchrashuvlarda Azizbek maydonga tushadi va yanada chiroyliroq o'yinlar ko'rsatishga harakat qilamiz. Aslini olganda uning maydonda yo'qligi sezildi. “Qo'qon-1912” jamoasiga qarshi uchrashuvga jiddiy tarzda tayyorgarlik ko'rgandik. Futbolchilarimiz ham yaxshi o'yin namoyish etishdi. Raqibning so'nggi ikki o'yinini ko'rganib chiqib, shunga moslab, taktika tanlagandik. Bir so'z bilan aytganda, qo'qonliklarning nozik va kuchli jihatlaridan xabarimiz bor edi. Yigitlar yakunda o'z oldilariga qo'yilgan vazifani uddalashdi, yani ular ko'rsatmalarimizni yuz foizga bajarishdi.

- Sulaymonovga birinchi bo'limda keskin etiroz bildirdingiz. Bu hissiyotlar bilan bog'liq bo'lsa kerak?


- Har bir murabbiyda bu kabi hissiyotlar bo'ladi. Sardor 60 daqiqa davomida o'z mehnatlari tufayli gol urish uchun to'rtta imkoniyatga ega bo'ldi. SHu sababli uning gol urishini istagandim. Hissiyotlarimni futbolchimiz yaxshi biladi. Nima bo'lgan taqdirda ham yaxshi o'yin ko'rsatdi. Lekin, hujumchilardan faqat gol talab qilaman.


- Jamoadagi o'zgarishlar xususida ham ikki og'iz fikr bildirsangiz...


- Uchrashuv yakuniga etgach, serbiyalik hujumchi Nenad Inyac bilan tuzilgan shartnomani o'zaro kelishgan holda bekor qildik. Futbolchi bugun jamoa bilan xayrlashdi. O'tgan vaqt davomida Inyac jamoamizga yordam berdi. SHu sababli, klub rahbariyati va jamoa azolari nomidan unga kattakon rahmat aytamiz. Futbolchining keyingi faoliyatiga omad tilab qolamiz. Rejamizga ko'ra, jamoaga yangi futbolchilarni taklif etamiz. Ularni aynan kim ekanligi hozircha sir.

- “Navbahor”ga kelganingizdan buyon “vodiy derbi”larida g'alaba qozona olmayotgandingiz. Bugungi uchrashuv oldidan qandaydir bosim sezilmadimi?


- Hech qanday bosim bo'lgani yo'q. Oldin ham aytganimdek, har bir uchrashuvga jiddiy tarzda tayyorgarlik ko'ramiz. Har bir raqibni murabbiylar shtabi bilan sinchkovlik bilan o'rganib chiqqan holda taktika tanlaymiz. Bugun o'ylagan rejalarimizni amalga oshirib, yirik g'alabani tantana qildik. “Qo'qon-1912” jamoasiga keyingi o'yinlarda omad tilab qolaman.

Azamat Allaniyozov (“Navbahor” hujumchisi): - Avvalambor muxlislarimizni g'alaba bilan tabriklayman. Bosh murabbiymiz tomonidan berilgan ko'rsatmalarni ortig'i bilan uddaladik, deb o'ylayman. Yigitlar bilan birdamlikda hamjihat bo'lib harakat qilganimiz sababli, ishonchli g'alabani qo'lga kiritdik.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика