So’nggi yangiliklar

04:29Франция кубоги. ПСЖ "Фонтене"ни йирик ҳисобда мағлуб этди ва кейинги босқичга йўл олди  0 04:27Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Севилья"ни таслим этди  23 04:24АПЛ. "Эвертон" ва "Арсенал" ўртасидаги ўйин тақдирини пенальтидан урилган гол ҳал қилди  4 04:20А Серия. "Ювентус" ва "Рома" ўртасидаги ўйинда учта гол урилди  6 00:40АПЛ. "Ливерпуль" меҳмонда "Тоттенхэм"ни мағлуб этди, лондонликлар 33-дақиқадан бир киши кам бўлиб ўйнашди  21 00:15Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" Истанбулда "Бешиктош"га мағлуб бўлди, Алиқулов захирада қолдирилди  0 23:10"Рома" "Ювентус" ярим ҳимоячисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 22:22Педри мушакларидаги ноқулайлик туфайли "Вильярреал"га қарши майдонга тушмайди  4 21:55АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  26 20:27Дортмунднинг "Боруссия" клуби "Ливерпуль" вингерини ижарага олмоқчи  1 19:58БАА Про лигаси. "Бани Яс" ўз майдонида "Хорфаккан"га йирик ҳисобда мағлуб бўлди, мезбонлар сафида Шукуров ва Мозговой ўйнади  2 19:30АПЛ. "Челси" меҳмонда "Ньюкасл" билан иродали дурангга эришди  17 19:20Нико Уильямс "Реал"га ўтиш бўйича қарор қабул қилди  11 17:41 "Атлетико" Рэшфордни ўз сафига қўшиб олмоқчи  1 16:10Фабио Каннаваро: "Италиядан таклиф кутавериб, чарчаган эдим"  24

Ilhom Mo'minjonov: "Bu g'alaba "Navbahor"ning bir oila ekanidan dalolat" Yangiliklar

Ilhom Mo'minjonov: "Bu g'alaba "Navbahor"ning bir oila ekanidan dalolat"

"Navbahor" - "Lokomotiv" (2:0) uchrashuvidan sӯng mezbonlar bosh murabbiyi Ilhom Mӯminjonov va Azizbek Turg'unboev matbuot anjumanida ӯz fikrlari bilan ӯrtoqlashishdi.

Bu haqda muxlislar klubi malum qildi.

Ilhom Mӯminjonov: Bugungi ӯyinda shogirdlarim barcha kӯrsatmalarni tӯliq va alo darajada bajarishdi. Bugungi ӯyinga bor vujudini, jonini tikishga tayyor bӯlgan futbolchilarimga kattakon rahmat aytaman. Bugungi g'alaba bu hozirgi jamoamizning bir oila ekanining dalolati. Hammaga aytaman, mana uchinchi mavsumdirki "Navbahor"da ishlab kelmoqdaman va hamma bir oiladek bӯlishini takidlab kelaman. SHularning samarasi ӯlaroq stadionga yig'ilgan 25 mingdan ziyod muxlislarimiz oldida yuzimiz yorug' bӯldi. Muxlislarga ham kattakon rahmat aytamiz. "Temiryӯlchilarning" "Metallurg" bilan ӯyinini bevosita kӯra olmagandik, lekin "Lokomotiv"ning Osiyo chempionlar ligasidagi sӯnggi uchrashuvini kӯrib chiqqan edik, nozik kamchiliklari xaqida malumotlarga ega bӯldik va shu kamchiliklaridan foydalanishga harakat qildik. Asosan qisqa paslar bilan himoyadan hujumga va hujumdan himoyaga ӯtish taktikasi bӯyicha mashg'ulotlar jarayonida ish olib borgandik. Raqibning 9 nafar futbolchisi terma jamoaga chaqirilgan, individual tarafdan kuchli futbolchilar edi. SHuni inobatga olib qisqa tӯp uzatishlar bilan raqibga bosim uyushtirdik.

Azizbek Turg'unboev: Kӯrib turganingizdek uyin juda kuchli bӯldi. "Lokomativ" ham kuchli ӯyin namoyish etdi. Murabbiylarimiz kӯrsatmalarini yaxshi bajarib g'alabaga erishdik. Olmaliqdagi gol borasida aytadigan bulsam, murabbiyimiz ham muntazam ӯz ustimda ishlashimni talab qiladilar. Har bir mashg'ulotda o'z ustimda ishlab, jarima zarbalari bӯyicha mashg'ulot olib boramiz. SHuni samarasi bilan chiroyli gol muallifi bӯlgandim.



Ilhom Mӯminjonov: Azizbek har mashg'ulot jarayonida jarima zarbalari tepish bilan shug'ullanadi. Busiz chiroyli gollarni amalga oshirib bӯlmaydi. Jamoaning jismoniy holati bizni qoniqtimoqda. Keyingi turgacha 2 haftadan kӯproq vaqtimiz bor. Jismoniy holatni optimal ko'rinishga olib chiqamiz. Legionerlardan kӯnglim tӯq. Himoyadagi legionerlar ajoyib ӯyin kӯrsatishmoqda, hujumchimizning engil jarohati bor edi. U hali ӯz sӯzini aytadi. Bugun ham ӯz imkoniyatidan ajoyib foydalandi. Kiyinish xonasida ham Nenadga gol urishini aytib ӯtgandim.

Azizbek Turg'unboev: "Lokomativ"ning barcha futbolchilari individual kuchli ӯyinchilar, hech birini alohida kӯrsata olmayman. Bugungi ӯyinda muxlislarimizga alohida rahmat. Ular bugun 12-ӯyinchi vazifasini alo darajada bajarib berishdi.

Reyting: +37   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика