So’nggi yangiliklar

10:48Лионель Месси келажакда ўзини мураббий сифатида кўриш-кўрмаслиги ҳақидаги саволга жавоб берди  0 10:20МЮни бошқариш учун асосий даъвогар маълум  2 09:53"Андижон" Туркияга йўл олди. Йиғинга йўл олган таркиб билан танишинг  8 09:26Расман. "Бунёдкор" янги мавсум олдидан илк трансферини эълон қилди  1 09:00He Were Go. "Манчестер Сити" қишдаги илк транферини амалга оширди  1 08:32Африка Миллатлар Кубоги. Чорак финал жуфтликлари маълум  1 08:05"Сабаҳ" Раҳмоналиевни қанчага сотиб олгани маълум  2 07:37U-23 Осиё кубоги. Бугун Олимпия терма жамоамиз ўз юришини бошлайди  3 04:06Хуан Гарсия "Барселона"даги илк совринини Жиддада ютмоқчи  2 03:46Иньяки Уильямс ва Вальверде "Барселона" билан ўйиндан олдин нима деди?  4 02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1 02:15Африка Миллатлар Кубоги. Кот-д'Ивуар Буркина-Фасони йирик ҳисобда таслим этиб, чорак финалга йўл олди  3 00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  2 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  3

Ilhom Mo'minjonov: "Akbar To'raev mashg'ulotlarda jarohat oldi" Yangiliklar

Ilhom Mo'minjonov: "Akbar To'raev mashg'ulotlarda jarohat oldi"

Pro-liganing 4-turidan o'rin olgan "Aral Samali" - "Neftchi" (0:2) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Ilhom Mo'minjonov jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

O'yin haqida

- Bugungi o'yinda g'alaba bilan jamoamiz azolari va muxlislarini tabriklayman. Safar o'yiniga astoydil tayyorgarlik ko'rgandik. O'yindan oldin "Aral Samali" jamoasini ikkita o'yini videosini tahlil qilgandik. Bugun futbolchilarimga rahmat aytaman. Raqib darvozasiga ko'proq gol kiritishimiz mumkin edi. Hujum va yarim himoya chizig'i ustida yana ishlaymiz.

- Bugungi o'yinda har ikki jamoa tarkibida qaysi futbolchilar yaxshi harakat qilishdi deb o'ylaysiz?

- Endi "Aral Samali" futbolchilari orasida Allaniyazov va Alimovlar yaqqol ajralib turishdi. Jamoamda barcha futbolchilardan ko'nglim to'ldi, ularning hammasi yaxshi o'ynadi. Darvozabonim ham qiyin vaziyatlarda yaxshi o'ynadi.

- Stadion borasidagi fikringiz qanday?


- Biz bugun suniy maydonda o'ynashimizdan xabarimiz bor edi. Toshkent shahridagi yig'inda shu kabi suniy maydonda mashg'ulot o'tkazganmiz. Hozirgi kunda suniy maydonlar orasida "Aral Samali" maydoni eng yaxshisi deb o'ylayman. Balki yoz oylarida qiyin bo'lishi mumkin.

- Bugun Akbar To'raev maydonga tushirilmaganini sababi nima?


- Akbar To'raev o'tgan 3 ta uchrashuvda gol o'tkazib yubormadi, undan ko'nglimiz to'q. Mashg'ulotlarda barmog'ini jarohatlab oldi. SHu sabab bugun Mashxur Muhammadjonovni asosiy tarkibda tushirdik.

- Maydon tribunalari haqida fikringiz?


- Maydon xolati yaxshi. Biz hozir PRO-Ligada o'ynayapmiz. Tribunalarda to'liq sharoit bo'lmaganiga qaramay shuncha muxlis kelib jamoasini qo'llab-quvvatlab turdi, bunga qoyil qoldim.

- Azamat Allaniyazov bilan avval ham ishlagansiz. O'yinga tayyorlagan uslubingizda uning ham imkoniyatlarini hisobga olganmidingiz?


- Azamat Allaniyazovni yaxshi bilaman. U o'tgan turlarda 2 ta gol urgandi. Alimov va Allaniyazovlarga alohida himoyachi qo'ymadim. Faqat standart vaziyatlarda Allaniyazovni qattiq qo'riqlash kerakligini tushuntirgandim. Boisi u bunday vaziyatlarda ko'proq imkoniyatga ega bo'lardi.

- Bugun qaysi jihatlar evaziga jamoangiz ustunlikka erishdi?


- “Aral Samali"ni o'rganib chiqqandik. Bugun qisqa uzatmalar evaziga ustunlikka erishdik deb o'ylayman. "Xorazm" bilan o'yindagi xolatdan kelib chiqib uslub tanlagandik. Bugun biz yuqori pressing uslubi bilan o'ynamadik.



Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика