So’nggi yangiliklar

14:40Тома Табатадзе "Нефтчи" билан ҳайрлашди  5 14:10"Фенербахче" ПСЖ ҳимоячисини сотиб олади  0 13:34"Реал" мухлислари учун хушхабар  2 12:58Мадуэке: "Арсенал" билан иштирок этадиган барча мусобақаларимда ғолиб чиқишни истайман"  1 12:27ПСЖ "Ювентус" юлдузини нишонга олди  1 11:47"Милан" ПСЖ футболчисига даъвогарлик қилмоқда  0 11:20Кападзе, Лёв, Билич – кимнинг ўйин услуби Ўзбекистонга мосроқ?  47 10:29"Динамо" Беларусда учта ўртоқлик ўйини ўтказади  2 10:05"Эсхата" устози Шуҳрат Умаров: "Шацкихга омад, ОЧЛда "Андижон"га мухлислик қиламиз"  0 09:43"Хоразм" назорат учрашувида "Бунёдкор" ўринбосарлари билан дуранг ўйнади  1 09:22Иззатилло Пўлатов: "Халқимиз қўллаб-қувватлаб турса, барчасига бирга эришамиз"  1 08:46Одил Ҳамробеков "Трактор"да норасмий дебютини ўтказди  0 08:21"Манчестер Юнайтед" беш футболчига базага киришни тақиқлади — клуб улардан воз кечмоқчи  11 08:00"Финалиссима-2026": Испания ва Аргентина ўртасидаги супероқшом март ойида бўлиб ўтади  2 07:35Мутолаа учун. Раньери, Моуриньо, Карпин. Шомуродов энди туркиялик мураббий билан ишлайди. Аввалги мутахассислар билан қандай саргузаштлар бўлган?  2

Ilhom Mo'minjonov: "Abdunabiev o'zini ko'rsata oldi. Muhim ochkolarni jamg'arishda davom etamiz" Yangiliklar

Ilhom Mo'minjonov: "Abdunabiev o'zini ko'rsata oldi. Muhim ochkolarni jamg'arishda davom etamiz"

Pro liganing sakkizinchi turidan o'rin olgan "Neftchi" - "Oq-tepa" (7:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Ilhom Mo'minjonov fikrlarini bildirib o'tdi.

"Bugungi g'alaba bilan muxlislarimizni va rahbariyatni tabriklayman. Futbolchilar maydonda bor kuchini berishdi. Bor mahoratini ko'rsatgan holda yurakdan mehnat qilishdi", – deydi Ilhom Mo'minjonov.

- Ruslan Roziev va Ulug'bek Hoshimov o'yin qaydnomasidan joy olmagani nima bilan bog'liq?

- Hoshimov va Roziev yoshlar terma jamoasi azolari hisoblanadi. Ayni paytda ular o'quv-yig'in mashg'ulotini o'tkazishmoqda. Qolaversa yaqinda xalqaro turnirda ishtirok etishadi. Ularning yo'qligi qaysidir manoda bilindi, desak ham bo'ladi. Lekin hozirgi kunda zaxiramiz yaxshi futbolchilardan iborat. Izzat Abdullaev, Sardor Abdunabiev. Ayniqsa Sardor bugun o'zini ko'rsata oldi. Keyingi o'yinga qadar Roziev va Hoshimov safimizga qaytadi. 

- Sardor Abdunabiev ketma-ket gollar urayotganida zaxiraga olindi...

- U yosh futbolchilarimizdan biri. SHu vaqtga qadar gollar urib kelayotgandi. Kubokda "Xorazm" darvozasini ishg'ol qildi. Uning mahorati va salohiyatini bilamiz. Zaxiraga olingani sababi boshqa futbolchilarga imkoniyat berishga qaror qildik. Zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar berilgan vaqtdan unumli foydalana olishmadi. Keyingi uchrashuv "Buxoro"ga qarshi kechadi. Jiddiy tayyorgarlik ko'ramiz. U erda ham yaxshi jamoa shakllangan. 

- Zaxiradan maydonga tushgan futbolchilarda faollik ko'zga tashlanmadi. Yani o'yin amaliyoti kamligi sezilib qoldi...

- O'yindagi hisob ham bunda rol o'ynadi, deb o'ylayman. O'zim ham vaqtida futbolchi bo'lganman. Hisob juda yirik ko'rinish olgan paytda tushishgani uchun xotirjamlikka berilishdi. Xatoga yo'l qo'yishdi. O'yin amaliyoti kamligi tasir qilmasligi kerak. Bahs tempi ularni to'xtatib qo'ydi. Muhim ochkolarni jamg'arishda davom etamiz.  



Reyting: +25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика