So’nggi yangiliklar

19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:58"Реал Мадрид" — "Реал Бетис". Таркиблар маълум  5 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  0 18:16"Челси" "Ньюкасл"дан Италия терма жамоаси футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 17:50"Реал" икки юлдузидан қутулишни режалаштирмоқда  1 17:21Тунис терма жамоаси футболчиси: “Биз футболда 10 йил орқадамиз”  1 16:48Мармуш "Астон Вилла"га ўтиши мумкин  8 16:21"Лидс" — "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум  15 15:02Рамос фаолиятини Францияда давом эттириши мумкин  1 14:37"Реал" Винисиус бўйича қарор қабул қилди  8 14:14"Реал" "Тоттенхэм” ҳимоячисига даъвогарлик қилмоқда  0 13:50Алонсо "Реал"дан "Ливерпуль” юлдузини сотиб олишни сўради. "Қаймоқранглилар" 100 млн евродан ортиқ маблағ тайёрлаб қўйди  3 13:23"Кристал Пэлас" ўз форвардини "Манчестер Юнайтед"га сотишдан бош тортмоқда  0 12:58"Ливерпуль” "Реал" юлдузини нишонга олди. "Қизиллар" биринчи таклифни беришди  2 12:33"Милан" Влаховични ўз сафига қўшиб олмоқчи. "Ювентус" форварди "Барселона"га кетадиган бўлса, "россонерилар" Левандовскига ҳаракат қилиб кўради  0

Ilhom Mo'minjonov "Yangier" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng: "Bugungi o'yindan ko'nglim to'ldi" Yangiliklar

Ilhom Mo'minjonov "Yangier" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng: "Bugungi o'yindan ko'nglim to'ldi"

Teglar :  Ilhom Mo'minjonov
PRO-Liga 2-turidan o'rin olgan "Yangier" - "Neftchi" (0:3) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Ilhom Mo'minjonov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

O'yin haqida

Bugungi g'alaba bilan jamoamiz yigitlarini tabriklayman. Ular bugun murabbiylar shtabi tomonidan berilgan ko'rsatmalarni alo darajada bajarishdi. Uzoq demasdan Farg'onadan etib kelib bizni qo'llab-quvvatlab turgan muxlislarga minnatdorchilik bildiraman. G'alabani muxlislarga bag'ishlaymiz.

- O'tgan uchrashuvda zaxiradan o'yinga qo'shilgan futbolchilarga etiroz bildirgandingiz. Aytingchi, bugun zaxiradan tushirilgan futbolchilar ishonchingizni qay darajada oqlashdi?

- Barcha malum, o'tkan o'yinda "Olimpik" bilan durang o'ynadik. O'sha o'yinni ham yirik hisobda yutsak bo'lardi. 65-daqiqadan so'ng 3 futbolchini o'yinga tushirgandik, lekin ishonchni oqlashmagandi. Bugun guvohi bo'lganlaringdek, zaxira futbolchilari o'yinni hal qilishdi. SHerzod Karimov ikkita golli uzatma berdi, bugun u maydonda o'zining har tomonlama mahoratini namoyish etdi. Umuman aytganda bugun asosiy tarkib va zaxiradan o'yinga qo'shilgan barcha futbolchilardan ko'nglim to'ldi. Bugungi shijoatli o'yin uchun futbolchilarimizga rahmat aytaman.

- Bugun ikki jamoa vakillari harakatlarida keskinlik ko'zga tashlandi...

- Endi o'yin haqida murabbiylar shtabi bilan tahlil qilib chiqqandik. "Yangier" Samarqandda ham agressiv o'yin namoyish etgandi. Sakaev yaxshi jamoa tuzibdi. Omad biz tomonda bo'ldi, to'p nazoratini to'g'ri amalga oshirganimiz evaziga g'alaba qozondik.

- Bu yilgi PRO-Ligada qaysi jamoaning imkoniyatlarini yuqori baholaysiz?

- Hozircha hamma jamoa haqida bilmayman. O'ylashimcha barcha jamoalar bir xil. "Buxoro", "Dinamo" va so'zsiz "Olimpik" jamoalari Superliga yo'llanmasi uchun jiddiy kurash olib boradi. CHunki ularda tajribali va sifatli futbolchilar bor. Murabbiylari ham nomdor. Yana "Oq-tepa" ham yaxshi jamoa, "Xorazm" mana 1-turda g'alabaga erishdi. Navbatdagi turda "Istiqlol" bilan o'ynaymiz, ular ham Superliga uchun kurashishni maqsad qilgan. Bu o'yinga jiddiy tayyorgarlik ko'ramiz.

- Ulug'bek Xoshimov va Ruslan Roziev ko'rsatayotgan o'yin haqida fikrlaringiz...

- Ulug'bek Xoshimov 20 yoshda, Roziev esa 18 yosh. O'tgan mavsumda bu futbolchilar "Paxtakor" yoshlar jamoasining asosiy tarkib o'yinchilari bo'lishgan. Bu yigitlarda shijoat juda kuchli, bugungi o'yinda Hoshimov chiroyli gol urdi, Roziev juda faol harakat qildi.

- Qizil kartochkadan so'ng darhol "Neftchi" son jihatdan ko'pchilik bo'lsa ham xatolar ko'zga tashlanib turdi. Jamoangiz yigitlari so'ngi daqiqalarga kelib faollikni oshirishdi...

- To'g'ri, qizil kartochkadan so'ng futbolchilar shoshib qolishdi. Keyinroq o'yinni to'laligicha nazoratga olishdi. Abdulloh Olimov va Azam Alievlar qisqa uzatmalar bilan o'yinni qo'lga olishdi. SHundan so'ng ikkinchi va uchinchi gollar yuzaga keldi.


foto: "Neftchi" matbuot xizmati

Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика