So’nggi yangiliklar

13:34"Биз у билан яна боғланамиз". Мареска Мудрикнинг дисквалификациясига изоҳ берди  0 13:08Эрнан Креспо "Сан-Паулу" бошқарувига қайтди  0 12:40Қозоғистонлик депутат: "Қозоғистон ўз камчиликлари устида ишлаши ва бошқаларнинг муваффақиятидан сабаб изламаслиги керак"  1 12:14Ўзбекистон аёллар миллий терма жамоаси ўқув-машғулот йиғинига киришмоқда  1 11:48ЎзФҲМ "Андижон" – "Қизилқум" ўйинида юзага келган баҳсли вазият бўйича изоҳ берди  8 11:10Шомуродов Туркия клубининг таклифини қабул қилдими?  17 10:47Алонсо собиқ шогирдини “Реал“га олиб келиши мумкин  8 10:20МЮ ўз футболчисини “Реал“га таклиф қилди  3 09:52Мбаппе касалхонадан чиқди  1 09:25ЦСКАнинг янги бош мураббийи ким бўлиши маълум  5 09:10Суперлига. "Сўғдиёна" Дориевнинг ягона голи эвазига ғалаба қозонди, "Қизилқум" эса сафарда "Андижон" билан дуранг ўйнади  1 08:58Месси ғалабадан сўнг нималар деди?  6 08:33Россия футболида катта можаро. Клуб раҳбари 15 йилга қамалиши мумкин  8 08:02Клублар ўртасидаги ЖЧ. ПСЖ кутилмаганда имкониятни бой бериб қўйди  21 07:40Суперлига. Бугун 13-тур давом эттирилади  2

Ilhom Mo'minjonov: "Birinchi taymning o'zida 4ta gol urishimiz kerak edi, zaxira uchun katta nol baho qo'yaman" Yangiliklar

Ilhom Mo'minjonov: "Birinchi taymning o'zida 4ta gol urishimiz kerak edi, zaxira uchun katta nol baho qo'yaman"

Pro liganing 1-turidan o'rin olgan "Neftchi" - "Olimpik" (0:0) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Ilhom Mo'minjonov matbuot anjumanida ishtirok etdi.






O'yin haqida

Bugun PRO-Liganing ochilish o'yinini o'tkazdik.Juda ko'plab muxlislar chempionatni boshlanishini kutishayotgandi. Yangi mavsumni "Neftchi" - "Olimpik" bahsi ochib berdi. O'yin haqida aytadigan bo'lsam, birinchi bo'limning o'zida 4:0 hisobida yutsak bo'lardi.Hujumchilarimiz qulay vaziyatlardan unumli foydalana olmadilar. Yuqori pressing evaziga harakat qilgandik. Bizda raqib xatosidan so'ng vaziyatlar bo'lgandi, afsuski foydalana olmadik. Ikkinchi bo'limda bizda deyarli vaziyatlar bo'lmadi, birinchi bo'limning o'zidayoq o'yin taqdirini hal qilishimiz mumkin edi.

- O'tgan yilgi to'purar Doston Toshmatovni o'yin qaydnomasida ko'rmadik...

- Doston Toshmatov biz bilan shartnoma tuzgan va ro'yhatdan o'tkazilgan. Hozirgi kunda uni 10 ta o'yinga diskvalifikaciyasi bor. Yana 9 ta o'yindan so'ng uni maydonga tushirsak bo'ladi. Ikkinchi davrada tarkibimizga qo'shiladi. Hozircha mashg'ulotlarga qo'shilgani yo'q, ko'pchilikning xabari bor bu futbolchi yaqinda uylangan.

- Ruslan Roziev birinchi bo'lim davomida o'ng qanotda juda faol o'ynagandi. Uning zaxiraga olinishini sababi nima?

- Aytib o'tdim, birinchi bo'limda yuqori pressing uslubida o'ynadik. Ruslan Rozievni 60-minutlarda almashtirdik. U futbolchining o'rniga Abdunabievni tushirdik. Lekin zaxira o'zini oqlamadi. 3 ta futbolchini zaxiradan tushirdik, afsuski foyda bermadi. Zaxira uchun katta nol baho qo'ygan bo'lardim. Roziev endi 18 ga to'ldi, unda charchoq alomatlari sezildi. O'ylaymanki, u keyingi o'yinlarda yanada kuchayadi.

- Bugun etirozlar ko'proq legioner hujumchiga bo'ldi. Buni qanday izohlaysiz?

- Legioner hujumchimiz oxirgi 3 ta o'rtoqlik o'yinlarida 4 ta gol urgandi. Bugun u ikkita qulay vaziyatdan foydalana olmadi. Unda jarohat ham bor edi. Ikkinchi bo'limda uni zaxiraga oldik. Marko Obradovich to'purar hujumchi, balki keyingi o'yinlarda o'zini ko'rsatsa kerak.

- "Neftchi"ga bugun muxlislar etishmadi deb aytsak bo'ladimi?

- Albatta, muxlislarsiz futbol zerikarli bo'ladi. Futbolchilarga ham, murabbiylarga ham motivaciya beradigan muxlislar hisoblanadi. Albatta diskvalifikaciya muddati yakuniga etganidan so'ng muxlislar stadionga kelib bizni qo'llab-quvvatlashsa biz judayam xursand bo'lamiz.

- Taqvim borasida fikringiz qanaqa?

- Taqvim borasida etirozim yo'q. Fikrimcha, biz uchun qulay. Baribir hamma jamoa bilan o'ynaymiz.

-"Olimpik" jamoasi haqida fikringiz?

- Bugun "Olimpik" jamoasiga omad kulib boqdi. Biz birinchi bo'limning o'zidayoq 4:0ga yutsak bo'lardi. Ularda ham vaziyatlar bo'lmadi deya olmayman, lekin bizda bugun yirik hisobdagi g'alaba uchun vaziyatlar ko'proq bo'lgandi. Jamoani 1 ochko bilan tabriklayman.



Bekzod Tolibov yozib oldi

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика