So’nggi yangiliklar

20:12Антонио Конте Стерлингни "Наполи"да кўришни истамоқда  0 19:47"Андижон" тарихда илк бор ОЧЛ 2 да: тайёргарлик, қуръа ва учрашувлар санаси  2 19:23ПФЛ ОФКга мурожаат қилиб, халқаро талаблар ҳимоя қилинишини сўради   3 19:05"Юве" "Челси"нинг 68 млн евролик таклифини рад этди – Йилдиз сотилмайди  2 18:36"Бавария" Гарначога қизиқмоқда, футболчи АПЛда қолишни истамоқда  1 18:07"Барселона" Япония бўйлаб тур тақвимини эълон қилди  2 17:39МЮ ҳимоячиси Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин  0 17:16Рио Фердинанд Николас Жексонни Дрогбага қиёслайди  2 16:45Сонга Америкадан таклиф тушди  0 16:29Шамиль Яфаров 75 ёшда!  0 16:09"Ҳали трансфер ойнасидаги ишимизни тугатмадик. Ҳимоя чизиғини кучайтиришни режалаштирганмиз" — Вадим Абрамов  2 15:47"Истиқлол": Кожога омад тилаймиз  9 15:21"Насаф" асосий футболчиларидан бири билан шартномани узайтирди  5 15:00"Манчестер Сити" янги дарвозабон билан келишувга эришди — Here We Go!  2 14:43"Навбаҳор"дан трансфер тақиқи ечилди  10

Ilhom Mo'minjonov: “Bu futbol, hakamlarga baho qo'ya olmayman” Yangiliklar

Ilhom Mo'minjonov: “Bu futbol, hakamlarga baho qo'ya olmayman”

“Navbahor” va “Bunyodkor” jamoalari o'rtasidagi uchrashuvdan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida “Navbahor” bosh murabbiyi Ilhom Mo'minjonov qatnashib, OAV vakillarining savollariga javob qaytardi:
 - Bugungi o'yin durang natijaga mos bo'ldi. Vaziyatlardan unumli foydalanilganida “Bunyodkor” ham, “Navbahor” ham yakunda g'alaba qozonishi mumkin edi. Lekin, yakunda g'alaba qozonish hech bir jamoaga nasib etmadi. Har bir murabbiy yakuniga etgan uchrashuvdan so'ng oliy liga taqvimi va musobaqa jadvaliga nazar tashlaydi. Bugungi durang natijadan keyin ham jamoamiz musobaqa jadvalidagi mavqeini saqlab qoldi. Oldimizda yana uchta o'yin bor. Navbatdagi uchrashuvlarda ham imkon qadar yaxshi harakat qilib, birinchi davrani kuchli beshtalikda yakunlashga harakat qilamiz. Hakamlar haqida nima ham deyish mumkin? Futbolchilarimizni “Bunyodkor” jarima maydonchasi ichida yiqilishlari ko'p kuzatildi. Ceytlin mamlakatimizning tajribali hakamlaridan biri sanaladi. SHunday ekan uning chiqargan qarorlari to'g'ri bo'ldi deb o'ylayman. Agarda qoida buzilganida raqib darvozasiga penalti belgilanardi. O'yinchilarimiz gol urish uchun astoydil intilishdi. SHu sababli, ular hakamlardan penalti belgilashni ham so'rashdi. Bu futbol, hakamlarga baho qo'ya olmayman. Hayotda hamma adashadi. Bitta o'yin bilan hayot to'xtab qolmaydi. Ayni paytda bor etiborimizni 31 may kuni “Neftchi”ga qarshi kubokdagi javob o'yiniga qaratamiz. SHundan so'ng to'rt kunlik tatilga chiqib birinchi davraning so'nggi uchrashuvlariga tayyorgarlik ko'rishni boshlaymiz. Oxirgi o'yinlarda maksimal darajada ochkolar to'plab, musobaqa jadvalidagi mavqeimizni saqlab qolishga harakat qilamiz.

Bugun asosiy tarkibning  besh nafar futbolchini yo'qligi bilindi. SHunga qaramay, maydonda harakat qilgan futbolchilarimizga rahmat aytaman. Ayni paytdagi o'yinchilar bilan “Navbahor” bundanda yaxshi o'yin ko'rsatishi lozim. Etakchilarimiz sekin-asta safga qo'shilishadi. Eng asosiysi ertadan mashg'ulotlarga Oybek Qilichev qo'shiladi. Mamlakat kubogida rahbariyat tomonidan maksimal natijani qayd etish vazifasi qo'yilgan. Har bir murabbiy va futbolchi mamlakat kubogida g'olib chiqish va hech bo'lmaganda finalga chiqishni orzu qiladi. SHunday ekan bizni ham kubokda g'olib chiqish niyatimiz bor.
Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика