So’nggi yangiliklar

02:20Хейлунд МЮдан кетганидан қаттиқ ҳафа бўлган. Ҳужумчи ўзини Шешкодан яхшироқ деб ҳисоблаганди  1 01:50УЕФА "Барселона"га EЧЛ лига босқичи давомида "Камп Ноу"га қайтишига рухсат беради. Регламентда бу тақиқланганди  0 01:35Диёр Холматов: "Янги либосларнинг сифатига гап йўқ"  10 01:15Расман: Гюндоган "Ман Сити"дан "Галатасарой"га ўтди. Трансфер турк клубига текинга тушди  0 00:52Русланбек Жиянов: "Курашларга бой ўйинда ғалаба қозондик"  0 00:38Карлуш Кейруш: "Мен футболчиларимни охиригача ўйнашга мажбурлайман"  9 00:03Ровшан Мередов: "Анча ишончли ўйин ўтказдик"  6 23:25Расман: ОЧЛ 2 арафасида "Андижон"ни легионер футболчилардан бири тарк этди  11 23:17Тимур Кападзе: "Мухлислар нега кам? Ушбу саволга биз ҳам жавоб қидиряпмиз. Легионерлар кейинги учрашувга тайёр бўлади"  37 23:03Равшан Ҳайдаров U-23 Осиё кубоги саралаши ҳақида: "Жамоамиз турнирга белгиланган режа асосида пухта тайёргарлик кўрди"  2 22:08Игорь Сергеев миллий жамоа тарихидаги тўпурарлар орасида олтинчи ўринга кўтарилиб олди  13 21:40CAFA Nations Cup. Туркманистон – Ўзбекистон 1:2  27 21:30CAFA Nations Cup. Бир киши кам бўлиб қолган Ўзбекистон Туркманистонни кичик ҳисобда мағлуб этди  273 20:55Қирғизистон бош мураббийи: "Ғалабамизни ўғирлашди"  7 20:33Топ лигалардан клуб топа олмаган Лукман Туркияга йўл олиши мумкин  1

Ilhom Mo'minjonov: "CHempionlik? Nega endi yo'q. Birinchi turda "Navbahor"ga qarshi o'ynashni xohlaymiz!" Yangiliklar

Ilhom Mo'minjonov: "CHempionlik? Nega endi yo'q. Birinchi turda "Navbahor"ga qarshi o'ynashni xohlaymiz!"

Kecha, Farg'onaning Neftchi jamoasi Qozog'istoning "Maktaaral" klubi bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazib 1:1 hisobida durang o'ynadi.

Uchrashuvdan so'ng farg'onaliklar bosh murabbiyi Ilhom Mo'minjonov o'yin, mavsumga tayyorgarlik haqida fikr bildirdi.

«Avvalambor barchaga assalomu alaykum. O'quv-yig'in mashg'ulotlaridan ko'nglimiz to'lmoqda. Buning uchun rahbariyatga minnatdorchilik bildiraman. Hozirga kelib uchta o'yinda o'ynadik va barchasida durang qayd etdik. Endi 9 fevralda bitta o'yinimiz qoldi va keyin O'zbekistonga qaytamiz. Mashg'ulotlar ikki mahaldan davom etmoqda. Ishlashda davom etamiz. O'zbekistonning ko'plab jamoalari shu erda mashg'ulot olib borishmoqda. Bu erdagi sharoitlar va ob-havo yaxshi», - dedi Mo'minjonov.


Bugungi uchrashuvda Oybek Qilichev birinchi bo'limda qanot vingeri bo'lib harakat qildi. Buning sababi nimada?

- O'rtoqlik uchrashuvida futbolchilarimizni xar hil joylarda o'ynatib ko'rmoqdamiz, ular qaerda qanaqa o'ynashlarini yaxshilab bilib olmoqchimiz. SHu sababli ham birinchi bo'limda Oybek qanotda harakat qildi, ikkinchi bo'limda esa markazda o'ynadi.

Jamoadagi legionerlar haqida fikringiz?

- Jamoada to'rtta legioner bor. O'tgan yilda Stanoevich va Eshich biz bilan birga edi. Bu yil esa Daniel va SHarich jamoamizga kelib qo'shildi. Hozirgi vaqtda Eshich va SHarichning sport formasi juda yaxshi emas. Menimcha, ular keyingi o'yinimizda asosiy tarkibda tushiramiz. Ularni mavsum boshiga qadar yaxshi sport formaga olib kelamiz degan umiddamiz. Ular hali yosh va biz yaxshi legionerga ega bo'ldik deb o'ylayman.

«Neftchi» yangi mavsum uchun tanlab-tanlab futbolchilarni olib kelmoqda. Biz «Neftchi»da yana yangi nomlarni ko'ramizmi?

- Hozircha eng oxirgisi Ubaydullaev. Menimcha, bir ikki kunda yana bitta futbolchi kelib qo'shiladi. «Paxtakor» azosi Abror Ismoilov transferi hal bo'ladi deb o'ylaymiz. Muzokaralar davom etmoqda. O'ylashimcha, yangi mavsumda Ismoilov bizning jamoada harakat qiladi. Katta ehtimol bilan, Abror biz uchun so'nggi transfer bo'ladi. Allaqachon darvozabonlar bilan birgalikda 25 ta futbolchi yig'ib bo'ldik.

Yangi mavsumda «Neftchi»ning maqsadlari qanday? CHempionlik bo'lmasa ham.

- Nega endi yo'q, endi bu futbol. Farg'ona jamoasi doim yuqori maqsadlarni oldiga qo'yadi. «Neftchi» uch yil deganda Superligaga qaytdi. O'ylaymanki, faqat olg'a intilamiz. Futbolchilarimiz ham qanday jamoaga kelishgani bilib turishibdi. Maqsadimiz faqat tepaga.

10 fevral kuni yangi mavsumga qura tashlash marosimi bo'lib o'tadi. Birinchi turda kimga qarshi o'ynashni istagan bo'lar edingiz?

- «Navbahor». Vodiy derbisi! Qaerda o'ynashimizni farqi yo'q!

Nega O'zbekiston jamoalarining ko'pi yangi mavsumga tayyorgarlikni Turkiyada o'tkazmoqda?

- Bir necha yildan beri uch-to'rtta jamoa chetda mashg'ulot olib borishardi. Bu yil esa 10 ta jamoa keldi. Birinchi navbatda sharoit, keyin ob-havo. O'zbekistonda yomg'ir yog'sa, maydonni ayash maqsadida, suniy maydonlarda mashg'ulot olib borar edik. Bu esa futbolchilarga qiyinchilik tug'diradi. Bu erda har qanday ob-havo bo'lishidan qatiy nazar mashg'ulot olib borish mumkin. Keyin bu erda raqib ko'p, o'yin ko'p. Keyin ikki — uch haftalik o'quv-yig'in mashg'ulotlari murabbiylarga futbolchilarni yaxshilab ko'rib olishga yanada yordam beradi. Menimcha, O'zbekiston klublari keyinchalik boshqa mamlakatlar singari chetda mashg'ulotlarda ishtirok etadi.


 

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика