So’nggi yangiliklar

15:03Моуринью "Фенербахче" раҳбариятини танқид қилди  2 14:40Чемпионлар лигаси янги мавсумида ўйналадиган тўп намойиш этилди  0 14:25Фламарион дубль қайд этганига қарамай, танаффусда захирага олинганига муносабат билдирди  5 13:45Неъматилло Қутибаев: "Тўғрисини айтаман, "ФарДУ" бизга нисбатан яхшироқ ўйнади"  0 13:37Шавкат Юсупов: "Вазиятлар устида кўпроқ ишлашимиз керак"  1 12:55Аналитика - футбол кўзгуси...  0 12:40Моуринью "Реал" футболчисини олиб келмоқчи. "Фенербахче" "Қироллик клуби" билан боғланди  0 12:10Абдурауф Бўриев кубок финалида қайси клуб билан тўқнаш келишни исташини айтди  1 11:54Бруну Саудия ва Америка клублари таклифларини кўриб чиқади  3 10:48Рубен Аморим: "Менимча, биз ҳали тайёр эмасмиз"  4 10:22АS. "Реал" АПЛдан футболчи олиб келишни режа қилмоқда  4 09:53ПСЖ "Манчестер Сити"нинг илк таклифини қабул қилмади  2 09:25"Нефтчи" икки нафар бразилиялик билан шартнома имзолади  5 08:54EЧЛ гуруҳ босқичини ҳал қилган "Қайрат" қанча ишлаб олди?  8 08:26EЧЛнинг 32 та жамоаси маълум  7

Ilhom Mo'minjonov bir yilga futboldan chetlatilgan Oybek Qilichev haqida qanday fikrda? Yangiliklar

Ilhom Mo'minjonov bir yilga futboldan chetlatilgan Oybek Qilichev haqida qanday fikrda?

Malumki, oliy liganing 25-turida "Navbahor" safarda "Qo'qon-1912"ga qarshi bahs olib bordi.

O'yinning 39-daqiqasi o'tib borayotgan bir paytda juda xunuk ish ro'y berdi. "Navbahor" etakchilaridan biri Oybek Qilichev avvaliga raqib futbolchisini tirsagi bilan yubordi. Biroq bu ham kamlik qilgandek, erda yotgan o'sha futbolchini tepishga harakat qildi. Natijada uchrashuv bosh hakami Hasan Ro'ziev Qilichevga shu zahoti qizil kartochka ko'rsatdi. 

Keyinchalik O'FF va PFL ushbu vaziyatni o'rganib chiqib, Oybek Qilichevga 10 million so'm jarima solish bilan birga uni bir yil muddatga katta futboldan chetlatdi. Aytish mumkinki, bu Qilichevning ushbu mavsumdagi birinchi "qizili" emas. U birinchi bor "Dinamo" - "Navbahor" 0:1 uchrashuvida qizil kartochka olgandi. O'sha o'yinda jizzaxlik yarim himoyachi ham gol urgan, ham "qizil" olgandi. Bu voqea 4-turda sodir bo'lgan. 

Keyinchalik 11-turda Oybek Qilichev yana qizil kartochka oldi. U Buxoroda kechgan "Buxoro" - "Navbahor" uchrashuvida ham maydondan chetlatilgan. O'yin 3:3 hisobida yakun topgandi. Lekin uning uchinchi "qizili" qimmatga tushdi. CHunki bir yilga futboldan chetlatilish har qanday futbolchiga og'ir botadi. 

Bugun Ilhom Mo'minjonov bilan bog'langanimizda, "Navbahor" bosh murabbiyi Oybek Qilichevning diskvalifikaciya qilinishi borasida o'z fikrini bildirdi: 

"Men O'FF va PFL chiqargan qaror bo'yicha hech narsa deya olmayman. CHunki ular futbolni boshqaruvchi va nazorat qiluvchi tashkilot. Faqat shuni aytishim mumkin, Oybek Qilichev jamoamiz uchun kerakli o'yinchilardan biri edi va endilikda uning xizmatidan foydalana olmaymiz. Qo'qondagi uchrashuvda Qilichev chetlatilgach, biz birinchi taymdayoq bir kishi kam bo'lib qoldik va o'yin tugashiga o'n daqiqadan sal ko'proq vaqt qolgan bir paytda ikkita to'p o'tkazib, buning natijasida yutqazib qo'ydik". 

"Federaciyaning qaroridan so'ng men Oybek bilan gaplashdim, u judayam tushkun holatda. Bir yilga futboldan chetlatilganidan xafa. Oliy ligada bu turni uyda "Buxoro"ga qarshi o'tkazamiz. Men Oybekka shu o'yinga kel, gaplashamiz dedim". 

X.Xoliqov.


Reyting: -33   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика