So’nggi yangiliklar

18:55"Қизилқум"ни яна 2 нафар футболчи тарк этди  0 18:41Расман: Пўлатхўжа Холдорхонов энди "Андижон" футболчиси!  2 18:27"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячисини йўқотди  8 18:14Ўзбекистон Кубоги-2026 мусобақаси 1/2 финал ва финал ўйинлари марказлашган ҳолда ўтади  2 17:50Расман: Мбаппе Испания Суперкубогини ўтказиб юборади  3 17:34Расман: "Навбаҳор" Усмонов трансферини эълон қилди  4 17:20"Хоразм" мураббийи Сергей Токов: "Жаҳон ва Осиё чемпионатларига мослашиб ишлаш — мураббийларнинг тақдири"  0 16:58Гвардиол: "Бу оғир дам, лекин у мени ҳеч қачон синдира олмайди"  2 16:35Расман: Шуҳрат Муҳаммадиев "Локомотив"га қайтди  2 16:21Инсайд тасдиқланди: Озарбайжон клуби Раҳмоналиевни сотиб олди  1 16:01Расман: "Челси"га янги бош мураббий тайинланди  8 15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  1 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  7 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  1

Ilhom Mo'minjonov: "Farg'ona ahlini chempionlik bilan tabriklayman" Yangiliklar

Ilhom Mo'minjonov: "Farg'ona ahlini chempionlik bilan tabriklayman"

Pro-liganing 21-tugridan o'rin olgan "Neftchi" - "Dinamo" (2:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Ilhom Mo'minjonov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

O'yin haqida

- Bugungi g'alaba bilan Farg'ona ahlini tabriklayman. Jamoamiz azolari, futbolchilar va murabbiylar shtabiga g'alaba muborak bo'lsin deb qolaman. Guvohi bo'lganinglardek, Pro-liga chempionligiga osonlikcha erishmadik. Biz har bir uchrashuvda oxirgi o'yin kabi jang qildik. Oxirgi qadam qiyin bo'lishini bilardik, yigitlar bilan bu borada gaplashgandik.

SHerzod Karimovga kattakon rahmat aytaman, u ikkinchi bo'limda zaxiradan qo'shilib o'yinni o'zgartira oldi. Bugungi g'alaba bilan muxlislarimizni tabriklayman, biz birgalikda rahbariyat tomonidan qo'yilgan vazifani bajara oldik. Oldindagi 3 ta tur o'yinlarida ham g'alaba uchun astoydil harakat qilamiz.

- Ilhom aka, bugun "Neftchi"ning o'yini u qadar qovushmagandek ko'rindi. Nima deb o'ylaysiz, bunga maydon xolati sabab bo'ldimi?

- Hozir gapirib o'tdim, bizda oxirgi qadam qolgandi. Bu xolat o'z tasirini ko'rsatdi. Birinchi bo'limda o'yinimiz o'xshamadi, lekin ikkinchi bo'limda yigitlar yaxshi harakat qilishdi. CHempionlik o'yini shunaqa bo'ladi, oxirgi o'yinda hayajon juda kuchli bo'ladi. Alloh bizni qo'lladi va 89-daqiqada g'alaba golini kiritdik.

Viloyat hokimi Xayrulla Bozorovga katta rahmat aytaman, u kishi bizga barcha sharoitlarni yaratib berdilar. SHu insonning sayi-harakatlari evaziga 3 yildan buyon Superligaga chiqa olmay kelayotgan "Neftchi" yana kuchlilar safiga qaytdi. Yuzimiz yorug' bo'ldi, zimmamizdagi vazifani bajardik.

- Qo'yilgan maqsad amalga oshdi, yani vazifa bajarildi. Oldindagi tur o'yinlarida o'yin amaliyotisiz qolayotgan futbolchilarga imkoniyat berasizmi?

- Albatta, shunday bo'ladi. Oldindagi o'yinlarda biz o'yin amaliyoti kam bo'lgan futbolchilarga ham o'zlarini ko'rsatishlari uchun imkoniyat beramiz.

- Legioner futbolchilar xususida nimalarni ayta olasiz?

- Legionerlar bilan joriy yilning 31-dekabrigacha shartnomamiz mavjud. Ular professional futbolchi sifatida biz bilan oxiriga qadar birga bo'lishadi.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика